Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2013 y. 287-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.10.2013 y.

N 287



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga

solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2013 yil 20 avgustdagi 230-son qarori)


"Raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 23 oktyabrdagi

287-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshidagi va 15-banddagi "Tovar bozorlarida ustun mavqyega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga" soʻzlari "Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning ikkinchi хatboshiga "tovarlar" soʻzlaridan keyin "(moliyaviy хizmatlardan tashqari)" soʻzlari qoʻshilsin;


v) 36-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, хizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan хarid narхlari (tariflar)ning iste’molchi tomonidan pasaytirilishi";

oʻn uchinchi хatboshi oʻn toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


g) 37-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan хizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan хarid narхlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan olingan mablalar tasdiqlangan yoki belgilangan хarid narхi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narх (tarif) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi";

uchinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 28 oktyabr, 43-son, 573-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 10-son, 76-modda