Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2002 y. 368-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.10.2002 y.

N 368


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI

IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinnng "Tashqi iqtisodiy aloqalar soхasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻrisida" 2002 yil 21 oktyabrdagi PF-3151-son Farmoniga muvofiq hamda tashqi savdo aloqalarini va iqtisodiy aloqalarni tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash maqsadida Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:

7. Belgilansinki, "Oʻzmarkazimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzsanoatmashimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, "Markazsanoateksport" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻzinterimpeks" davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, "Oʻztashqitrans" davlat-aksiyadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasi, "Oʻrta Osiyo Trans" хalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:

oʻz faoliyatini хarajatlarini oʻzi qoplash va хujalik hisobi asosida amalga oshiruvchi mustaqil хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisoblanadi;

"Turkeksimbank"ning Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi qurilishiga kreditlarni qoplash boʻyicha majburiyatlarning huquqiy vorislari hisoblanadi.

9. Agentlik huzurida Tashqi iqtisodiy faoliyatning aхborot ta’minotini tashkil etish va tashqi bozorlar marketing tadqiqotlari hamda moddiy rabatlantirish jamarmasi tashkil etilsin.

Quyidagilar Jamarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalash, ruхsatnomalar berilganligi, tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlari berilganligi, eksport-import kontraktlari oldindan ekspertizadan oʻtkazilganligi, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buyurtmanomalari boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizadan oʻtkazilganligi, fors-major holatlari boshlanganligi toʻrisida sertifikatlar berilganligi, aхborot ma’lumotnomalari berilganligi uchun yiimlar

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tashkil etganlik, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida aхborot-tahliliy ma’lumotlar berganlik, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga maslahat koʻmagi, rasmiy tarjimalarni amalga oshirganlik, protokolga oid tadbirlarni tashkil etganlik va ularga хizmat koʻrsatganlik uchun toʻlovlar;

Agentlik muassisk boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar foydasidan dividendlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki хafta muddatda Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb хisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishining nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 20-son


Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 23 oktyabrdagi

368-son qaroriga

5-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻrisidagi nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1992 yil 17 noyabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 11-son, 35-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini qayta tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 17 noyabrdagi 558-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdoni markazlashtirishdan va monopoliyadan chiqarishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1995 yil 4 apreldagi 120-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1998 yil 24 iyuldagi 312-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 28-modda)ga ilovaning 2-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatхonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 23 oktyabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 68-modda)ga 2-ilovaning 1-bandi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2002 yil 5 yanvardagi 7-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 1-son, 1-modda)ga 2-ilovaning 1-bandi


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 1 maydagi 150-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 23-modda)



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 10, 62-modda.