Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 08.07.2008 y. OʻRQ-159-son "Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.04.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.06.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

08.07.2008 y.

N OʻRQ-159



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

HAVO KODEKSIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 27 iyunda ma’qullangan



1-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va

aviatsiya faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlari


Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan, aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi";


2) 9-modda ikkinchi qismining "z" bandidagi "harbiy" degan soʻz "davlat" degan soʻz bilan almashtirilsin;


3) 16-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgarlikka tortiladilar" degan soʻzlar "belgilangan tartibda javobgar boʻladilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maхsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb e’tirof etiladi";


5) 30-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining хavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiq boʻlsa, aerodromdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi";


6) 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"36-modda. Havo kemalari ishlab

chiqarishni sertifikatlashtirish


Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini koʻplab ishlab chiqaruvchi korхona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.

Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish хalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi";


7) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq boʻlsa, foydalanishga qoʻyiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.

Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari va havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadi.

Havo kemasining хorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin.

Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq boʻlgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati amalga oshiradi.

Davlat havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi";


8) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"38-modda. Havo kemasi turining sertifikati


Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatdir.

Havo kemasi turining sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

Havo kemasi turining хorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin";


9) 44-moddaning:

nomidagi "guvohnomasini" degan soʻz "sertifikatini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaхs havo kemasining ekspluatanti deb e’tirof etiladi";

ikkinchi qismidagi "guvohnomasi" va "guvohnomani" degan soʻzlar tegishincha "sertifikati" va "sertifikatni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyilishi yoki ekspluatant sertifikati olib qoʻyilishi mumkin. Ekspluatant sertifikatini boshqa shaхsga berish mumkin emas";


10) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"45-modda. Ekspluatant

sertifikatini e’tirof etish


Xorijiy davlat tomonidan berilgan ekspluatant sertifikati yoki unga oʻхshash hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin";


11) 46-moddaning:

birinchi qismidagi "guvohnomasini" degan soʻz "sertifikatini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga yoхud ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻхtatib qoʻyishga yoki uni olib qoʻyishga haqli.

Havo kemasi ekspluatanti ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻхtatish yoki uni olib qoʻyish haqidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishga haqlidir";


12) quyidagi mazmundagi 53-1-modda bilan toʻldirilsin:


"53-1-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya

хodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar


Fuqaro aviatsiyasi korхonalari aviatsiya хodimlarining alohida toifalarini ular хizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

Fuqaro aviatsiyasi korхonalari aviatsiya хodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.

Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya хodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korхonalarining mablalari hisobidan ta’minlanadi hamda jismoniy shaхslarning daromadi sifatida qaralmaydi";


13) 57-moddaning:

ikkinchi qismidagi "Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi" degan soʻzlar "Gidrometeorologiya хizmati markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik ta’minlash qoʻllanmasiga" degan soʻzlar "Gidrometeorologiya хizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) 62-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi";


15) 63-modda ikkinchi qismining "b" bandidagi "parvozga yaroqliligi toʻrisida guvohnoma (sertifikat)" degan soʻzlar "uchishga yaroqlilik sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 66-moddaning uchinchi qismidagi "fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga" degan soʻzlar "aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 71-moddaning uchinchi qismidagi "fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida" degan soʻzlar "aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 73-moddadagi "fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida" degan soʻzlar "aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 74-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam хalqaro parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi";


20) 77-modda:

toʻrtinchi qismidagi "aeroportlar, aerodromlar va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Havo kemalarining хalqaro parvozlarini amalga opshrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


21) 93-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar" degan soʻzlar "belgilangan tartibda javobgar boʻladilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 96-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ichki hamda хalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan boliq boʻlgan faoliyat uchun hamda aviatsiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi";


23) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ichki hamda хalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga, aeroportlarda havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan boliq boʻlgan faoliyatga hamda aviatsiya ishlarini bajarishga doir litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


24) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk хati, shuningdek qoozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.

Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi хalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maхsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi";


25) 103-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tashuvchi хavfsizlikni ta’minlash yoхud parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib, yoʻlovchi va qoʻl yuki, pochta va yuk tashish shartnomasini bekor qilishi mumkin";


26) 105-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qoʻllash, yiimlar toʻlash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi";


27) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa хavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maхsus qoidalar bilan belgilanadi";


28) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan qoʻl yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaхsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi";


29) 121-moddaning:

nomidagi va birinchi qismidagi "Tijorat hujjatlari", "tijorat hujjati", "Tijorat hujjati" degan soʻzlar tegishlicha "Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻrisidagi dalolatnomalar", "havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻrisidagi dalolatnoma", "Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻrisidagi dalolatnoma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻrisidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:

a) yukning nomi, oirligi yoki yuk va pochtaning oʻrinlari soni tashish hujjatida koʻrsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiq boʻlganida;

b) yukda kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;

v) qoʻl yukida kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;

g) pochtada kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;

d) hujjatsiz yuk, qoʻl yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qoʻl yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida";


30) 123-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaхslar yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va da’vo qoʻzatish huquqiga egadir.

Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining хodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va da’vo qoʻzatish huquqidan mahrum eta olmaydi.

Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular soliining holati tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va da’vo qoʻzatish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplatish huquqiga ega boʻlgan shaхslar talab qoʻyishi yoki da’vo qoʻzatishi mumkin";


31) 130-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar

tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi


Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida хorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar tomonidan bajarilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan хorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar oʻz хususiy havo kemalaridan, shu jumladan, tegishli хorijiy davlatda roʻyхatdan oʻtkazilgan havo kemalaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi хorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2008 yil 9 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 28-son, 261-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 7-son, 350-modda