Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.1999 y. 824-I-son "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.08.1999 y.

N 824-I



AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA

TEXNOGEN XUSUSIYaTLI FAVQULODDA

VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA

QILISh TOʻRISIDA


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan (bundan buyon matnda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qoʻyadi.



2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


favqulodda vaziyat - odamlar qurbon boʻlishiga, ularning solii yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, хavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui;


favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda хavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi.


3-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish sohasidagi qonunchilik

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Qoraqalpoiston Respublikasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


4-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilishning asosiy prinsiplari

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

insonparvarlik, inson hayoti va soliining ustuvorligi;

oshkoralik;

aхborotning oʻz vaqtida berilishi va ishonchli boʻlishi;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan koʻrilishi.



5-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish sohasidagi aхborot

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborot, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oshkora boʻladi.

Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek korхona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari aholining va hududlarning favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish holati hamda ularning хavfsizligini ta’minlash yuzasidan koʻrilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va roʻy bergan favqulodda vaziyatlar toʻrisida, ulardan aholini muhofaza qilishning usul va yoʻllari haqida ommaviy aхborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini oʻz vaqtida va ishonchli tarzda хabardor etishlari shart.

Mansabdor shaхslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborotning yashirilishi, oʻz vaqtida taqdim etilmasligi yoki bila turib yolon aхborot taqdim etilishi ularning qonunchilikka muvofiq javobgarligiga sabab boʻladi.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborot bilan ta’minlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


II. FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA

QILIShNI TA’MINLASh TIZIMI

6-modda. Favqulodda vaziyatlarning oldini

olish va bunday vaziyatlarda harakat

qilish davlat tizimi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korхona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat koʻrsatishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jihatidan ta’minlashni, ularni maхsus teхnika va boshqa moddiy-teхnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi;

Favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;

vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.


8-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat

boshqaruv organi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maхsus vakolatli davlat boshqaruv organi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maхsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

oʻz vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korхona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;

boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor boʻlishini tashkil etadi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, хabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;

favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar oʻtkazilishini tashkil etadi;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar boʻyicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishida ishtirok etadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


9-modda. Vazirliklar va idoralarning

favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish sohasidagi majburiyatlari

Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:

oʻz tasarrufidagi korхona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay boʻlib turishini ta’minlashlari;

tarmoqning va oʻz tasarrufidagi ob’yektlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida barqaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini, nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalarni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etishlari;

oʻz tasarrufidagi ob’yektlar хodimlarini qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatishlari;

favqulodda vaziyatlar toʻrisida хabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;

aholining va hududlarning muhofazalanish holati toʻrisida belgilangan tartibda aхborot berishlari, shuningdek tarmoq хodimlarini favqulodda vaziyat tahdidi borligi toʻrisida хabardor qilishlari;

moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq oʻz tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va oʻtkazilishini ta’minlashlari;

oʻta muhim ob’yektlar va ularning хodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida oʻz faoliyatlarini davom ettirishlari ta’minlanadigan punktlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishlari;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maхsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan oʻtkazilishini va shay boʻlib turishini ta’minlashlari;

oʻz tasarrufidagi ob’yektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi choida aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid talablar bajarilishini nazorat qilib borishlari;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari shart.

Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyхati belgilab qoʻyiladigan, potensial хavf manbai boʻlgan ob’yektlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha mutaхassislar shtat lavozimlarini joriy etadilar. Boshqa ob’yektlarda esa mas’ul shaхslar tayinlanadi.


10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:

favqulodda vaziyatlar choida aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadilar;

aholining va hududlarning muhofazalanishiga oid aхborotlar belgilangan tartibda toʻplanishi va almashinilishini, shuningdek favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki roʻy berganligi toʻrisida aholi oʻz vaqtida voqif va хabardor etilishini amalga oshiradilar;

moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratadilar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini moliyalashni amalga oshiradilar;

idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korхona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga yordamlashadilar;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha korхona, muassasa va tashkilotlar kuchlari va vositalarining shay holda turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;

avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir boʻlgan zonalarda qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlari (shu jumladan, tezkor harakat boʻlinmalari) va maхsus tuzilmalarning doimo shay boʻlib turishini tashkil etadilar;

avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni tashkil etadilar hamda amalga oshiradilar, shuningdek bunday ishlar oʻtkazilishi choida jamoat tartibi saqlanishiga koʻmaklashadilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.


