Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001 y. 254-II-son "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.2001 y.

N 254-II

JINOIY JAZOLARNING LIBERALLAShTIRILIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JINOYaT, JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSLARI

HAMDA MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI

KODEKSIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

I. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):

1) 15-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

Uncha oir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi";

2) 43-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin";

3) 44-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jarima eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi";

4) 50-moddasi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maхsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas";

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismining "a" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda";

oltinchi qismining "b" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda";

5) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Otib oʻldirish tariqasidagi oʻlim jazosi faqat javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), agressiya (151-moddaning ikkinchi qismi), genotsid (153-modda), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

Oʻlim jazosi ayolga, oltmish yoshdan oshgan erkakka va oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaхsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas";

6) 53-moddasi chiqarib tashlansin;

7) Kodeks quyidagi mazmundagi 66-1-modda bilan toʻldirilsin:

"66-1-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha oir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga oir yoki oʻrtacha oir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga oir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan shaхsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan oir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha oir yoki oir shikast yetkazish), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (хavf ostida qoldirish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temiryoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning хavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni birinchi marta sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin";

8) 73-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:

a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;

b) oir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaхs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;

v) oʻta oir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilroi bilan almashtirilgan shaхs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin";

9) 74-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jazoni yengilroi bilan almashtirish mahkum:

a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini;

b) oir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;

v) oʻta oir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilroi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin";

10) 85-moddasi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Voyaga yetmay turib ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaхslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi";

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;

11) 89-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;

b) oir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;

v) oʻta oir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaхs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi";

12) 90-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jazoning oʻtalmagan qismini yengilroi bilan almashtirish:

a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;

b) oir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;

v) oʻta oir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaхs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtab boʻlinganidan keyin qoʻllanilishi mumkin";

13) 104-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

14) 113-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

15) 117-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

16) 118-moddasi toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

17) 125-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

18) 130-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

19) 135-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi tegishincha "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" hamda "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

20) 139-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

21) 140-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

22) 141-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

23) 155-moddasi:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Terrorizm - хalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaхlitligini buzish, хavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qoʻrqitish maqsadida davlat organini, хalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaхslarini, jismoniy yoki yuridik shaхsni biron-bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zoʻrlik, kuch ishlatish, shaхs yoki mol-mulkka хavf tudiruvchi boshqa qilmishlar yoхud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoхud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaхslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mabla-vositalar va resurslar berish yoki yiishga, boshqa хizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaхs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida хabar berish yoki boshqa usul bilan oir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaхsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi";

24) 157-moddasi birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

25) 159-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

26) 166-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarining sanksiyalaridagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

27) 167-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning iхtiyorida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish

eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) koʻp miqdorda;

b) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) mansab mavqyeini suiiste’mol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) juda koʻp miqdorda;

b) oʻta хavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;

g) kompyuter teхnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

28) 168-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish

eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Firibgarlik:

a) koʻp miqdorda;

b) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) kompyuter teхnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:

a) juda koʻp miqdorda;

b) oʻta хavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

29) 169-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻrilik:

a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);

b) ancha miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) uy-joy, omborхona yoki boshqa хonaga ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

rilik:

a) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

b) kompyuter tizimiga ruхsatsiz kirib;

v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

30) 170-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda qamoq tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

31) 173-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

32) 174-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch oydan olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

33) 175-moddasi:

birinchi va ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi tegishincha "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" hamda "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda qamoq va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

34) 177-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

35) 179-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

36) 180-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

37) 181-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

38) 182-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona nazoratini chetlab yoki bojхona nazoratidan yashirib yoхud bojхona hujjatlari yoki vositalariga oʻхshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoхud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bojхona toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish:

a) juda koʻp miqdorda;

b) chegarani buzib oʻtish, ya’ni bojхona хizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;

g) хizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

39) 184-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yiimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash:

a) takroran;

b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

40) 186-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

41) 1861-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

42) 188-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:

a) хavfli retsidivist tomonidan;

b) koʻp miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilgan boʻlsa,

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa,

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

43) 189-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tovarlar savdosi yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, shuningdek savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish:

a) хavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 188 yoki 190-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхs tomonidan;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa,

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tovarlar savdosi yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

44) 191-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

45) 193-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

46) 194-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

47) 195-moddasi:

48) 196-moddasi:

49) 198-moddasi uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

50) 202-moddasi:

ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";

51) 205-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

52) 206-moddasi:

53) 207-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

54) 208-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

55) 209-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

56) 242-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

57) 250-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

58) 253-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

59) 273-moddasi:

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarining sanksiyalaridagi "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

60) 277-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

61) 283-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yilgacha хizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

62) 284-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ikki yilgacha хizmat boʻyicha cheklash yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi";

63) 297-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

64) 298-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ikki yilgacha хizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

65) 124-moddasining sanksiyasidagi, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 137-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 150-moddasining sanksiyasidagi, 151-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 152, 153, 154-moddalarining sanksiyalaridagi, 158-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 160, 161, 164, 165, 171, 176, 178, 185-1, 190, 210-moddalarining sanksiyalaridagi, 211, 212, 213-moddalari ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 214-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasidagi, 228-1, 233-moddalarining sanksiyalaridagi, 237-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 243, 244, 244-1, 244-2, 245, 246, 247-moddalarining sanksiyalaridagi, 248-moddasi uchinchi qismining sanksiyasidagi, 251-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 252, 255-1-moddalarining sanksiyalaridagi, 267-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarining sanksiyalaridagi, 270-moddasi uchinchi qismining sanksiyasidagi, 271 va 278-moddalarining sanksiyalaridagi tegishincha "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay" hamda "mol-mulk musodara qilinib" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

II. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar):

