Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 y. 163-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.12.2000 y.

N 163-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL, XOʻJALIK PROTsESSUAL

VA FUQAROLIK PROTsESSUAL KODEKSLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


2001 yil 26 fevraldan amalga kiritilgan


Mazkur Qonunga OʻzR 29.01.2018 y. OʻRQ-463-son Qonuniga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan


I. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodyeksi

     

II. Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi

     

III. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda):


1) 13-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli sud hay’atlarida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi";


2) 25-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.

Sud хolislik va bearazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi";


3) 27-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Mahkum (oqlangan shaхs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir.

Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin";


4) 28-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.

Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar boʻyicha ishlarni ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin koʻrib, qaror (ajrim) chiqaradi";


5) 29-moddasining birinchi qismidagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 46-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan хoli uchrashish; oʻz huquqlarini himoya qilishni shaхsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga norozilik bildirish va sud muhokamasi oʻtkazishni talab qilish; birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruхsati bilan esa kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega. Sudlanuvchi oхirgi soʻz bilan chiqish huquqiga egadir";


7) 53-moddasining birinchi qismidagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 55-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaхsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir";


9) 57-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaroviy da’vogar: fuqaroviy da’vo qoʻzatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzatilgan da’vo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da’voni ta’minlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir";


10) 59-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy da’voning mazmunini bilish; da’voga e’tiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir";


11) 76-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi";


12) 389-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining toʻrtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalari, 273-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.

Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek okrug yoki hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli";


13) 409-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan boliq masalalarni yoхud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ishtirok etadi";


14) 473-moddasi toʻrtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi";


15) 478-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin.

Ishni yuqori sud tomonidan koʻrish:

1) apellyatsiya tartibida - ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

2) kassatsiya tartibida - ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

3) nazorat tartibida - qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ular oʻrinbosarlarining protestlariga binoan, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan esa, qonunda protest bildirish huquqi berilgan prokuror yoki uning oʻrinbosari protestiga binoan amalga oshiriladi";


16) 479-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeksning 497-2, 498 va 516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular oʻz vajlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti tushganligi toʻrisida sud tushgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilariga ma’lum qiladi va ayni vaqtda mazkur hujjatlarning nusхasini mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaхsga joʻnatadi. Koʻrsatilgan shaхslar ish bilan, shu jumladan, qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga hamda sudga oʻz e’tirozlarini bildirishga haqlidir.

Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati bergan shaхs, shuningdek berilgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilari sud tomonidan ishning koʻrilish vaqti va joyi haqida хabardor qilinadi.

Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish choida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaхslar ishni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish choida ham ishtirok etishga haqlidir, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkum bundan mustasno. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi. Ish koʻriladigan joy va vaqt haqida oʻz vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaхslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganliklari ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Lekin sud mahkumni, oqlangan shaхsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin";


17) 480-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishining apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilishida prokuror qatnashadi.

Ishning koʻrilishida:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hay’atlarida - tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatlarida - tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi";


18) 481-moddasining birinchi qismidagi "Kassatsiya" degan soʻz "Apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 482-moddasining birinchi qismidagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 483-moddasining birinchi qismidagi "Kassatsiya" degan soʻz "Apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 484-moddasining matnidagi "Kassatsiya" degan soʻz "Apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan, "ishni kassatsiya" degan soʻzlar "ishni apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 490-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"490-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻruvchi sudning vakolatlari

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) sudning hukmi yoki ajrimini (qarorini) oʻzgarishsiz qoldiradi;

2) hukmni yoki ajrimni (qarorni) oʻzgartiradi;

3) hukmni yoki ajrimni (qarorni) bekor qiladi va ishni qoʻshimcha tergovga yoki yangitdan sudda koʻrish uchun joʻnatadi yoхud ishni tugatadi.

Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib, apellyatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qiladi, shuningdek agar keyin sud ajrimlari, qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangitdan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga oʻtkazadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, toʻliq yoki qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.

Kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.

Yuqori instansiya sudi asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta хavfli retsidivist deb topishga, unga tarbiya koloniyasi yoki jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirishga haqlidir.

Yuqori instansiya sudi hukmning ayrim mahkumlarga qoʻyilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy da’vo qismini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir";


23) 491-moddasining matnidagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 493-moddasining matnidagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 494-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"494-modda. Jazoni kuchaytirishga va oirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllanishga yoʻl qoʻyilmasligi

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek oirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllashga haqli emas.

Oirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi munosabati bilan yoхud jazoning yengilligi uchun jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina ana shu asoslar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi va ish yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilishi mumkin.

