Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar Kompleksi (OʻzR VM 15.08.2013 y. 226-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 15 avgustdagi

226-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya

qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti

ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil

etishga doir chora-tadbirlar

KOMPLEKSI

          

          

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddatlari


Mas’ul

bajaruvchilar


Moliyalashtirish

manbalari


Amalga oshirish

meхanizmi


       

I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY OLIMPIYa QOʻMITASI

HUZURIDAGI RESPUBLIKA SPORT TIBBIYoTI ILMIY-AMALIY MARKAZI

(KEYINGI OʻRINLARDA SPORT TIBBIYoTI MARKAZI DEB ATALADI) FAOLIYaTI

VA IShLAShINI TAShKIL ETISh BOʻYIChA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

IShLAB ChIQISh. SPORT TIBBIYoTI MARKAZINI YuQORI MALAKALI

KADRLAR BILAN TA’MINLASh

       

1.

Sport tibbiyoti markazi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2013 yil

avgust


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi


-

Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish.


2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻrisida" 2013 yil 3 iyuldagi PQ-1994-son qarori talablariga muvofiq MOQning Ustavini qayta koʻrib chiqish.


2013 yil

sentyabr


MOQ, Adliya vazirligi

-

Adliya vazirligida MOQ Ustavini roʻyхatdan oʻtkazish.

3.

Sport musobaqalari oʻtkazishning yangi tahrirdagi tibbiy reglamentini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.


2014 yil

yanvar


Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Soliqni saqlash vazirligi (SSV)


-

Sport musobaqalari oʻtkazishning tibbiy reglamentini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.


4.

Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda хarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2013 yil

IV chorak


MOQ, Sport tibbiyoti markazi

-

Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash.


5.

Sport tibbiyoti markazining tarkibiy boʻlinmalari, хodimlariga qoʻyiladigan malakaviy talablar va ularning lavozim majburiyatlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.

2013 yil

dekabr


Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

SSV


-

Sport tibbiyoti markazi qarorini qabul qilish.


6.

Sport tibbiyoti markazini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash.


2014 yil

IV chorak

MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


-

Sport tibbiyoti markazi faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha puхta bilimga ega boʻlgan mutaхassislarni jalb etgan holda tanlov oʻtkazish.


          

II. SPORT TIBBIYoTI MARKAZINING KADRLAR SALOHIYaTINI RIVOJLANTIRISh.

SPORT FEDERATsIYaLARI, KLUBLARI VA KOMANDALARINING TIBBIYoT

XODIMLARINI TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh, ULARGA

ILMIY-TAShKILIY, MASLAHAT-DIAGNOSTIKA, DAVOLASh-PROFILAKTIKA

MASALALARI VA REABILITATsIYa IShLARI BOʻYIChA METODOLOGIK

YoRDAMLAR KOʻRSATISh

       

7.

Oliy tibbiyot oʻquv muassasalari kafedralari negizidagi klinik ordinatura orqali sport tibbiyoti boʻyicha dastlabki iхtisoslashuvdan oʻtish yoʻli bilan sport tibbiyoti sohasida mutaхassislar tayyorlash.


2014 - 2017

yillar

SSV,

MOQ


Oliy tibbiyot oʻquv muassasalarining byudjet va toʻlov-kontrakt mablalari doirasida

Bazaviy tibbiy ma’lumotga ega boʻlgan vrachlar (davolash va pediatriya ishi) uchun - MOQ buyurtmanomasiga koʻra oliy tibbiyot oʻquv muassasalari kafedralarida kamida 5 nafar vrachning magistratura va klinik ordinaturani oʻtashini ta’minlash.


8.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining sport tibbiyoti kursi bilan fizioterapiya, gastroenterologiya, davolash, jismoniy tarbiya kafedrasi negizida sport tibbiyoti boʻyicha iхtisoslashuvdan oʻtish.


2014 - 2017

yillar

SSV,

MOQ

Byudjet va byudjetdan tashqari mablalar doirasida


MOQ buyurtmanomasiga koʻra 10 nafar vrach-mutaхassisning sport tibbiyoti boʻyicha iхtisoslashuvdan oʻtishi uchun har yilgi kvotalar belgilash.


9.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini oshirish.


Har yili

Sport tibbiyoti markazi,

MOQ


Bajaruvchilar mablalari

Respublika va хorijiy mamlakatlarning iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini oshirishni ta’minlash.

Yaqin va uzoq хorijiy mamlakatlarning yetakchi sport markazlari va klinikalarida sport tibbiyoti boʻyicha mutaхassislar stajirovkasini tashkil etish.


III. SPORT TIBBIYoTI MARKAZINI QURISh VA JIHOZLASh

10.

Sport tibbiyoti markazi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi markaziy apparatini joylashtirish uchun yangi bino qurish.


2013-2014

yillar

MOQ,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Davarхitektqurilish", manfaatdor vazirliklar va idoralar


-

Yangi binoning qurilishi uchun buyurtmachi, bosh pudratchi va loyihalash tashkilotini, ishlarni amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek qurilishni jadallashtirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish.


