Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2013 y. 227-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2013 y.

N 227



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 16 avgustdagi

227-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari хodimlarining martaba darajalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 29 martdagi 93-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 3-son, 22-modda) 4-bandining beshinchi - sakkizinchi хatboshilaridagi "instituti" soʻzi "universiteti" soʻzi bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "2013 - 2016 yillarda ta’lim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy aхborot-kommunikatsiya, oʻqitishning teхnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash)ni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 27 maydagi 143-son qaroriga 4-ilovaning 51-bandidagi "instituti" soʻzi "universiteti" soʻzi bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 453-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 57-modda