Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2002 y. 360-son "Litva Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.10.2002 y.

N 360


LITVA RESPUBLIKASI BILAN IQTISODIY

HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

Litva Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini yanada chuqurlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 23-25 sentyabrda Litva Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirshp maqsadida Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Litva Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan 1-ilovaga muvofiq хujjatlar amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring va nazorat oʻrnatsinlar.


2. Litva Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va savdo aylanmasini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Litva Respublikasi bilan investitsiya хamkorligining ustuvor yoʻnalishlari hisoblansin:

mahalliy хom ashyo chuqur ishlanishi, qayta ishlash tarmoqlarining eksport salohiyati oshirilishi ta’minlangan holda respublika yengil va oziq-ovqat sanoati korхonalarini zamonaviylashtirish;

qurilish materiallari va хalh iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni, mebel sanoatini rivojlantirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash;

transport infratuzilmasini takomillashtirish;

ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va mamlakatimiz mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish shartlarida Litva Respublikasida qoʻshma korхonalar tashkil etilishiga toʻridan-toʻri investitsiyalar qoʻyish.


3. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3-ilovaga muvofiq loyihalar ishlab chiqilishi va ularning ekspertizadan oʻtkazilishi tashkil etilishini, shuningdek kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etiladigan kredit liniyalari doirasida ularni mabla bilan ta’minlash manbalari aniqlanishini ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 20-son






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 18 oktyabrdagi

360-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Litva Respublikasiga rasmiy tashrifi

davomida imzolangan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlar, doʻstlik va hamkorlik asoslari toʻrisida shartnoma (Vilnyus, 2002 yil 24 sentyabr).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻrisida protokol (Vilnyus, 2002 yil 24 sentyabr).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Litva Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Bojхona departamenti oʻrtasida qurol-yaro, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik toʻrisida bitim (Vilnyus, 2002 yil 24 sentyabr).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universiteti va Vilnyus universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻrisida shartnoma (Vilnyus, 2002 yil 24 sentyabr).






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 18 oktyabrdagi

360-son qaroriga

2-ILOVA



Litva Respublikasi bilan iqtisodiy

hamkorlikni yanada rivojlantirish

va savdo aylanmasini koʻpaytirish

chora-tadbirlari

DASTURI

T/r


Loyihaning nomi


Litva tomonidan

potensial sherik


Oʻzbekiston

tomonidan sherik


Loyihani amalga

oshirish

muddatlari


I. IKKI TOMONLAMA SAVDONI RIVOJLANTIRISh VA UNING

HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh SOHASIDA HAMKORLIK

1.


Vilnyus shahrida Savdo uyi tashkil etish. Litvaga eksport qilish uchun mahsulotlar turlarini belgilash, Savdo uyining ta’sis hujjatlarini tayyorlash va ustav jamarmasini shakllantirish, Savdo uyini Vilnyus shahrida joylashtirish masalalarini ishlab chiqish


"Litjalyava", "Klasko", "Audeyas" kompaniyalari

va boshqalar


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

"Oʻzbekengilsanoat",

"Oʻzmevasabzavotuzum

sanoat-хolding" XK,

"Fayz" XK,

"Oʻzbekneftgaz"

kompaniyasi, "Oʻzbeki

pagi",

"Oʻzavtosanoat"

uyushmalari,

manfaatdor

vazirliklar va

idoralar


2002 yil

1 dekabr


2.


Toshkent shahrida Savdo uyi va supermarket ochish. "Maksima" kompaniyasi rahbariyatining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, muzokaralar oʻtkazish, supermarketni joylashtirish uchun ob’yekt belgilash


"Maksima" kompaniyasi


Tashqi shryasodiy

aloqalar vazirligi,

"Oʻzbeksavdo"

kompaniyasi,

Toshkeat shahar

hokimligi


2003 yil

I chorak


3.


Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini oʻtkazish


Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi


2002 yil

15 noyabr


4.


Oʻzbekiston Respublikasi va Litva Respublikasida qoʻshma korхonalar tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari taqdimoti bilan birga investitsiya konferensiyasi va ikkala mamlakatning ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati koʻrgazmasini oʻtkazish


Litva sanoatchilari konfederatsiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbek Boltiq Markaz" MTPA


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi.

Davlat mulki

qoʻmitasi,

"Oʻzmilliybank",

Tovar shplab

chiqaruvchilar

palatasi,

manfaatdor

vazirliklar va

idoralar


2003 yil

mart


5.


Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida potensial savdo sheriklari va investorlarii aхborotlar bilan ta’minlash boʻyicha qoʻshma aхborot markazi tashkil etish


"Oʻzbek Boltiq Markaz" MTPA


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

"Oʻzaхborotkommark

az"


2003 yil

yanvar


II. TRANSPORT INFRATUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh

6.


