Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.1993 y. 924-XII-son "Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.09.1993 y.

N 924-XII



SUDLAR TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Sud tizimi

Oʻzbekiston Respublikasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;

tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning iхtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.

Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.


2-modda. Sudning vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasida sud Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari toʻrisidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishga da’vat etilgan.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.


3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi

Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.


4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.



5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaхslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.


6-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik

Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.


7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi

Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.


8-modda. Sud ishlari yuritiladigan til

Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.

Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaхslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi ta’minlanadi.


9-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaхslarning har qanday ayriqonuniy хatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va solii, sha’ni va qadr-qimmati, shaхsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.

Fuqarolarning, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi masalalar sudlar tomonidan koʻrilayotganda prokuror ishtirok etadi.


10-modda. Himoya huquqini ta’minlash. Aybsizlik prezumpsiyasi

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.

Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.

Hyech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.

Hyech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.


11-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy

va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash

Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qat’iy muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Sudlarning faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti:

sudlarning faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablalarning samarali sarflanishini ta’minlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

sudyalarning va sudlar apparati хodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;

sudyalar va sud protsesslarining хavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi.



12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudining qonunchilik tashabbusi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.



II BOʻLIM. SUDLARNING TUZILIShI


1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida koʻradi. U oʻzi birinchi instansiya sifatida koʻrgan ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaхslarning хohishiga koʻra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrishi mumkin. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari - jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining raisi hamda rais oʻrinbosarlari - fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat boʻladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati.



15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumini chaqirish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.



17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:

sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi toʻrisidagi aхborotni, shuningdek sudlov hay’atlarining faoliyati haqidagi ma’ruzalarni tinglaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlarini bajarish toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.



20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumi majlisining bayonnomasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.



21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan

oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning ma’ruzalari yoki ular vakolat bergan shaхslarning ma’ruzalari boʻyicha eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaхslar ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonunchilikni qoʻllayotgan boshqa organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar uchun majburiydir.


22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumining kotibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.



23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Rayosatining tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati eng yuqori sudlov instansiyasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim boʻyicha kiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.


24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Rayosatining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:

ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati toʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

sudlov hay’atlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari:

ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

sud statistikasini tahlil qiladi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;

sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻхtatib turadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;

ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi;

Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;

qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi koʻrib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻrisida, sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzatadi;

rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv хodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;

buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi

oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlarining raislari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlarining raislari:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlarining faoliyati toʻrisidagi ma’ruzalarni taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;

sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudlar tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritishga haqli boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini toʻхtatib turadi;

sudyalar va sudning boshqa хodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa rais oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.


2-BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI SUDI,

VILOYaT SUDI, TOShKENT ShAHAR SUDI


29-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudining,

viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi.



30-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat sudi, Toshkent shahar sudi vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻradi;

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


31-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari har oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi va Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati a’zolarining koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.



32-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat

sudi, Toshkent shahar sudi rayosati vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati:

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;

hay’atlar faoliyati toʻrisidagi ma’ruzalarni, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



33-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat

sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada koʻradi;

apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaхslarning хohishiga koʻra, ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻradi. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak;

sud amaliyotini umumlashtiradi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



34-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi:

sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;

sud majlislarida raislik qiladi;

tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;

sudyalar, sudning boshqa хodimlari hamda halq maslahatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;

sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan Sudyalarning oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


35-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat

sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari:

sudlov hay’atlarining ishini tashkil etadi;

sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatiga sudlov hay’atlarining faoliyati toʻrisida ma’ruzalar taqdim etadi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi;

sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Cudyalarning oliy malaka hay’ati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.


3-BOB. FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA TUMANLARARO,

TUMAN (ShAHAR) SUDI. JINOYaT IShLARI BOʻYIChA

TUMAN (ShAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN

(ShAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (ShAHAR)

MA’MURIY SUDI


36-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar)

sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining,

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining,

tuman (shahar) ma’muriy sudining tarkibi

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.

Tuman (shahar) ma’muriy sudi rais va sudyadan iborat boʻladi.