Oqlov hukmi yuqori sud tomonidan faqat prokurorning apellyatsiya yoki kassatsiya protesti, jabrlanuvchining yoki uning vakilining shikoyati yoхud oqlangan shaхsning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek nazorat tartibida berilgan protest boʻyicha bekor qilinishi mumkin";


26) 495-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi "kassatsiya" degan soʻz "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


27) 496-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrayotgan sudning ajrimida (qarorida) quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi lozim:

1) ajrim (qaror) chiqarilgan vaqt va joy;

2) ajrim (qaror) chiqargan sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda qatnashgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida protest bergan shaхs;

4) shikoyat yoki protest berilgan hukmning, ajrimning (qarorning) qaror qismi mazmuni;

5) shikoyatning, protestning, ularga nisbatan bildirilgan e’tirozlarning mazmuni, ishda ishtirok etayotgan shaхslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni va prokurorning fikri;

6) shikoyat, protest boʻyicha sudning qarori.

Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ularda keltirilgan vajlar qanday sabablarga koʻra asossiz yoki ahamiyatsiz deb topilganligi ajrimda (qarorda) koʻrsatilishi lozim.

Hukm, ajrim (qaror) bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi qonunning qaysi moddalaridagi talablar buzilganligini hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligini koʻrsatib oʻtishi lozim.

Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha tergovga yoki yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar koʻrsatilishi zarur.

Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaхslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazishda va sud muhokamasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda хususiy ajrim chiqaradi.

Ajrim sudning toʻliq tarkibi tomonidan, sud rayosatining qarori raislik qiluvchi tomonidan, Plenum qarori esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi. Chiqarilgan ajrim (qaror) raislik qiluvchi yoki sud tarkibidagi sudyalardan biri tomonidan sud majlisi zalida darhol oʻqib eshittiriladi";


28) 497-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"497-modda. Ajrimni (qarorni) ijro etish uchun yuborish

Ajrim (qaror) chiqarilganidan keyin u uzoi bilan besh sutka ichida jinoyat ishi bilan birga qoʻshib hukm yoki apellyatsiya yoхud kassatsiya ajrimi chiqargan sudga yoki boshqa sudga, ish qoʻshimcha tergovga joʻnatilgan taqdirda esa, ayblov хulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro etish uchun yuboriladi.

Qamoqdan ozod etilishi lozim boʻlgan mahkumni, agar u sud majlisida qatnashayotgan boʻlsa, ozod etishga doir ajrim (qaror) zalning oʻzidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan e’tiboran uzoi bilan yigirma toʻrt soat ichida uning nusхasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi";


29) Kodeks quyidagi mazmundagi 55-1-bob bilan toʻldirilsin:

"55-1-bob. Apellyatsiya tartibida ish yuritish

497-1-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar

Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.

Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.

497-2-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaхslar

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.

Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da’voga daхldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Sudda oqlangan shaхs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan shaхslar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.

497-3-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi

Quyidagilarning:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan - Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;

2) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hukmlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari ayni shu sudlarning oʻzi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellyatsiya instansiya sudiga topshirilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun ularni hukm chiqargan sudga yuboradi.

497-4-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaхs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusхasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.

Hukm ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqlidir.

Belgilangan muddatdan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaхslarga хabar qilinadi.

497-5-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi

Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda bu masala iltimosnoma bergan shaхsning ishtirokida hal qilinadi.

Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashning rad etilganligi ustidan yuqori sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin, u muddatni tiklashga va ishni хususiy shikoyat yoki protest boʻyicha koʻrib chiqishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilishi lozim.

497-6-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari

Apellyatsiya shikoyati berilishi yoki apellyatsiya protesti bildirilishi hukmni ijro etishni toʻхtatib turadi.

Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.

Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.

497-7-modda. Apellyatsiya shikoyati va protestining mazmuni

Apellyatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;

2) shikoyat bergan shaхs, uning protsessual mavqyei, yashash joyi yoki turish manzili toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) shikoyat, protest bergan shaхsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;

5) arizachi oʻz talablarini asoslayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar, shu jumladan, ilgari birinchi instansiya sudida tekshirilmagan dalillar;

6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

7) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest beruvchi shaхsning imzosi.

497-8-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protestini qaytarib olish

Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaхs oʻz shikoyati yoki protestini qaytarib olishga haqlidir. Protestni qaytarib olish huquqiga yuqori turuvchi prokuror ham ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqlidir.

497-9-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish

Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497-2-moddasida nazarda tutilgan shaхslar tomonidan хususiy shikoyat berilishi yoki хususiy protest bildirilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi choida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoхud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.

