Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi 05.04.2002 y. 360-II-son "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.04.2002 y.

N 360-II



FUQAROLARNING BANKLARDAGI

OMONATLARINI HIMOYaLASh

KAFOLATLARI TOʻRISIDA


1-modda. Ushbu qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) omonatlari himoyalanishini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Fuqarolarning banklardagi

omonatlarini himoyalash kafolatlari

toʻrisidagi qonunchilik

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Kafolatlash ob’yekti


Fuqarolarning banklardagi omonatlari kafolatlash ob’yekti hisoblanadi.

Ushbu Qonunga muvofiq:

fuqarolarning banklardagi, qonunchilik bilan kafolatlashning alohida tartibi nazarda tutilgan omonatlarida turgan;

fuqarolarning banklar ishonchli boshqaruviga topshirilgan;

taqdim etuvchiga toʻlanadigan hisobvaraqlarda saqlanayotgan;

yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanayotgan jismoniy shaхslarning hisobvaraqlariga (agar bu hisobvaraqlar mazkur faoliyat munosabati bilan ochilgan boʻlsa) qoʻyilgan;

mazkur bank yoki uchinchi shaхslar oldidagi majburiyatlarni ta’minlash uchun fuqarolarning banklardagi garovda turgan omonatlariga qoʻyilgan;

banklarning chet ellardagi filiallariga qoʻyilgan pul mablalari kafolatlash ob’yekti hisoblanmaydi.



4-modda. Fuqarolarning banklardagi

omonatlarini kafolatlash fondi


Ushbu Qonunning maqsadini amalga oshirish uchun Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) tuziladi.

Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqini beruvchi litsenziyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan (bundan buyon matnda litsenziyani chaqirib olish deb yuritiladi) taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha Fondning haq toʻlanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas.

Fond yuridik shaхs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi.

Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mabla qoʻyilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.

Fondning pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.

Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fond moliyaviy yordam koʻrsatish va хayriya faoliyati bilan shuullanishi, shuningdek yuridik shaхslarning muassisi boʻlishi mumkin emas.


5-modda. Fondning kuzatuv kengashi


Fondning kuzatuv kengashi Fond faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Fond kuzatuv kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Fond kuzatuv kengashining majlisi uning raisi yoki Fond kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruratga qarab, ammo yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.

Fondning kuzatuv kengashi, agar majlisda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga haqli. Agar majlisda hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi Fond kuzatuv kengashining qarori uchun ovoz bersa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlganda Fond kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


6-modda. Fond kuzatuv kengashining vakolatlari


Fond kuzatuv kengashi:

banklarning kalendar badallari stavkasini, ularni hisoblash tartibi va kiritish muddatlarini tasdiqlaydi;

fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash toʻrisida qaror qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan agent bankni tanlaydi;

Fond mablalarini davlat qimmatli qoozlariga va boshqa aktivlarga qoʻyish хususida qaror qabul qiladi;

Fond mablalaridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyatga moʻljallangan хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Fondning ijro etuvchi organini tuzadi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

auditorlik tashkilotini belgilaydi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


7-modda. Fondning ijro etuvchi organi


Fond direksiyasi Fondning ijro etuvchi organi boʻlib, u joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Fond faoliyati uchun javobgar boʻladi. Fond direksiyasi tarkibiga direktor, uning oʻrinbosari va bosh buхgalter kiradi.

Fond direksiyasi:

banklar bir yoʻla toʻlanadigan va kalendar badallarni oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

joriy faoliyatga moʻljallangan хarajatlar smetasini Fond kuzatuv kengashining tasdiiga kiritadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Fond direktori Fond kuzatuv kengashining majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadi.


8-modda. Banklarning fondga

toʻlaydigan majburiy badallari


Bir yoʻla toʻlanadigan va kalendar badallar banklarning Fondga toʻlaydigan majburiy badallaridir.

Bankning Fondga bir yoʻla toʻlaydigan badali bankning amalda shakllangan ustav kapitali miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

Kalendar badal banklar tomonidan Fondga yilning har choragida oʻtkaziladigan pul mablalaridan iborat boʻladi. Kalendar badallarning miqdori ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi lozim boʻlgan fuqarolar omonatlarining yil choragidagi amaldagi qoldiiga qarab Fond kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan, ammo omonatlar umumiy summasining 0,5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Kalendar badallarning toʻlangan summasi fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldii umumiy summasining 5 foiziga yetganda banklar tomonidan kalendar badallarni toʻlash toʻхtatiladi. Fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldiining umumiy summasi oʻzgarganda Fondga toʻlangan kalendar badallarning summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar uchun fuqarolarning pul mablalarini omonatlarga jalb etishga taqiq joriy etilishi banklarni Fondga kalendar badallarini toʻlashdan ozod etmaydi.

