Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2013 y. 226-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08.2013 y.

N 226



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY

OLIMPIYa QOʻMITASI HUZURIDAGI RESPUBLIKA

SPORT TIBBIYoTI ILMIY-AMALIY MARKAZI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻrisida" 2013 yil 3 iyuldagi PQ-1994-son qarorining 4-bandini bajarish yuzasidan hamda sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda uning samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi uchun bino qurilishi tugallangandan va foydalanishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda Markazning хarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.

Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi faoliyatini moliyalashtirish oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlash va oʻz хarajatlarini oʻzi qoplash asosida oʻz mablalari hisobiga, zarurat boʻlganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston olimpiadachilarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 452-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 56-modda