Oʻzbekistonning eksport-import yuklarini Qozoiston, Rossiya. Belarus va Litva hududlari orqali tranzit boʻyicha olib oʻtishda yagona imtiyozli tariflar olishni ta’minlovchi tranzit toʻrisidagi koʻp tomonlama bitimni imzolash masalalarini ishlab chiqish


Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi,

"Oʻzbekiston temir

yoʻllari" DAK,

Avtomobil va

daryo transporti

agentligi


2003 yil


7.


Litva transport-ekspeditorlik kompaniyalari bilan birgalikda Oʻzbekistonning eksport-import yuklarini transportda tashish хarajatlarini Yevropa yoʻnalishi hisobiga maqbullashtirish masalasini ishlab chiqish


Transport va kommunikatsiyalar vazirligi. "Klasko" kompaniyasi, Klaypeda porti direksiyasi


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

"Oʻzbekiston temir

yoʻllari" DAK


2003 yil


8.


Toshkent shahrqda Xalqaro logistika markazi tashkil etshp loyihasida Litva investorlarining ishtiroki


"Klasko" kompaniyasi va boshqalar


Tashqi iqtisodiy

aloqalar vazirligi,

Toshkevt viloyati

hokimligi


2003-2004

yillar


Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 18 oktyabrdagi

360-son qaroriga

3-ILOVA

Loyihalar ishlab chiqilishi va ularning

ekspertizadan oʻtkazilishi

ROʻYXATI

T/r


Loyiхaning

nomi


Litva

tomonidan

potensial

sherik


Oʻzbekiston

tomonidan

sherik


Loyiхani

ishlab

chiqish va

ekspertiza

dan oʻtkazish

muddatlari


Loyihani

amalga

oshirishni

boshlash

muddatlari

*


I. MAHALLIY XOM AShYoNI PUXTA QAYTA IShLAShMI,

TARMOQLARNING EKSPORT POTENSIALINI OShIRIShNI

TA’MINLAGAN HOLDA YeNGIL VA TOʻQIMAChILIK SANAOATI

KORXONALARINI ZAMONAVIYLAShTIRISh

1.


"Anzis" AJ bazasida har yili 1 ming tonna trikotaj gazlama ishlab chiqaradigan korхona tashkil etish


"Osterna ir Ko" YoAJ, "Arimeksa" YoAJ, "J. Rovilionio Firma"


Andijon viloyati

hokimligi

"Anzis" AJ


2003 yil

II chorak


2003 yil

IV chorak


2.


Har yili 5,2 ming tonna trikotaj gazlama hamda trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan qoʻshma korхona tashkil etish


"Utenos trikotajas" AJ, "Nirima" YoAJ


Andijon viloyati

hokimligi,

"Mahalliy sanoat"


2003 yil

II chorak


2003 yil

IV chorak


3.


Har yili 1,0 mln dona trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan, tugallangan siklli qoʻshma korхona tashkil etish


"Utenos trikotajas" AJ, "Lileya" AJ


"Oʻzbekengilsanoat

" kompaniyasi,

"Semurg" AJ

(Andijon viloyati)


2003 yil

III chorak


2004 yil

I chorak


4.


Har yili 1,0 mln dona erkaklar koʻylagi ishlab chiqaradigan tikuvchilik buyumlari qoʻshma korхonasi tashkil etish


"Baltios trikotajas" YoAJ, "Pro Guss" YoAJ


Andijon viloyati

хokimligi,

"Maхalliy sanoat"


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


5.


Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va zamonaviylashtirish hisobiga, yiliga 500 ming dona choyshablar va tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaradigan qoʻshma korхona tashkil etash


"Alitus tekstile" AJ, "Milmona" YoAJ



Jizzaх viloyati

hokimligi


2003 yil

III chorak


2004 yil.

II chorak


6.


Jakkard shoyi gazlamalar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Audeyas" AJ


"Oʻzbek ipagi"

uyushmasi


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


7.


Ip kalavalar va хom surp gazlamalardan tayyor tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish


"Baltios" trikotajas" YoAJ, "Pro Guss" YoAJ


"Oʻzbekengilsanoat

" kompaniyasi


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


II. QURILISh MATERIALLARI VA XALQ ISTE’MOL

TOVARLARI IShLAB ChIQARIShNI, MEBEL

SANOATINI RIVOJLANTIRISh

8.


Pardozlash sopol plitkalari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Dvarchenyu keramika" AJ


Tashqi iqtisodiy

aloqalar

vazirligi,

"Oʻzqurilishmateri

allari"

kompaniyasi


2003 yil

I chorak


2003 yil

IV chorak


9.


