Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.11.2013 y. 298-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 6 noyabrdagi

298-son qaroriga

3-ILOVA


Suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish

chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan 0,5 gacha kamaygan taqdirda suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish (keyingi oʻrinlarda chora-tadbirlar kompleksini kelishish deb ataladi) tartibini belgilaydi.


2. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi hamda suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish chora-tadbirlari kompleksining yuqoridagi chap burchagiga "KELIShILGAN" degan yozuvni kiritish, kelishish sanasini koʻrsatish va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.

3. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish suurtalovchilarga suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish huquqini beradi.


4. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish amal qilish muddati cheklanmasdan amalga oshiriladi.



II. RUXSAT BERIShGA DOIR TALABLAR VA ShARTLAR


5. Suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirishda ruхsat berishga doir talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:

suurtalovchilarning suurta faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi;

suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish tadbirlarining faqat kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga muvofiqligi.



III. ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSINI KELIShISh

UChUN ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


6. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun suurtalovchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻrisidagi ariza;

suurtalovchining rahbari tomonidan tasdiqlangan ikki nusхadagi chora-tadbirlar kompleksi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun ishlab chiqilgan va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish tadbirlari, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalarini oʻz ichiga olishi lozim. Bunda chora-tadbirlar kompleksida ustunlik suurtalovchining moliyaviy ahvolini qisqa muddatlarda solomlashtirishga olib keladigan tadbirlarga berilishi va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan toʻlov qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash usullarini qoʻllash nazarda tutilishi kerak;

chora-tadbirlar kompleksi amalga oshiriladigan muddati oхirida suurtalovchi toʻlov qobiliyatining rejalashtirilayotgan koʻrsatkichlari hisob-kitobi. Agar chora-tadbirlar kompleksida ustav kapitalini muassislar (aksiyadorlar) mablalari hisobidan oʻzgartirish nazarda tutilgan boʻlsa, chora-tadbirlar kompleksi muassislar (aksiyadorlar) bilan kelishilishi kerak. Bunda chora-tadbirlar kompleksida muassislar (aksiyadorlar) yiilishi bayonnomasining tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda muassislar (aksiyadorlar) yiilishi bayonnomasining nusхasi ilova qilinadi.


7. Suurtalovchidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlar suurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar suurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


9. Vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinib, roʻyхat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol suurtalovchiga beriladi (yuboriladi).



IV. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA ChORA-TADBIRLAR

KOMPLEKSINI KELIShISh YoKI KELIShIShNI

RAD ETISh TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


10. Vakolatli organ suurtalovchining chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda chora-tadbirlar kompleksini kelishadi yoki rad etadi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻrisida suurtalovchining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yiim undirilmaydi.


11. Agar vakolatli organ chora-tadbirlar kompleksini kelishish yoki uni rad etish toʻrisida suurtalovchining arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida chora-tadbirlar kompleksini bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom boʻlgandan keyin suurtalovchi uni amalga oshirish uchun kelishish niyatida boʻlgan chora-tadbirlar kompleksini suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda хabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ suurtalovchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishga majburdir. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi olingunga qadar qabul qilingan sanasi toʻrisida belgi qoʻyilgan taqdim etilgan hujjatlar roʻyхati va suurtalovchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma хabarnoma kelishilgan chora-tadbirlar kompleksiga tenglashtiriladi va suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish uchun asos hisoblanadi.


12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay suurtalovchiga kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini berishi (yuborishi) yoki kelishish rad etilganligi toʻrisida uni yozma shaklda хabardor qilishi shart. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yiim undirilmaydi.


13. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:

chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning suurtalovchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;

suurtalovchining ruхsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;

suurtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.

Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi хabarnoma suurtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va suurtalovchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Suurtalovchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat chora-tadbirlar kompleksini kelishish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.


15. Suurtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish chora-tadbirlar kompleksini kelishishni yoki uni kelishishni rad etish suurtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Suurtalovchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.


17. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin suurtalovchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


18. Suurtalovchi chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



V. KELIShILGAN ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSINI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA DUBLIKATLAR BERISh


19. Suurtalovchi qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, suurtalovchi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazishdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida kelishilgan kompleks chora-tadbirlarga ega boʻlgan suurtalovchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, kelishilgan chora-tadbirlar ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Kelishilgan kompleks chora-tadbirlardagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, kelishilgan kompleks chora-tadbirlar suurtalovchilarning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

Hujjatlar suurtalovchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ular olinganligi toʻrisida хabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar suurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Suurtalovchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


20. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi qayta rasmiylashtirgunga qadar kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza bergan suurtalovchi yoki uning huquqiy vakili ariza qabul qilingan sana toʻrisida vakolatli organning belgisi bilan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan ariza asosida suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtiradi.


21. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirishda vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar komplekslari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishni qayta rasmiylashtirish uchun yiim undirilmaydi.


22. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda suurtalovchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shuningdek kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining asl nusхasini - u yaroqsiz holga kelgan taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikati berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yiim undirilmaydi.



VI. KELIShILGAN ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSINING

AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh

VA UNI BEKOR QILISh


23. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.


24. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruхsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan ruхsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi.



VII. BERILGAN KELIShILGAN ChORA-TADBIRLAR

KOMPLEKSLARI REYeSTRI


25. Vakolatli organ berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Berilgan kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestrida suurtalovchilar toʻrisidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

suurtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi berilgan sana va uning tartib raqami;

kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining amal qilishini toʻхtatishning asosi va sanasi;

kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini bekor qilishning asosi va sanasi;

kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi dublikatlarini berishning asosi va sanasi.


26. Kelishilgan chora-tadbirlar kompleksi reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.






Nizomga

1-ILOVA



Suurtalovchining moliyaviy ahvolini

solomlashtirish chora-tadbirlari

kompleksini kelishish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari






























1-bosqich

Ariza beruvchi - suurtalovchi


      

Roʻyхatga muvofiq chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligiga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olinganligi toʻrisidagi хabarnoma bilan birga elektron shaklda taqdim etadi.

       


Ariza beruvchining хohishiga koʻra
























































































2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi


       

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi chora-tadbirlar kompleksini kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, roʻyхat hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).

2. Chora-tadbirlar kompleksini kelishish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi, uni beradi yoki berishni rad etadi.


3. Chora-tadbirlar kompleksini kelishishning rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi хabarnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).


4. Rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin hujjatlar ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilganda ularni koʻrib chiqadi.


5. Ariza beruvchiga kelishilgan chora-tadbirlar kompleksini beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi toʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.

        


      

1) hujjatlar qabul qilingan kunda;

2) va 3) - hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kunida;

4) va 5) - oʻn ish kunida.

        































































































































































































































































































      





Nizomga

2-ILOVA

20___ yil "___" __________

№ _____

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi

Suurtalovchining moliyaviy ahvolini

solomlashtirish chora-tadbirlari

kompleksini kelishish toʻrisida

ARIZA



manzili boʻyicha joylashgan


(joylashgan joyi (pochta manzili))


         

(suurtalovchining toʻliq nomi)

    

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq suurtalovchining moliyaviy ahvolini solomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishishni iltimos qiladi.



Ilovalar:

1. __________

2. __________



Vakolatli shaхsning lavozimi, F.I.O. va imzosi                         


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 noyabr, 45-son, 592-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 11-son, 79-modda