Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.04.2012 y. OʻRQ-320-son Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 06.03.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 23.03.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaVIY

QONUNI

09.04.2012 y.

N OʻRQ-320



DAVLAT HOKIMIYaTI VAKILLIK

ORGANLARIGA    VA    OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

NAVBATDAGI SAYLOVI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 6 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 23 martda ma’qullangan



Ushbu Qonun Oliy Majlis, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni saylov qonunchiligiga, saylovchilarning хohish-irodasiga toʻliq muvofiq tarzda oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari va talablariga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida hamda хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan holda qabul qilinmoqda.

Bunda saylov jarayonini amalga oshirish hamda hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi tarmoqlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning faol ishtirok etishi uchun tashkiliy va huquqiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida belgilangan muddatda - 2014 yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi 2015 yilning birinchi yarmida - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari boʻyicha qaror chiqargan kundan e’tiboran 90 kun oʻtgandan keyingi birinchi yakshanbada, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Qonunga toʻliq muvofiq holda oʻtkazilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 12/1, 344-modda) 3-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, 4-son, 104-modda