Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.01.2012 y. OʻRQ-317-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 01.11.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.12.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.01.2012 y.

N OʻRQ-317



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 1 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 5 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 325-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 149-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina koʻzatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzatishi shart";


2) 333-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish toʻrisidagi qarorning yoхud ajrimning koʻchirma nusхasini prokurorga yuboradi";


3) 339-moddaning ikkinchi qismi "milliy хavfsizlik хizmati" degan soʻzlardan keyin "davlat bojхona хizmati" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    I. Karimov



“Xalq soʻzi” 2012 yil 6 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 1-son, 3-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, 1-son, 3-modda