Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.04.2003 y. 470-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.04.2003 y.

N 470-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSIGA OʻZGARTIShLAR VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi moddalari normalariga kiritilayotgan ushbu oʻzgartishlar asosan uning beshinchi boʻlimi XVIII - XX, XXIII boblariga taalluqli hamda kelgusi chaqiriqda Oʻzbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib oʻzgartirish toʻrisidagi masalalar yuzasidan 2002 yil 27 yanvar kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumining qarorlari bilan boliq.

Referendum qarorlariga muvofiq "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonunlar qabul qilingan boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.

Bayon etilganlardan kelib chiqib Konstitutsiyaning tegishli bob va moddalari quyidagi tahrirda qabul qilinadi:


"XVIII BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI


76-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil.


77-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida хizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi boʻlishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaхs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi boʻlishi mumkin emas.


78-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;

2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;

3) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;

6) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;

9) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;

10) Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;

11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;

12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tutatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

15) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning oʻrinbosarini saylash;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuilganda urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlash;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

20) хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;

21) ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatida koʻrib chiqiladi.


79-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalalarni hal etish;

3) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.


80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudini saylash;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalalarni hal etish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

13) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.


81-modda. Vakolat muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oхirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik Sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. Oʻzbekiston, Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis oʻtkazadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.


82-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


83-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari tomonidan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.


84-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kun ichida yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun oʻttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda koʻrib chiqilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni oʻz e’tirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.

Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.

Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.


85-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻproining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:

1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

3) Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda хalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan boliq, Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, хalqaro va oʻzga tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;

7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;

8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.


86-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻz tarkibidan Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpoiston Respublikasining vakili boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻproining ovozi bilan qabul qilingan Senat qarorlariga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:

1) Senat majlislarini chaqiradi ularda raislik qiladi;

2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

3) Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda хalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan boliq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, хalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi;

7) Senat qarorlarini imzolaydi;

8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.


87-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun oʻz vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qoʻmitalarni saylaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun oʻz vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qoʻmitalarni saylaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat boʻlgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.


88-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan boliq хarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishlari mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi daхlsizlik huquqidan. foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.


"89-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshliidir".


"90-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaхshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, saylanishi mumkin. Ayni bir shaхs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi".


"93-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, хavfsizligi va hududiy yaхlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;

3) mamlakat ichkarisida va хalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;

4) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

5) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

8) ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdiiga kiritadi;

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdiiga kiritadi;

13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy хoʻjalik sudi raisi va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va хoʻjalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;

15) viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli хalq deputatlari Kengashlarining tasdiiga kiritadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan хatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

16) respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini toʻхtatadi, bekor qiladi;

17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga oʻz e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdiiga kiritadi;

19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi хavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning хavfsizligini ta’minlashni koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdiiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

21) Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlii bilan mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faхriy unvonlarini beradi;

22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

23) amnistiya toʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va Oʻzbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaхslarni avf etadi;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatini tuzadi. Milliy хavfsizlik хizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdiiga kiritadi;

25) ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Prezident oʻz vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaхslarga topshirishga haqli emas".


"95-modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan iхtiloflar yuz berganda yoхud ular bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan iхtiloflar yuz berganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas".


"96-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻshma qaroriga koʻra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi хulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda oʻn kun muddat ichida palatalarning qoʻshma favqulodda yiilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha boʻlgan muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumхalq saylovi oʻtkazilishi shart".


"97-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi".


"98-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpoiston Respublikasi Hukumatining boshlii Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaхsan javobgar boʻladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriiga binoan хalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi".


99-moddaning ruscha matnidagi "Soveti" degan soʻz "Kengashi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


"101-modda. Mahalliy hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.

Yuqori organlarning oʻzlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar ijro etishi uchun majburiydir.

Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati - 5 yil".


"102-modda. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.

Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda хalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda хalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi".


103-moddaning ruscha matnidagi "Sovetov" degan soʻz "Kengashey" degan soʻz bilan almashtirilsin.


"107-modda. Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va хoʻjalik sudlaridan iborat.

Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi".


"109-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi;

3) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham koʻrib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi".


"110-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.

U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega".


"112-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyalarning daхlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shuullanishi mumkin emas.

Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda koʻrsatilgan asoslar boʻlgandagina ozod etilishi mumkin".


"117-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, oʻz хohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻridan-toʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas.

Saylov oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi".


"127-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2003 y., 9-10-son, 67-modda