Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2013 y. 249-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.09.2013 y.

N 249



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam

olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2013 yil 25 iyundagi 178-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 25 iyundagi 178-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 13 sentyabrdagi

249-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

2. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19 yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻrisidagi nizomda:


a) I boʻlimning 23-bandidagi "klublar" soʻzi "madaniyat va aholi dam olish markazlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) III boʻlimning 1-bandidagi "klublar, madaniyat uylari va saroylari" soʻzlari "madaniyat va aholi dam olish markazlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari хavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta tariflari koeffitsiyentlarining 29-bandidagi "Madaniyat saroylari va uylari, doimiy va koʻchma klublar (avtoklublar, klub-vagonlar, suzuvchi madaniy bazalar va boshqalar)" soʻzlari "Madaniyat va aholi dam olish markazlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 31 maydagi 154-son qarorida:


a) 1-ilovaning 139 va 260-qatorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-ilovaning 18, 140, 141, 154, 364, 369 va 380-qatorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 23 sentyabr, 38-son, 491-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 9-son, 65-modda