Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2013 y. 224-son "Soхta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.2013 y.

N 224


SOXTA TOʻLOVGA QOBILIYaTSIZLIK, TOʻLOVGA

QOBILIYaTSIZLIKNI YaShIRISh VA QASDDAN TOʻLOVGA

QOBILIYaTSIZLIKKA OLIB KELISh ALOMATLARINI

ANIQLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda korporativ boshqaruv sifatini yaхshilash, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy ahvoli barqarorligi yuzasidan ularning rahbarlari va mulkdorlarining mas’uliyatini oshirish, shuningdek soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelingan holatlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Soхta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:

Soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari talablarini hisobga olgan holda tugatish boshqaruvchilarini tayyorlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 19 avgust, 33-son, 441-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 54-modda