Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2013 y. 255-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.09.2013 y.

N 255




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANK-MOLIYa AKADEMIYaSI MAGISTRATURASIGA

QABUL QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida "magistr" darajali yuqori malakali kadrlarni tayyorlash magistratura mutaхassisliklari boʻyicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilansin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistraturalariga nisbatan tatbiq etilmaydi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 23 sentyabr, 38-son, 495-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 9-son, 67-modda