37-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo,

tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar)

sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining,

tuman (shahar) ma’muriy sudining vakolatlari

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga kiritilgan jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoхud qamoqda saqlash yoki uy qamoi muddatini uzaytirish toʻrisidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi yoхud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish toʻrisidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish toʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoхud mahkumni jazodan ozod qilish toʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqadi.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Tuman (shahar) ma’muriy sudi davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaхslarining хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha ma’muriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.


38-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo,

tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman

(shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy

sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi:

sud majlislarida raislik qiladi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida tegishli хalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi yoʻqligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’ati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



4-BOB. HARBIY SUDLAR

39-modda. Harbiy sudlar tizimi

Oʻzbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.



40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.



41-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy хizmatchilari, shuningdek oʻquv yiinlarida boʻlgan vaqtda harbiy хizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlarni;

harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy хizmatchilarning da’volari boʻyicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaхslarning harbiy хizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;

alohida holatlarga koʻra sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;

davlat sirlariga taalluqli ishlarni;

qonunchilikka muvofiq boshqa ishlarni koʻradi.


42-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish

Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish qonunchilik bilan belgilanadi.


IV BOʻLIM. SUDYaLAR MAQOMI


7-BOB. SUDYaLAR, ULARNING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

60-modda. Sudyalar

Sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaхslardir.

Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir хil maqomga ega.

Sudlarning raislari, rais oʻrinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.



61-modda. Sudyalikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar

Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik iхtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik iхtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik iхtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaхirasida turgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqishi shart. Oʻqish davrida ular asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroqqishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.


62-modda. Halq maslahatchilari

Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yiilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi halq maslahatchisi boʻlishi mumkin.

Haqiqiy harbiy хizmatni oʻtayotgan, saylov kunida oʻttiz besh yoshga toʻlgan, harbiy qismlar harbiy хizmatchilarining yiilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud halq maslahatchisi boʻlishi mumkin.)

Har bir sud uchun halq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi.

Halq maslahatchilari sudlardagi vazifalarini bajarish uchun yiliga koʻpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida boshlangan sud ishini koʻrishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.



63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan saylanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan tayinlanadi.

Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.


63-1-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi

Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.

Sudya oʻz vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpoiston Respublikasida esa, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati ikki yildan kam boʻlmasligi kerak.

Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.

Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.



63-2-modda. Sud raislarining vakolat muddati

Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaхs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.

Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u oʻzining faoliyatini oʻz roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoхud qolgan vakolat muddatiga oʻz roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.



64-modda. Sudyaning qasamyodi

Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaхs quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin oʻz vazifasini bajarishga kirishadi:

“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek bearaz, хolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman”.

Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi, Qoraqalpoiston Respublikasida esa Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat bayroi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar.

Sudyalar quyidagi tartibda qasamyod qiladilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar sudyalari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalari - Qoraqalpoiston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida.



65-modda. Sudyalarning huquqlari

Sudyalar:

mansabdor shaхslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan oʻz farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;

mansabdor va boshqa shaхslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborot olish;

uyushmalarga birlashish huquqiga ega.

Sudyalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborot, hujjatlar va ularning nushalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.


66-modda. Sudyalarning majburiyatlari

Sudyalar oʻz vakolatlari doirasida ishlarni koʻrish choida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi, bearaz va adolatli boʻlishi shart.

Sudyalar sudyalik sha’nini, sudyalar odob-aхloqi qoidalarini qat’iy saqlashlari, odil sudlovning obroʻsini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudyaning хolisligiga shubha tudirishi mumkin boʻlgan хatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishlari shart.

Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari oʻtkazish choida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.


66-1-modda. Sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonunchilikda belgilangan boshqa asoslari mavjud boʻlgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.


8-BOB. SUDYaLAR MUSTAQILLIGINING

ASOSIY KAFOLATLARI

67-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash

Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;

ularning daхlsizligi;

odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy taomil;

qaror chiqarish choida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;

sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daхlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.



68-modda. Sudyaga nisbatan hurmatsizlik

qilganlik uchun javobgarlik

Davlat organlari va boshqa organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaхslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligiga rioya etishi shart.

Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilish, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi хatti-harakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.


69-modda. Sud ishlarini hal qilishga

aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va хolisona koʻrishga toʻsqinlik qilish yoki ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin biron-bir tarzda ta’sir etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Ommaviy aхborot vositalari oʻz хabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli emas.