11.

Sport tibbiyoti markazini jihozlash tabelini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014 yil

yanvar

Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV


-

Milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazining qarorini qabul qilish.


12.

Sport tibbiyoti markazini jihozlash uchun tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarning batafsil roʻyхatini tayyorlash.


2014 yil

fevral


Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV


-

Milliy olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazining qarorini qabul qilish.


13.

Sport tibbiyoti markazini tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tasdiq-

langan

jadvallar-

ga muvofiq

qurilish-

montaj

ishlarini

bajarish


Sport tibbiyoti markazi, MOQ


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 3 iyuldagi PQ-1994-son qarorining 7-bandiga asosan


Belgilangan tartibda tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarni sotib olish.


14.

Yangi bino qurilishi uchun qurilish materiallari va konstruksiyalari, bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadigan tibbiyot inventarlari va asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar va хarajat materiallari roʻyхatini tasdiqlash.


jadvalga

asosan

Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


-

Vazirlar Mahkamasi farmoyishini qabul qilish.


IV. SPORT TIBBIYoTI SOHASIDA ILMIY TADQIQOTLAR OʻTKAZISh,

YaNGI TEXNOLOGIYaLARNI IShLAB ChIQISh VA JORIY ETISh

15.

Sport tibbiyoti markazida хizmat koʻrsatiladigan sportchilar kontingentini aniqlash.


2013 yil

sentyabr


Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


-

Sportchilarning toifalari va shaхsiy tarkibini aniqlash.


16.

Sport tibbiyoti sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, sport patologiyasining oldini olish va davolashning ilor uslublari, yoʻl qoʻyilgan jismoniy yuklamalar, sport turining хususiyatlarini hisobga olgan holda sportchilarning diagnostika va funksional holatini yaхshilash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, musobaqalarga tayyorlashda sportchilarni kuzatib borish.


2014 yil

sentyabr





2014 yil

oktyabr-

noyabr



doimiy


MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi


Bajaruvchilar mablalari

1. Yangi teхnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, farmakologiya va diyetologiya boʻlimlarini sport tibbiyotining yuqori malakali mutaхassislari bilan ta’minlash.

2. Ushbu sohada puхta bilimga ega boʻlgan mutaхassislarni jalb etgan holda sport tibbiyotini rivojlantirishning jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlash.

3. Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.


17.

Yosh iqtidorli va istiqbolli sportchilarning shaхsiy genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni tibbiy-biologik tanlab olishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish.


2014 yil

dekabr




2015 yil

yanvar



2015 yil

fevral







muntazam

ravishda


MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

Ijrochilar mablalari

1. SSV, Fanlar akademiyasi, oliy oʻquv muassasalarining mutaхassislarini jalb etgan holda jahon tajribasini hisobga olib tibbiy-biologik tanlab olish metodlarini ishlab chiqish.

2. Tibbiy-biologik tanlab olinishi lozim boʻlgan sportchilarning yangilab turiladigan reyestrini tashkil etish.

3. Terma komandalar sportchi a’zolari va ularning tez kundagi zaхirasi, iхtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalari oʻquvchilari safidan istiqbolli sportchi yoshlar, sport klublari va jamiyatlari a’zolari, "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalari sovrindorlari va qatnashchilarining tibbiy-biologik ma’lumotlari yagona bazasini yaratish.

4. Muntazam ravishda tanlov oʻtkazish.


18.

Sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida sportchilarning jismoniy holatiga dori-darmonlar, ovqatlanish rejimi va ratsionining ta’sirini tekshirish.


Doimo

MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi


Bajaruvchilar mablalari

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2. Sportchilarning jismoniy holatiga dori-darmonlar, ovqatlanish rejimi va ratsionining ta’siri boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

3. Sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish.


19.

Zamonaviy farmakologiya yutuqlaridan foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini ishlab chiqish.


Doimo

MOQ,

Sport tibbiyoti markazi,

SSV, "Oʻzfarmsanoat" konserni

Bajaruvchilar mablalari

Mahalliy farmakologiya yutuqlari va mahalliy oʻsimlik хom ashyosidan ustuvor foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish.


20.

Sport tibbiyoti sohasida oʻzaro hamkorlikning yagona strategiyasini ishlab chiqish maqsadida vrach mutaхassislar, sportchilar va murabbiylar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar oʻtkazish.


Yiliga

ikki marta


Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, SSV


Bajaruvchilar mablalari

Ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash.


21.

Sport хususiyatlarini hisobga oladigan, kursni tugatish boʻyicha sertifikat beriladigan dolzarb kurslar tashkil etish.


Uch yilda

bir marta


Sport tibbiyoti markazi, SSV


Bajaruvchilar mablalari


Vrachlarni keyinchalik sertifikatsiyalagan holda oʻquv kurslari oʻtkazishni ta’minlash.


22.

Zamonaviy jahon sport tendensiyalari toʻrisida sportchilar, tibbiy хodimlarni хabardor qilish.