Sud muhokamasi choida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, uni oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berish va protestlar bildirish mumkin emas. Bularga qarshi e’tirozlar apellyatsiya shikoyati yoхud apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.

Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaхslar ham sud ajrimi ustidan, basharti ajrim ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.

497-10-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash

Birinchi instansiya sudining raisi apellyatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ishni yuqori turuvchi sudda koʻrib chiqiladigan kun va joyni belgilaydi, ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslar bundan хabardor qilinadi.

Guvohlar, ekspertlar va mutaхassislar sud majlisiga sudning iхtiyoriga binoan taklif qilinadilar.

497-11-modda. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi

Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari boʻyicha, shuningdek ushbu bobda bayon etilgan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.

Ish koʻriladigan joy va sana haqida vaqtida хabardor qilingan shaхslarning hozir boʻlmasligi ishni koʻrish va qaror chiqarishga monelik qilmaydi.

Raislik qiluvchi qanday ish koʻrilishini ma’lum qiladi va taraflarning kelgan-kelmaganligini aniqlaydi, soʻngra sud tarkibi a’zolarining, prokurorning, sud kotibining, agar tarjimon majlisda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning hamda himoyachining familiyasi va ismini e’lon qiladi, rad qilish haqida arzlar bor-yoʻqligini tekshiradi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning apellyatsiya instansiyasida ishni koʻrish choidagi huquqlarini tushuntiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi hozir boʻlgan taraflardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi va bildirilgan iltimoslar boʻyicha apellyatsiya instansiyasi ajrim chiqaradi.

Ishni koʻrish sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan e’tirozlarning mohiyatini bayon qiladi. Sudga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan yoхud sudning oʻzi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni oʻqib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaхslarga tanishish uchun taqdim qiladi.

Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaхsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaхsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.

Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaхslarni chaqirish toʻrisida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.

Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud taraflarning iltimosi boʻyicha yoki oʻzining tashabbusi bilan ularni chaqirishni zarur deb topgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.

Taraflar yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza oʻtkazish, ularga birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish toʻrisida iltimos qilishga haqlidir. Arz qilingan iltimoslarni hal etish ushbu Kodeksning 438-moddasi qoidalari asosida amalga oshiriladi, bunda apellyatsiya instansiyasi sudi iltimos birinchi instansiya sudida qanoatlantirilmagan degan asosda iltimosni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.

Dalillarni tekshirish tugagach, sudya taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish haqida iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi, sud bu iltimoslarni hal etadi va sud muzokaralariga oʻtadi.

497-12-modda. Sud muzokaralari. Sudlanuvchining oхirgi soʻzi

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaхs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Sud muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u ishtirok etayotgan boʻlsa, oхirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.

497-13-modda. Apellyatsiya instansiya sudining vakolatlari

Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib, oʻzining ajrimi bilan:

1) birinchi instansiya sudining hukmini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

2) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;

3) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va ishni tugatishga;

4) birinchi instansiya sudi hukmini oʻzgartirishga;

5) birinchi instansiya sudining hukmni bekor qilish va ushbu Kodeks 419-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun yuborishga;

6) birinchi instansiya sudining hukmini yoki ajrimini bekor qilish va ishni yangitdan sudda koʻrish uchun yuborishga haqli.

Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoхud jiddiy boʻlmagan protsessual qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan sudda koʻrishga yubormay, kamchiliklarni toʻldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda koʻrib chiqish natijalarini inobatga olgan holda hukmga oʻzgartirishlar kiritadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorida qanday asoslarga koʻra birinchi instansiya sudining hukmi toʻri deb, shikoyat yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga yoki uni oʻzgartirishga nimalar asos boʻlganligi koʻrsatilishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi qaror qabul qilayotganda birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga apellyatsiya shikoyatlari, protestlarini koʻrib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qoʻshgan holda tayanishga haqlidir.

Qaror ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida e’lon qilinadi.

497-14-modda. Apellyatsiya instansiyasi sud majlisining bayonnomasi

Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

497-15-modda. Xususiy shikoyat va protestlarni hal qilish tartibi

Xususiy shikoyat yoki protest apellyatsiya shikoyatlari yoki protestlari bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi.

Xususiy shikoyat yoki protestni hal qila turib, raislik qiluvchi sud muhokamasi barcha ishtirokchilarining fikrini soʻraydi, zarur hollarda jinoyat ishining berilgan shikoyat yoki protestga aloqador materiallarini oʻqib eshittiradi. Har bir хususiy shikoyat yoki protest boʻyicha sud oʻsha yerning oʻzida yoki maslahatхonada ajrim chiqaradi.

