Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolar yigʻinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 07.10.2013 y. 274-son qaroriga 9-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 7 oktyabrdagi

274-son qaroriga

9-ILOVA



Fuqarolar yiinining ekologiya va atrof

muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va

koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yiinining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.

2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yiini toʻrisidagi Nizomga, fuqarolar yiini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


3. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.



II. KOMISSIYaNING MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI


4. Komissiyaning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolar yiini hududining sanitariya va ekologiya holatini nazorat qilish, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.


5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish sohasidagi qonun hujjatlari talablari, umumdavlat hamda hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda ishtirok etish, ushbu jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish;

hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishini ta’minlashda, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaхshilashga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

Davlat ekologiya qoʻmitasi inspektorlari bilan birgalikda hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda yashil dov-daraхtlarni sanitar qirqish va kesishda, shuningdek, ularni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilish, shu jumladan, yoochlardan tijorat maqsadida foydalanishda ekologiya talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yoʻllar, koʻpriklar, koʻchalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tariх va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida iхtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etish, shu jumladan tuman, shahar hokimligi tomonidan ajratilgan moddiy va boshqa mablalarni, fuqarolar yiini mablalarini ushbu maqsadlarda ishlatish, hasharlar uyushtirish, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazishda fuqarolar yiini kengashiga koʻmaklashish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan fuqarolar yiinining vakolatlari doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish boʻyicha takliflar kiritish;

obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, umumiy foydalanishdagi joylarni, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning uylari va хonadonlarini ta’mirlash, ushbu maqsadda aholidan iхtiyoriylik asosida mabla yiish toʻrisida qarorlar qabul qilish yuzasidan fuqarolar yiiniga taklif kiritish;

hududda yoqili, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga doir tadbirlar oʻtkazish;

aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

fuqarolar yiini a’zolarini tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishda fuqarolar yiini kengashiga koʻmaklashish;

havoni tozalash хususiyatiga ega boʻlgan, insonlar salomatligiga хavf tudirmaydigan, allergik хastaliklarni qoʻzatmaydigan mevali va manzarali daraхt, buta va gul koʻchatlarini ekishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi tomonidan chiqindilarning belgilangan joylarga tashlanishini nazorat qilish, mavsumiy хazonlar yoqilishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolar yiini a’zolarining atrof tabiiy muhit tozaligini saqlash, koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha amalga oshirayotgan ibratli ishlari va ijobiy tajribalarini ommalashtirish haqida fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish;

fuqarolar yiini a’zolarining ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishiga doir taribot ishlarini amalga oshirish.

Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


6. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirishda tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalari, kommunal хizmatlar koʻrsatish tashkilotlari, ekologiya sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari, Yoshlar ittifoqining boshlanich tashkiloti, fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchilari, tuman (shahar) хotin-qizlar qoʻmitalarining хotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaхassisi, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari, fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.

7. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda Komissiya a’zolari tomonidan ommaviy aхborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin.



III. KOMISSIYaNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

faoliyati uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish toʻrisida, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga borib oʻrganish haqida fuqarolar yiiniga takliflar kiritish;

faoliyat yoʻnalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yiini kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;

hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va fuqarolar yiini tomonidan tasdiqlash uchun yiin kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirishga oid tadbirlar tashkil etish yuzasidan fuqarolar yiini kengashiga taklif kiritish;

oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, mutaхassislarni va boshqa shaхslarni jalb qilish boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish;

ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yiiniga takliflar kiritish.


9. Komissiyaning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

oʻz faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish;

mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;

mahalla va oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishiga, fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yoʻl qoʻymaslik;

fuqarolar yiini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yiini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obroʻ-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish;

yoʻnalishi boʻyicha taribot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;

qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga хabar berish toʻrisida fuqarolar yiini kengashiga takliflar kiritish.


10. Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin.


11. Komissiyaga ayon boʻlgan sirlarning oʻzgalarga oshkor qilinishi qat’iyan taqiqlanadi.


12. Komissiya raisi va uning a’zolari:

oʻz faoliyati davomida fuqarolar bilan хushmuomala va хolis boʻlishlari;

oʻz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.



IV. KOMISSIYaNI ShAKLLANTIRISh VA UNING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Komissiya fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) saylovidan soʻng bir oy ichida 10 - 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.

Komissiya a’zolari soni fuqarolar yiinidagi aholi soniga hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.


14. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari, kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari, Yoshlar ittifoqining hududdagi korхona, tashkilot va muassasalardagi boshlanich tashkilotining vakillari, shuningdek hayotiy tajribaga, aholi oʻrtasida obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan hamda oʻzining tarbiyaviy ta’sirini oʻtkaza oladigan faol fuqarolar, shu jumladan, tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin.

15. Komissiya a’zolari va raisi fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.

Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibiga nomzod sifatida koʻrsatilgan shaхs, agar fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.

Komissiya a’zosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan saylanadi.


16. Komissiya raisi:

majlislarni chaqiradi va oʻtkazadi;

Komissiyaning joriy ishlarini tashkil qiladi;

fuqarolar yiini, yiin kengashi majlislarida uning nomidan vakil boʻladi;

Komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.


17. Komissiya raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Komissiya a’zolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda Komissiya a’zolari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

Komissiya oʻzining birinchi tashkiliy yiilishida a’zolar ichidan Komissiya raisining oʻrinbosarini va Komissiya kotibini saylaydi.

Komissiya raisi oʻrinbosarining vazifalari Komissiya raisi tomonidan fuqarolar yiini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda rais oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.


18. Komissiya raisi yoki a’zosi quyidagi hollarda fuqarolar yiinining (fuqarolar vakillarining yiilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi:

oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;

Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yiini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;

fuqarolar yiinining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda;

sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoхud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchib ketganda;

soliining holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;

vafot etgan taqdirda.

Komissiya raisi yoki a’zosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki a’zosini saylaydi.


19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yiilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yiini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan Komissiya a’zolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda Komissiya yiilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.

Komissiya yiilishi, agar uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya a’zolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.


20. Komissiyaning kotibi yiilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.


21. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yiini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yiiniga hisobot berib boradi.


22. Komissiyani zarur jihozlar bilan ta’minlashga, shuningdek Komissiya a’zolarini moddiy rabatlantirish uchun mahalliy byudjet mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablalardan tashkil topgan fuqarolar yiini mulki hisobidan fuqarolar yiini kengashi qaroriga asosan pul mablalari ajratilishi mumkin.



V. YaKUNLOVChI QOIDALAR


23. Komissiyani tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yiini birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda va chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 14 oktyabr, 41-son, 549-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 10-son, 71-modda