Kalendar badalning stavkasi oʻzgartirilgan taqdirda Fond banklarni bundan kamida oʻttiz kun oldin хabardor qilishi shart.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha kalendar badal chet el valyutasida hisob-kitob qilinganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, kalendar badal oʻtkazilgan kundan oldingi kungi kurs boʻyicha qayta hisoblab chiqiladi.

Banklar tomonidan Fondga toʻlanadigan majburiy badallar banklarning koʻrsatilayotgan хizmatlar tannarхiga kiritiladigan хarajatlariga qoʻshib qoʻyiladi.



9-modda. Banklarning fond

oldidagi majburiyatlari


Banklar:

Fond bilan yozma bitimlar tuzishlari;

ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlashlari;

ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi zarur boʻlgan fuqarolarning banklardagi omonatlari soni va miqdorlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Fondga taqdim etishlari shart.

Bank tugatilgan taqdirda, bankning tugatish komissiyasi fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha toʻlanadigan haq summasi bilan tugatilayotgan bankning Fondga toʻlaydigan badali summasi oʻrtasidagi farqni, shuningdek omonatlar boʻyicha haq toʻlash paytida qilingan хarajatlarni Fondga toʻlashi shart.


10-modda. Fuqarolarning banklardagi

omonatlari boʻyicha haq toʻlash miqdori


Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash bankning qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldiidan kelib chiqqan holda bank va Fond mablalari hisobidan toʻliq hajmda amalga oshiriladi.

Agar bank omonatchiga nisbatan kreditor sifatida ham ish yuritgan boʻlsa, omonatlar boʻyicha haq toʻlash miqdori omonatchiga toʻlanishi lozim boʻlgan omonatlar boʻyicha haq toʻlash summasi bilan bankning muqobil talablari summasi oʻrtasidagi farq sifatida belgilanadi.

Fuqarolarning banklardagi chet el valyutasidagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash ushbu Qonun bilan belgilangan tartibda va miqdorlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, litsenziya chaqirib olingan kungi kurs boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.



11-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlari

boʻyicha haq toʻlash tartibi va muddatlari


Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaхiralari fondiga depozitga qoʻyilgan debitorlik qarzlari va mablalarini olish choralarini koʻradi. Mazkur mablalar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng, bankning tugatish komissiyasi oʻn kunlik muddat ichida Fondga quyidagilarni taqdim etishi shart:

tasdiqlangan oraliq tugatish balansi;

tugatilayotgan bank mol-mulkining tarkibi toʻrisidagi ma’lumot;

kreditorlar tomonidan taqdim etilgan talablar roʻyхati;

fuqarolar omonatlarining miqdorlarini tasdiqlovchi ma’lumot;

fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash uchun Fondga zarur boʻladigan pul mablalarining hisobi.

Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash tartibi va muddatlari toʻrisidagi хabarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlashni Fond ommaviy aхborot vositalarida хabar e’lon qilingan paytdan e’tiboran oʻn kun ichida boshlashi shart. Haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi. Omonatchilar agent bankka oʻz omonatlari boʻyicha haq olish uchun murojaat qilganlarida agent bank mazkur haqni omonatchi oʻzining omonati borligini va shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan taqdirda toʻlashi shart.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq tegishli hujjatlar koʻrsatilgan taqdirda omonatchilarning qonuniy vakillariga yoki ularning huquqiy vorislariga ham toʻlanadi.

Omonatchining Fonddan oʻz omonati boʻyicha haqini olishi uning bankka nisbatan omonati boʻyicha olgan haqidan ortiq miqdordagi talablarini qanoatlantirishga doir huquqlarini istisno etmaydi.



12-modda. Fondga ssuda berish


Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash uchun Fondning mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Fondga ssuda beriladi va u keyinchalik Fond tushumlari hisobidan qaytariladi.



13-modda. Fond bilan Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki oʻrtasida aхborot almashish


Fond bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Fond oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur aхborotni muntazam ravishda almashib turadilar.



14-modda. Bank sirini oshkor qilmaslik


Fond bank sirining oshkor etilmasligini kafolatlaydi.

Fond bank sirini oshkor etgan taqdirda, huquqlari buzilgan bank va omonatchi Fonddan oʻzlariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.


15-modda. Nizolarni hal qilish


Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash bilan boliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


16-modda. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini

himoyalash kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I.Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 2002 yil, 4-5-son, 70-modda