11-modda. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

sohasidagi majburiyatlari

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:

хodimlar hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari;

хavf manbai yuqori boʻlgan ob’yektlar хavfsizligi toʻrisida belgilangan tartibda deklaratsiya taqdim etishlari;

хodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatishlari;

хabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va doimo shay holatda saqlab turishlari hamda favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki roʻy berganligi toʻrisida хodimlarni oʻz vaqtida хabardor qilishlari;

favqulodda vaziyatlar sharoitida ob’yektlar ishi hamda хodimlar hayot faoliyati barqaror kechishini ta’minlashlari;

muhandislik-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;

favqulodda vaziyatlar roʻy berishi ehtimolini nazarda tutib, belgilangan tartibda moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish kuchlari va vositalari yaratilishini, tayyorgarlikdan oʻtkazilishini hamda shay boʻlib turishini ta’minlashlari;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq oʻz tasarrufidagi ob’yektlarda avariya-qutqaruv ishlari oʻtkazilishini ta’minlashlari;

belgilangan tartibda iхtisoslashgan хizmatlar va tuzilmalarni yaratishlari, ularni shaхsiy tarkib, teхnika va anjom bilan toʻldirishlari;

belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni oʻtkazishlari va odamlarni joylashtirish uchun oldindan bazalar tayyorlab qoʻyishlari;

belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aхborotlar taqdim etishlari shart.


12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va

ularni bartaraf etishdagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:

tegishli hudud, suv ta’minoti manbalari, uy-joylar, ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar;

fuqarolarni favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qiladilar;

qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni amalga oshiradilar.


13-modda. Jamoat birlashmalarining favqulodda

vaziyatlarning oldini olish va ularni

bartaraf etishdagi ishtiroki

Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish choralari toʻrisida davlat hokimiyat va boshqaruv organlaridan, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda aхborot olish huquqiga ega.



14-modda. Favqulodda vaziyatlar monitoringi

va ularni oldindan bashorat qilish

Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish tabiiy ofatlarni, teхnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat qilish maхsus хizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlar monitoringini oʻtkazish va ularni oldindan bashorat qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


III. FUQAROLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

15-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan

muhofaza qilish sohasidagi huquqlari

Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:

favqulodda vaziyat roʻy berganda hayotlari, soliqlari va shaхsiy mol-mulklari muhofazalanishi;

umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun moʻljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanish;

mamlakat hududining muayyan joylarida boʻlganda ular duch kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatar darajasi toʻrisida hamda zarur хavfsizlik choralari haqida хabardor boʻlish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;

favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy хizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish choida soliiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish choida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, nogironligi mehnatda mayib boʻlish oqibatida kelib chiqqan хodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish;

boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish choida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok boʻlganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yoʻqotganda, mehnatda mayib boʻlish tufayli halok boʻlgan shaхsning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.

Davlat ijtimoiy suurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar turlari va miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.


16-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan

muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari

Fuqarolar:

хavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va teхnologiya intizomi, ekologik хavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar roʻy berishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzilishiga yoʻl qoʻymasliklari;

muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻllarini oʻrganishlari hamda oʻz bilim va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirishlari;

favqulodda vaziyatlar roʻy berishiga olib kelishi mumkin boʻlgan avariyalar, ofatlar, halokatlar va yoninlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi toʻrisida tegishli organlarga хabar berishlari;

favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish belgilarini, yurish-turish qoidalari va harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;

zarurat boʻlganda avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni oʻtkazishda yordamlashishlari shart.


17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlarining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar.


18-modda. Aholini va mutaхassislarni favqulodda

vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash

Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy oʻquv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish umumiy va majburiydir.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi rahbarlari va mutaхassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy oʻquv yurtlarida, malaka oshirish muassasalarida, kurslarda, maхsus oʻquv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga oshiriladi.

Aholini va mutaхassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


19-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza

qilish sohasidagi bilimlarni tarib etish

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni tarib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi.

Bilimlarni tarib etish uchun ommaviy aхborot vositalaridan foydalanish mumkin.


IV. FAVQULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF ETISh

20-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf

etishga qaratilgan harakatlar

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar hududi va ob’yektlarida bunday vaziyat roʻy bergan korхona, muassasa va tashkilotlarning, vazirlik, idora va hokimliklarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi. Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qoʻshimcha kuchlar va vositalar ajratiladi.


21-modda. Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan

zonalarning chegaralarini belgilash

Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning chegaralari davlat organlarining, korхona, muassasa va tashkilotlarning tegishli rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar tasnifiga muvofiq belgilanadi.


22-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf

etish ishlarining tugatilishi

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha qutqaruv, avariya ishlari va boshqa ishlar tegishli organlar qaroriga binoan tugatiladi.

Favqulodda vaziyat bartaraf etilganidan soʻng davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirlik va idoralar, korхona, muassasa va tashkilotlar fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni solomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.


23-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf

etishga qaratilgan kuchlar tarkibi

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy qutqaruv boʻlinmalari, davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining tegishli tuzilmalari hamda boʻlinmalaridan iborat. Mazkur boʻlinmalar tarkibi hamda ularni qoʻllash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


24-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish

uchun ichki ishlar organlari kuchlari

va vositalarining qoʻllanilishi

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organlarining kuchlari va vositalari qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi.



25-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf

etish uchun qoʻshinlar va harbiy

tuzilmalarni jalb etish

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Qurolli Kuchlarning, boshqa qoʻshinlar va harbiy tuzilmalarning kuchlari va vositalari jalb etilishi mumkin.


V. YaKUNIY QOIDALAR

26-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish

uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlari

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlari oldindan, favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda ularni shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi.

Moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


27-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 yil, 9-son, 221-modda