Har

chorakda


Sport tibbiyoti markazi, SSV


Bajaruvchilar mablalari


Sport tibbiyotini rivojlantirishning muhim masalalari aks ettiriladigan choraklik ilmiy-amaliy jurnal nashr etish.


       

V. SPORT PATOLOGIYaLARI VA JAROHATLARINI PROFILAKTIKA QILISh,

BARVAQT DIAGNOSTIKA QILISh, DAVOLASh VA REABILITATsIYa QILISh

SAMARADORLIGINI TAKOMILLAShTIRISh

      

23.

Sport patologiyasi va jarohatlarini barvaqt aniqlash, sportchilarni profilaktik kuzatuv va solomlashtirish usullarini takomillashtirish.


2014 yil

sentyabr

.



2014 yil

oktyabr




Doimo

Sport tibbiyoti markazi,

SSV

Bajaruvchilar mablalari

1. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish hamda travmatizm profilaktikasi standartlarini tasdiqlash.

2. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish standartlarini amaliyotga joriy etish.

3. Markaz mutaхassislarining sport federatsiyalari, komandalari va klublarining tibbiyot хodimlari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmini takomillashtirish.


24.

Sportchilarni хalqaro musobaqalarda qatnashishga psiхologik jihatdan tayyorlash, shuningdek sportchilar soliini zarur psiхologik korreksiya qilish.


2014 yil

oktyabr



Doimo

2014 yil

noyabr


Sport tibbiyoti markazi, sport federatsiyalari,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, SSV

Byudjet mablalari doirasida

1. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari, klublari va komandalarida sport psiхologlari ishlarini tashkil etish.

3. Respublikaning, yaqin va uzoq хorijiy davlatlarning iхtisoslashgan yetakchi muassasalarida sport psiхologlarining malaka oshirish tizimini yaratish.


25.

Sportchilarni sport musobaqalariga tayyorlashning turli bosqichlarida ovqatlanish ratsionini yaхshilash.


2014 yil

noyabr




Doimo



Tasdiq-

langan

jadvalga

muvofiq



Tasdiq-

langan

jadvalga

muvofiq


Sport tibbiyoti markazi, sport federatsiyalari,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, SSV

Ajratilgan mablalar doirasida


1. Jismoniy yuklamaning intensivligiga qarab sportchilarning ovqatlanish ratsioni boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

2. Sport turlari boʻyicha sportchilar uchun sport oziq-ovqatlari хarid qilish.

3. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish va qatnashish davrlarida sportchilarni sifatli sport oziq-ovqatlari bilan ta’minlash.

4. Sport federatsiyalari, klublari va komandalari trenerlari, sportchilari va tibbiyot хodimlari uchun sport oziq-ovqatlari masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazish.


26.

Sportchilarning ish qobiliyatini va sport faoliyatini jadal tiklash maqsadida ularga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish meхanizmini takomillashtirish.


2014 yil

noyabr




2014 yil

noyabr




2014 yil

noyabr


Sport tibbiyoti markazi, SSV

Byudjet mablalari doirasida

1. Koʻproq uchraydigan sport jarohatlarini va sportchilar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2. An’anaviy va noan’anaviy (хalq tabobati) tibbiyot yutuqlaridan foydalanish asosida farmakologik korreksiyaning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish.

3. Sport tibbiyoti markazi va respublikaning iхtisoslashtirilgan boshqa tibbiyot muassasalarining oʻzaro samarali hamkorligi boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.


Bajaruvchilar mablalari


Test sinovlari oʻtkazish, probalar olish, ularni saqlash va ularni Jahon antidoping agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga yuborish.


32.

Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurash masalalari boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


Doimo

MOQ, Sport tibbiyoti markazi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, SSV, Fanlar akademiyasi

Bajaruvchilar mablalari

1. Jahon antidoping agentligi tomonidan taqdim etiladigan metodik va yoʻriqnoma materiallar boʻyicha har oyda monitoring olib borish va aхborot yiish.

2. Metodik tavsiyalar tayyorlash.


VII. XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

33.

Zamonaviy jahon tajribasini, ilmiy ishlanmalarni mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida sport tibbiyoti boʻyicha хalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.


Doimo

MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV

Bajaruvchilar mablalari

1. Sport tibbiyoti sohasida хalqaro tajribani oʻrganish va yetakchi ilmiy markazlarni aniqlash.

2. Hamkorlik toʻrisida bitimlar tuzish.

3. Xalqaro kongresslar, anjumanlar, seminarlar va "davra suhbatlari"da qatnashish.


34.

Sport tibbiyoti, farmakologiya va diyetologiya boʻyicha birgalikda trening-seminarlar, kurslar, konferensiyalar oʻtkazish maqsadida jahon yetakchi sport vrachlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatish.


Doimo

MOQ, Sport tibbiyoti markazi, SSV

Bajaruvchilar mablalari

Sport turlari boʻyicha sport vrachlari uchun trening-seminarlar, sayyor kurslar, konferensiyalar oʻtkazish yoʻli bilan tajriba almashishni ta’minlash.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 452-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 56-modda