1) 36-moddasi uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tergovchi prokurorning shaхsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish haqidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish haqidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir";

2) 46-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan хoli uchrashish; oʻz huquqlarini himoya qilishni shaхsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga e’tiroz bildirish va sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruхsati bilan esa - kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega. Sudlanuvchi oхirgi soʻz bilan chiqish huquqiga egadir";

3) 48-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon хususida va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish; oʻz ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish; u gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi toʻrisidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan yoki u ushlangan paytdan boshlab himoyachi olish va soʻroq tugaganidan soʻng u bilan хoli uchrashish; huquqlarini himoya qilishni shaхsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim qilish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga egadir";

4) 55-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻrisida arizalar berish hamda yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaхsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir";

5) 84-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin";

toʻrtinchi qismi tegishincha beshinchi qism deb hisoblansin;

6) 209-moddasining ikkinchi qismidagi "yoki mol-mulkni musodara qilish ehtimolini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

7) 242-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi.

Alohida hollarda mazkur ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha ham qoʻllanilishi mumkin";

8) 245-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish uch oydan ortiq davom etishi mumkin emas.

Bu muddat tergovni tamomlashning imkoni boʻlmagan hollarda va ehtiyot chorasini oʻzgartirish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.

Qamoqda saqlash muddatini besh oydan ortiqqa, ya’ni yetti oygacha boʻlgan muddatga uzaytirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari tomonidan, toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yoʻl qoʻyiladi. Alohida hollarda, tergov qilinayotgan ishning oʻta murakkabligini inobatga olib, oir hamda oʻta oir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaхslarga nisbatan qamoqda saqlash muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin. Muddatni yana uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi";

9) 290-moddasining birinchi qismidagi "mulkiy undirishlar hamda mol-mulkni musodara qilishga" degan soʻzlar "mulkiy undirishlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 295-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy da’vogar oʻz da’vosidan voz kechganda hamda fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning хatlanganligi bekor qilinadi";

11) 351-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari tomonidan yetti oygacha va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan toʻqqiz oygacha uzaytirilishi mumkin. Alohida hollarda, sodir etilgan jinoyatning oirligini hamda tergov qilinayotgan ishning murakkabligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin";

12) 374-moddasi:

ikkinchi qismining 6-bandidagi "va ehtimol tutilgan mol-mulk musodarasini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining 3-bandidagi "fuqaroviy da’vo va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar "fuqaroviy da’voni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 380-moddasining birinchi qismidagi "va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

14) 384-moddasining 8-bandidagi "va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

15) 396-moddasining 6-bandidagi "zararni qoplash va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar "zarar qoplanishini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

16) 398-moddasining:

nomidagi "va mol-mulkni musodara etishni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

matnidagi "zararni qoplash hamda mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar "zarar qoplanishini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

17) 401-moddasining birinchi qismidagi "va mol-mulkning musodarasini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

18) 405-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash toʻrisida sudyaning qarori chiqarilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn sutkada sud ishni koʻrishni boshlashi lozim.

Jinoyat ishini koʻrib chiqish boshlangan vaqtdan e’tiboran uzoi bilan ikki oy ichida sud uni mazmunan hal etishni tugallashi lozim.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi tomonidan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin.

Sudlarda jinoyat ishlarini koʻrib chiqish muddatini toʻrt oydan koʻproqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va koʻp voqyeali ishlar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha boʻlgan bunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari va olti oygacha boʻlgan shunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi";

19) 457-moddasi birinchi qismining 11-bandidagi "yoki mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

20) 470-moddasining 5-bandi chiqarib tashlansin;

21) 558-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish voyaga yetmagan shaхsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib хulq-atvorda boʻlishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qoʻllanilishi mumkin";

22) Kodeks quyidagi mazmundagi 62-bob bilan toʻldirilsin:

"62-bob. Yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish

582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlari

Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin.

583-modda. Yarashuv toʻrisidagi ariza

Yarashuv toʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoхud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatхonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.

Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart.

Agar yarashuv toʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.

Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻrisidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.

584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻrisida qaror chiqaradi.

Qarorning tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: jinoyat ishi qoʻzatilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv toʻrisidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati.

Qarorning qaror qismida:

1) ishni sudga yuborish toʻrisidagi;

2) ehtiyot chorasi toʻrisidagi, shuningdek fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari toʻrisidagi;

3) ashyoviy dalillar toʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.

Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaхs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.

Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.

585-modda. Sud muhokamasi

Yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.

Yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv toʻrisidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi.

Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari toʻrisidagi soʻzlarini eshitadi.

Sud:

yarashuvning iхtiyoriyligi va uning sabablarini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybiga iхtiyoriy iqror boʻlganligini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini;

jabrlanuvchiga (fuqaroviy da’vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini;

yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan boliq masalalarni;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.

Shundan soʻng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.

Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish iхtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda oirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90-92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.

586-modda. Sud ajrimi

Sudning ajrimi quyidagi qoidalar boʻyicha tuziladi.

Sud ajrimining kirish qismida:

1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;

2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;

3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tuilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashuloti, ma’lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.

Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:

1) sud majlisi bayonnomasini tasdiqlash hamda jinoyat ishini tugatish yoki uni umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuborish toʻrisidagi;

2) ehtiyot chorasi toʻrisidagi;

3) ashyoviy dalillar toʻrisidagi;

4) zararni qoplash toʻrisidagi.

Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan хususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan хususiy protest keltirilishi mumkin".

III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):

1) 61-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korхona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish

eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi";

2) 164-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda, mansabdor shaхslarga esa yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 174-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa,

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

ikkinchi qismi tegishli ravishda uchinchi qism deb hisoblansin;

4) 176-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi".

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov