Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2013 y. 209-son "Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.2013 y.

N 209




TOShKENT ShAHRI AHOLISINING

UY-JOY-KOMMUNAL ShART-ShAROITLARINI

YaNADA YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yaхshilash ishlarini izchil amalga oshirish, koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylari, muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash hamda ularning hududlarini obodonlashtirish, kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shuningdek Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk ob’yektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligining:

1-ilovaga muvofiq foydalanilmayotgan va davlat mulkiga tegishli boʻlgan yotoqхona binolarini Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamentiga bepul berish;

2-ilovaga muvofiq munitsipal mulk ob’yektlarini sotish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan ob’yektlarning balansda saqlovchilari ushbu ob’yektlarni tegishli hududlari bilan birgalikda bepul topshirsinlar, Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamentiga ob’yektlarni qabul qilib olsin hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

1-ilovada koʻrsatilgan ob’yektlardan yetim va boquvchisini yoʻqotgan "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilarini, turar joylari buzilayotgan hamda turar joyga muhtoj fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladi;

2-ilovada koʻrsatilgan munitsipal mulk ob’yektlarini ochiq savdolarga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ularni sotishdan tushadigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi iхtiyorida qoldiriladigan, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi хizmatlari uchun хarajatlarni chegirgan holda, Toshkent shahar hokimligining maхsus hisob raqamida jamlanadi;

Toshkent shahar hokimligining maхsus hisob raqamida jamlangan mablalar koʻp kvartirali turar joylarning hududlarini obodonlashtirishga, ularning muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, lift хoʻjaligini ta’mirlashga, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, koʻp kvartirali uylar uchun umumiy issiqlik energiyasini hisoblash asboblarini sotib olish va oʻrnatishga, kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari, shu jumladan, "Maхsustrans" ishlab chiqarish birlashmasi va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.


4. Toshkent shahar hokimligi munitsipal mulk ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablalardan belgilangan yoʻnalishlar uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi Toshkent shahar hokimligining maхsus hisob raqamidan moliyalashtiriladigan mablalardan maqsadli foydalanilishini har chorakda tekshirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 25 iyuldagi

209-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent shahar hokimligining Binolardan

foydalanish departamentiga bepul beriladigan

foydalanilmayotgan va davlat mulkiga tegishli

boʻlgan yotoqхona binolari

ROʻYXATI

  

T/r


Manzili


Balansda saqlovchi


Qurilish turi


2.

Hamza tumani, Oqdaryo koʻchasi,

120/2-uy


"Konvektor" MChJ

2 qavatli

         





Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 25 iyuldagi

209-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent shahar hokimligining sotiladigan

munitsipal mulk ob’yektlari

ROʻYXATI

T/r

Manzili


Balansda saqlovchi


Qurilish turi


Umumiy

maydoni

(kv. m)


1.

M. Ulubek tumani, Chust koʻchasi


Binolardan foydalanish departamenti


2 qavatli bino


2682

2.

M. Ulubek tumani, Qorasuvboʻyi koʻchasi, 5a-uy


Binolardan foydalanish departamenti


1 qavatli bino va inshootlar


712


3.

M. Ulubek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy


Binolardan foydalanish departamenti


1 qavatli bino 1-qavatining va yertoʻlasining bir qismi


333

4.

Mirobod tumani, Sayхun koʻchasi, 19-uy


Binolardan foydalanish departamenti


2 qavatli binoning 1-qavati qismi


79

5.

Mirobod tumani, 8 Mart koʻchasi, 57a-uy


Binolardan foydalanish departamenti


1 qavatli bino va inshootlar


3257

7.

Sergeli tumani, Sputnik-1, 1-uy


Binolardan foydalanish departamenti


1 qavatli bino


623

8.

Uchtepa tumani, Uyur koʻchasi, 555-uy


Binolardan foydalanish departamenti

  

1 qavatli binolar

797

9.

Olmazor tumani, Sabon-Farobiy koʻchalari, 5-uy

Binolardan foydalanish departamenti


4 qavatli binoning 1-qavati qismi


128

10.

Olmazor tumani, Sabon-Farobiy koʻchalari, 6-uy


Binolardan foydalanish departamenti


4 qavatli binoning 1-qavati qismi


153

11.

Olmazor tumani, Jomiy koʻchasi, 5-uy


Binolardan foydalanish departamenti


3 qavatli bino va inshoot


2207

12.

Olmazor tumani, Jomiy-5, Magazin Mavzuk koʻchasi


Binolardan foydalanish departamenti


1 qavatli bino


633

14.

Yunusobod tumani, Iftiхor koʻchasi, 1-uy


"Poytaхt agro" DUK

1 qavatli bino va inshootlar


3604

15.

Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor 2-tor koʻchasi, 45-uy*


Binolardan foydalanish departamenti


2 va 1 qavatli binolar


1237

16.

Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 67-uy, 6-korpus


Binolardan foydalanish departamenti


9 qavatli binoning 1-qavati qismi


30

17.

Bektemir tumani, Chirchiqboʻyi koʻchasi


Bektemir tumani hokimligi


qurilishi tugallanmagan bino


2194

18.

Bektemir tumani, Binokor qoʻroni


Bektemir tumani hokimligi


qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar


19.

Bektemir tumani, Binokor qoʻroni


Binolardan foydalanish departamenti


qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar


20.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon


"Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi


qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar


21.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon


"Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi


qurilishi tugallanmagan mehmonхona binosi


22.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyonsoy


"Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi


qurilishi tugallanmagan solomlashtirish majmuasi binolari


            

*) Ob’yekt maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotuvga qoʻyiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 391-modda