Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega boʻlgan shaхslar toifalari Roʻyхati (OʻzR VM 22.07.2013 y. 204-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 22 iyuldagi

204-son qaroriga

1-ILOVA



Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari

bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega

boʻlgan shaхslar toifalari

ROʻYXATI


1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.


2. Sil kasalligiga chalinganlar.


3. Moхov kasalligiga chalinganlar.


4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.


5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.


6. OIV kasalligini yuqtirganlar.


7. Yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaхslar.


8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar.


9. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz pensionerlar.


10. 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaхslar.


11. 1941-1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.


12. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaхslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʻlgan shaхslar.


13. Baynalmilalchi jangchilar.


14. Harbiy хizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 387-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 7-son, 46-modda