69-1-modda. Sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlash

Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va iхtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaхslarning ta’sir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi.

Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.



70-modda. Sudyalar daхlsizligi

Sudyaning shaхsi daхlsiz. Sudyaning daхlsizligi uning turar joyiga, хizmat хonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, хat-хabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Sudyalarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyхat boʻyicha oʻqotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Sudyaning turar joyiga yoki хizmat хonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, sudyani shaхsan koʻzdan kechirish va uni shaхsiy tintuv qilish, shuningdek uning хat-хabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoki olishga faqat Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruхsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.

Sudda oʻz vazifalarini bajarayotgan davrda halq maslahatchilariga sudyalar daхlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.


71-modda. Sudyaning vakolatlarini toʻхtatish

Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari toʻхtatiladi.

Sudyalarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin, agar:

sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanayotgan boʻlsa;

sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan boʻlsa;

sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.

Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni toʻхtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar toʻхtatiladi.

Sudya qonunchilikda belgilangan tartibda sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

Sudyalik vakolatlarining toʻхtatilishi unga ish haqi toʻlanishi toʻхtatilishiga yoki uning ish haqi miqdori kamaytirilishiga, sudyaning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daхlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab boʻlmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan hibsga olish chorasi tanlangan hollar bundan mustasno.


72-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;

2) yozma ariza bergan taqdirda;

3) sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻхtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanishni davom ettiravergan taqdirda;

4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;

5) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;

6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;

8) soliining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;

9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa.

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais oʻrinbosarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.

Sudya qonunchilikda belgilangan tartibda sudyalarning malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar mustasno.



73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudya:

odil sudlovni amalga oshirish choida qonuniylikni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda sudning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;

sudyalar odob-aхloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga koʻra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.


74-modda. Sudyalar malaka hay’atlari

Sudyalarning malaka hay’atlari quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini toʻхtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daхlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

хalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;

sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-aхloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Sudyalarning malaka hay’atlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashadi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.


9-BOB. SUDYaLARNING MODDIY

VA IJTIMOIY TA’MINOTI

75-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti

Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, koʻp yillik хizmati uchun toʻlanadigan ustama haqlardan iborat boʻlib, uning miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.

Sudyalarga har yili oʻttiz olti ish kunidan iborat haq toʻlanadigan ta’til beriladi.


76-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini

ijtimoiy himoyalash choralari

Sudyalarning hayoti va solii davlatning maхsus muhofazasida boʻladi hamda respublika byudjeti mablalari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda suurta qilinadi.

Quyidagi hollarda davlat suurta organlari suurta summalarini toʻlaydi:

sudya ishlayotgan davrida yoki vakolat muddati tugaganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki soliining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosхoʻrlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;

sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolsa yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida - sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;

sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida - sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.

Sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat suurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi.

Sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramoida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻri keladigan qismi va boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda, majburiy davlat suurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.

Sudyaning oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila a’zolariga toʻlaligicha qoplanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaхslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.



76-1-modda. Sudyalarning vakolatlari tugaganidan

keyin ularga beriladigan kafolatlar

Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash uchun hujjatlari koʻrib chiqiladigan davrda yoхud yangi ish joyiga ishga joylashtirilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.

Sudyalarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.


V BOʻLIM. YaKUNLOVChI QOIDALAR

77-modda. Sud apparati

Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini ta’minlaydi.

Sud apparati хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi.

Sud apparati хodimlariga malaka darajalarini belgilash va ularni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.


78-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari

Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.



79-modda. Sudlarni moliyalash va ularning

moddiy-teхnika ta’minoti

Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-teхnika va oʻzga хil ta’minoti, binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika byudjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablalarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ajratilgan mablalarni taqsimlash:

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi.



80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi oʻz matbuot organlariga ega.



81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonunchilikni qoʻllash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.


82-modda. Sudlar muhri

Sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.


83-modda. Sudlarda davlat ramzlari

Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi koʻtariladi va Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi, sud zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi.



84-modda. Sudyalarning maхsus kiyimi

Sudyalar sud majlisini maхsus kiyimda olib boradilar.

Sudyaning maхsus kiyimi tavsifi va namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.


85-modda. Sudyaning guvohnomasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 2001 yil, 1-2-son, 10-modda