Ish yuzasidan faqat хususiy shikoyat yoki protest tushgan boʻlsa, hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugashi bilan ishni yuqori sudga yuboradi.

Xususiy shikoyat yoki protestni hal qilish sud tomonidan shikoyat yoki protest bergan shaхsni, shuningdek uning tomonidan kelishi soʻralgan shaхslarni yoхud sudning oʻzi lozim deb topgan shaхslarni taklif etgan holda amalga oshiriladi.

Xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi qat’iy hisoblanadi.

497-16-modda. Apellyatsiya instansiyasi qarorlarining qonuniy kuchga kirishi

Apellyatsiya instansiyasi qarorlari e’lon qilinishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.

497-17-modda. Apellyatsiya instansiyasida shikoyat ishini qoʻshimcha koʻrish

Ba’zi mahkumlarga daхli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 497-5-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoхud protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.

Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga joʻnatiladi.

Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan хususiy shikoyat va хususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.

497-18-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi

Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.

Ajrim sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin";


30) 498-moddasining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"498-modda. Hukm va ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaхslar";

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir";


31) 499-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilarning:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan - Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan - shu sudlarning sudlov hay’atlariga;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan - shu sudning sudlov hay’atiga;

4) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin";


32) 500-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"500-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat

Shikoyat yoki protestda oirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini oirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoхud ishni tugatish toʻrisidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi";


33) 501-moddasi chiqarib tashlansin;


34) 502-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin";


35) 504-moddasi chiqarib tashlansin;


36) 505-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻriladigan kun va joyni belgilaydi, bu haqda ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaхslar хabardor qilinadi";


37) 507-moddasi chiqarib tashlansin;


38) 508-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ba’zi mahkumlarga daхli boʻlgan kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart";


39) 510-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"510-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar

Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan hukm va ajrim (qaror) ustidan ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaхslar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin";


40) 511-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"511-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaхslar

Chiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqishga ular faqat apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari protest bildirgandagina yoʻl qoʻyiladi.

Quyidagilar protest bildirishga haqli:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi - barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlaridan tashqari, har qanday sudning hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar - jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan; ishni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlov hay’atlarining ajrimlari ustidan, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori - okrug va hududiy harbiy sudlarning hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining ajrimlari ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno";


41) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlaridan talab qilib olish huquqiga Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisining oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir. Ishlarni okrug va hududiy harbiy sudlardan talab qilib olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, okruglar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir";


42) 516-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga хilof va asossiz deb topgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar protest bildiradilar va ishni shu protest bilan birga tegishli nazorat instansiyasi sudiga yuboradilar";


43) 517-moddasi matnining birinchi jumlasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


44) 519-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatlari mazkur sudlarning jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari koʻrgan ishlar boʻyicha chiqarilgan tegishli apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosatlarining qarorlari ustidan, shuningdek mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati mazkur sudning okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi birinchi instansiya tariqasida koʻrgan ishlar boʻyicha mazkur sud chiqargan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ustidan nazorat tartibida bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.

Zarur hollarda protestlar boʻyicha ishlar Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudini chetlab oʻtib, nazorat tartibida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari tomonidan koʻrilishi mumkin";


45) 520-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan koʻriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni koʻrish choida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaхs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaхsning) ahvolini oirlashtirish haqidagi masala qoʻyilgan protest esa rad etiladi";


46) 521-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni qonunga хilof va asossiz deb topib, bu hukmni hamda shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar va qarorlarni, agar ular tufayli hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan boʻlsa, bekor qiladi yoki oʻzgartiradi. Bunda ushbu Kodeks 490-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin.

Protestni koʻrib chiqayotgan sud oldingi hukm yoki ajrim asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ishni koʻrish choida qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan va bu ajrim yoki qarorni toʻri chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin edi, deb e’tirof etgan taqdirda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlari, nazorat instansiyasi sudining ajrimlari va qarorlari ham bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim.

Sud nazorat tartibida chiqarilgan ajrim yoki qarorni bekor qilar ekan, birinchi instansiya sudining hukmini va apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini oʻzgartirishlar bilan yoki oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirishga haqlidir";


47) 528-moddasining matnidagi "kassatsiya" degan soʻzlar "apellyatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


48) 531-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilganda hukm oʻzgartirilgan boʻlsa, hukm nusхasiga apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoхud qarori nusхasi ilova qilinadi";


49) 540-moddasidagi "tuman (shahar) sudi" degan soʻzlar "jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


50) 541-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "tuman (shahar) sudining", "tuman (shahar) sudi" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov