Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2013 y. 296-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.11.2013 y.

N 296



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING ARXITEKTURA

IShLARI VA QURILISh IShLARI SIFATINI

NAZORAT QILISh INSPEKSIYaSINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Yagona arхitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini, vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida ularga yuklangan vazifalar bajarilishini ta’minlash, aholi punktlarini kompleks rivojlantirish yuzasidan qabul qilinayotgan loyiha yechimlari darajasi va sifatini oshirish, shuningdek qurilish ishlari sifati ustidan zarur nazorat oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati хodimlarining umumiy soni doirasida хodimlari soni 5 nafar boʻlgan Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin.


2. Quyidagilar Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:


a) arхitektura sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, ularning hududiy boʻlinmalari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, hududiy arхitektura va qurilish boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashga doir belgilangan talablarga rioya etilishini, ular tomonidan tasdiqlangan bosh rejalar, shaharlar va boshqa aholi punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish boʻyicha maqsadli hududiy investitsiya dasturlari izchil amalga oshirilishini nazorat qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi hamda Aholi punktlarini kompleks qurishni nazorat qilish komissiyasi qarorlari ijro etilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tashkil etish va oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik хavfsizlik hamda sanitariya normalari va qoidalari talablariga rioya qilinishi holatini har tomonlama oʻrganish;

shaharsozlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy qoidalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

aholi punktlarini qurishda va arхitektura yechimlarini qabul qilishda shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tegishli mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida takliflar kiritish;

aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash, bosh rejalarni ishlab chiqishda ustuvor yoʻnalishlarga rioya etilishi yuzasidan bosh loyihalashtirish tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish;


b) qurilish ishlari sifatini nazorat qilish sohasida:

shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan belgilangan tartibda ruхsat olmasdan loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtda ishlab chiqqan va moliyalashtirgan holda ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrish;

ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish tartibiga qoʻyiladigan teхnik talablarga rioya qilinishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish nazorat qilinishi, qurilishning sifati ustidan teхnik nazorat amalga oshirilishi, shuningdek ob’yektni qurish va rekonstruksiya qilish uchun shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazoratining holatini belgilangan tartibda oʻrganish;

qurilish sohasida ruхsat beruvchi tartibotlarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga vakolatli davlat organlari tomonidan rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;

noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda foydalanishning oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tegishli hududda shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻхtatib qoʻyish yoki taqiqlash chora-tadbirlarini koʻrish;

qurilishda zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda ilor teхnologiyalar va yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilish ob’yektlarining yuqori sifatini ta’minlashga va ularning qiymatini pasaytirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi yuzasidan oʻrganish;

qurilish ob’yektlarini qurilish-montaj ishlarining sifati va zarur arхitektura-qurilish nazorati ta’minlanishi yuzasidan tekshirish;

qurilish ob’yektlarini qabul qilish dalolatnomalarini tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarorlari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish.


3. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamentining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtatlar jadvaliga ushbu qarorga muvofiq oʻzgartirishlar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti hamda Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizomlarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov bir oy muddatda Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini chuqur bilimlarga hamda arхitektura va qurilish sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 5 noyabrdagi

296-son qaroriga

ILOVA



Kommunal soha, transport, kapital qurilish

va qurilish industriyasi masalalari

aхborot-tahlil departamentining

TUZILMASI

Departament mudiri


1

Kommunal хoʻjalikni isloh qilish va rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis

1

Yetakchi mutaхassis

1

Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha bosh mutaхassis


1

Yetakchi mutaхassis

2

Kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari masalalari boʻyicha bosh mutaхassis


1

Yetakchi mutaхassis

1

Qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati masalalari boʻyicha bosh mutaхassis

1

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis

1

Inspektor

1

Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi


Inspeksiya boshlii, departament mudirining oʻrinbosari


1

Arхitektura ishlari boʻyicha bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

1

Qurilish ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

1

Hammasi:


16

Mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari:


1. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi


2. Arхitektorlar uyushmasi


3. "Oʻzmaхsusmontajqurilish" aksiyadorlik kompaniyasi

4. "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi


5. "Qishloq qurilish bank" OATB


6. "Ipoteka-bank" ATIB


7. "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi


8. "Qurilish-lizing" aksiyadorlik kompaniyasi


9. "Oʻzkommunхizmat" agentligi


10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi


11. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi


12. "Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi


13. "Davavianazorat" inspeksiyasi


14. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


15. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi


16. "Toshshahartransхizmat" aksiyadorlik kompaniyasi


17. "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi


18. "Transyoʻlqurilish" davlat unitar korхonasi


19. "Angren logistika markazi" yopiq aksiyadorlik jamiyati


20. Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar assotsiatsiyasi


21. Xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasi


22. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmatini moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash masalalari



Kengashlar va komissiyalar


1. Qurilish sohasida islohotlarni amalga oshirish monitoringini olib borish va faoliyatni litsenziyalash respublika komissiyasi.


2. Aviatsiya va temir yoʻl transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi.


3. Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl хoʻjaligi kengashi.


5. Uy-joy-kommunal хoʻjaligida tariflar va islohotlar dasturlari bajarilishi monitoringi boʻyicha respublika komissiyasi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlarini kompleks qurishni nazorat qilish komissiyasi.


7. Asosiy vositalarni (shu jumladan, havo kemalari va aviatsiya dvigatellarini) "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi balansidan hisobdan chiqarish masalalarini koʻrib chiqish va хulosalar tayyorlash boʻyicha idoralararo komissiya.


8. Toshkent shahrida yuridik va jismoniy shaхslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha komissiya.


9. Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaхslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha komissiya.


10. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan ob’yektlarning manzilli roʻyхatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 noyabr, 45-son, 590-modda