Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2007 y. OʻRQ-136-son "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.11.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2007 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
25.12.2007 y.
N OʻRQ-136
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
SOLIQ KODEKSINI TASDIQLASh
TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 va 2009 yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
"Xalq soʻzi", 2007 yil 26 dekabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 52-son, 1-ilova