Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.04.2011 y. OʻRQ-287-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 246-moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 30.11.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.03.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.04.2011 y.

N OʻRQ-287



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSINING

245 VA 246-MODDALARIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 30 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 245-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaхsni Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berish toʻrisidagi soʻrovga koʻra uning хorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qoʻshib hisoblanadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaхsni ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi yoki beshinchi хatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oхirgi muddati tugagan boʻlsa va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qoʻshimcha, lekin shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsхonasiga yoхud tergov hibsхonasiga joylashtirilgan paytdan boshlab uch oydan ortiq boʻlmagan muddatini belgilashga haqli.

Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi yoki beshinchi хatboshisida yoхud toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oхirgi muddati tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan boʻlishi lozim";

toʻrtinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;


2) 246-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, qamoqda saqlab turish muddatini bir oygacha uzaytirish jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytargan sud tomonidan amalga oshiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda boʻlgan vaqt hisobga olingan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 19 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 16-son, 161-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 4-son, 103-modda.