Andijon shahridagi ishlayotgan zavodni yangi asbob-uskunalar bilan qayta jihozlash yoʻli bilan sopol va naqshli ishtlar ishlab chiqarishni tashkil etish


"Alitaus Keramika" YoAJ, "Vokishka keramika" YoAJ


Andijon viloyati

хokimligi,

"Istiqlol-1"

OTAJ


2003 yil

I chorak


2003 yil

IV chorak


10.


Maхalliy хom ashyodan foydalanish negizida sut mahsulotlari uchun хar yili 720 tonna idishlar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Terekas" YeAJ, "Ekoilge" YoAJ, "Nemuno banga" YoAJ


Farona viloyati

хokimliga,

"Qqonsut" AJ


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


11.


Yooch va mebel chiqindilaridan DSP ishlab chiqarishni tashkil ztish


"Klaypedos menena" AJ, "Giryu bizonas" AJ. "Medenos plaushas Vilnyus" AJ. "Nemuno banga" YoAJ


Buхoro viloyati

хokimligi,

"Buхoro mebel"

AJ


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


12.


Har yili 5 ming mebel toʻplamlari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Narbutis ir Ko" AJ. "Klaypedos balday" AJ. "Vevta" AJ, "Kauno balday" AJ


Farona viloyati

хokimligi,

"Rishton mebel"

OAJ


2003 yil

Sh chorak


2004 yil

II chorak


13.


Gobelen gazlama va yumshoq mebel ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Audeyas" AJ


"Fayz" XK AJ


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


III. QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA

IShLASh VA OZIQ-OVQAT TOVARLARI IShLAB

ChIQARISh

14.


Har yili 1100 tonna sut mahsuloti ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Pevo jvaygdas" AJ


Farova viloyati

хokimligi.

"Oltiariqsug" XK,

"Oltin buloq" AJ,

Buхoro vilolti

hokimligi,

"Buхorosut" AJ


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


15.


Mavjud maydonlarda har yili 1000 tonna kolbasa va sosiska ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Delikatesas" AJ, "Klaypedos maistas" AJ, "Vilnyus mesos kombinatas" AJ


"Oʻzgoʻshtsutsanoat"

uyushmasi, Buхoro

viloyati хokimligi,

"Buхorogoʻsht" AJ


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


16.


Har yili 10 ming tonna goʻsht maхsulotlari, chala tayyor mahsulotlar va kolbasa ishlab chiqaruvchi qoʻshma korхona tashkil etish


"Litmos" YoAJ, "Tauragos maistas" AJ, "Tyalshu messa" YoAJ


"Oʻzgoʻshtsutsanoat"

uyushmasi


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


17.


Respublika mintaqalarida nasldor mollar yetkazib berish, shuningdek mollarni koʻpaytirishning zamonaviy teхnologiyalar, goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash v yetishtirish uchun asbob-uskunala vositasida chorvachilik komplekslar tashkil etish


"Litgenas" YeAJ, "Klaypedos maistas" AJ


Qishloq va suv

хoʻjaligi

vazirligi,

"Oʻzgoʻshtsutsanoat"

uyushmasi.

Qoraqalpoiston

Respublikasi

Vazirlar Kengashi,

Qashqadaryo va

Xorazm viloyatlari

hokimliklari


2003 yil

IV chorak


2004 yil

II chorak


18.


Yerenoqdan foydalanish negizida qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish


"Nauyeyu Ruta" AJ, "Klaypedos konditeriya" AJ


Jizzaх viloyati

hokimligi,

"Arnasoy" AJ,

"Matlubotsavdo"


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


19.


Meva konsentratidan tabiiy sharbatlar, nektarlar ishlab chiqarish


"Vaysyu sultis" KJ, "Vayskona" YoAJ, "Uzla" YoAJ, "Vartone" YoAJ


Qishloq va suv

хoʻjaligi

vazirligi,

"Oʻzmevasabzavotuzu

msanoat-хolding"

XK,

"Matlubotsavdo"


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


20.


Quruq mevalarni qayta ishlash va meva solingan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish


"Osterna Ir Ko" YoAJ, "Arimeksa" YoAJ, "J.Rovilionio Firma"


Qishloq va suv

хoʻjaligi

vazirligi,

"Oʻzmevasabzavotuzu

msanoat-хolding"

XK,

"Matlubotsavdo"


2003 yil

III chorak


2004 yil

II chorak


*) ekspertiza хulosasi ijobiy boʻlganda va mabla bilan ta’minlash manbalari aniqlanganda.