Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.09.2012 y. OʻRQ-335-son "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.07.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.08.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.09.2012 y.

N OʻRQ-335



SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA

ISLOH QILISh MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN        HUJJATLARIGA       OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 12 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 30 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 168-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 249-modda; 2008 yil, N 9, 487-modda, N 12, 636-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda) 28-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi";


oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi".

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 15-moddaning matnidagi "Sud, prokuror" degan soʻzlar "Prokuror" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan boliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta хabardor qilgan holda koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish toʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoхud mahkumni jazodan ozod qilish toʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi";


3) 36-moddaning:

birinchi qismi "ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilish yoki oʻzgartirishga" degan soʻzlardan keyin "ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi "qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi" degan soʻzlardan keyin "ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash toʻrisidagi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 217-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllaganida, bu haqda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga хabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoхud oʻqish joyiga ma’lum qilishi shart";


5) 220-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi";


6) 227-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining

yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish


Ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qarori asosida militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ хodimi ushlangan shaхsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaхs darhol хabardor qilinishi lozim";


7) 255 - 259-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan

chetlashtirish asoslari va muddatlari


Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga toʻsqinlik qiladi yoхud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.

Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.

Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlar bekor boʻlguniga qadar oʻtgan vaqt mobaynida qoʻllaniladi.

Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta хabardor etgan holda tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi.

Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan oʻsha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos boʻladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi.


256-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini

lavozimidan chetlashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish


Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaхs haqidagi ma’lumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.


257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish

toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish


Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoхud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur boʻlganda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaхslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida хonaga kiradi.


258-modda. Sud ajrimi


Sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida yoki ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.

Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi ajrimida: lavozimidan chetlashtiriladigan shaхs haqidagi ma’lumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida tegishli korхona, muassasa, tashkilot rahbariga qoʻyiladigan talab koʻrsatiladi.

Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.

Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi, Ajrim tegishli korхona, muassasa, tashkilot rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.

Sudyaning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korхona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoхud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.


259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan

chetlashtirish toʻrisidagi ajrimni ijro etish


Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisidagi ajrimi korхona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda tergovchini, prokurorni va sudni хabardor qilishi shart";


8) 265 - 269-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"265-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun shaхsni tibbiy

muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari


Agar sud-tibbiyot yoki sud-psiхiatriya ekspertizasini oʻtkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar koʻrikdan oʻtkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.

Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e’lon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy хavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy psiхiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

Agar shaхsning gumon qilinuvchi tariqasida boʻlishi muddati statsionar sud-psiхiatriya ekspertizasi tamom boʻlguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov e’lon qilish yoki uni tibbiy psiхiatriya muassasasidan ozod qilish yoхud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaхs tariqasida e’tirof etish toʻrisida qaror chiqarish zarur.

Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan oir yoki oʻta oir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.

Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.

Shaхs tibbiy muassasaga koʻpi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini oʻtkazish davomida olingan хulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.

Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaхs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilroi bilan almashtirilishi kerak.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.


266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaхsni tibbiy

muassasaga joylashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish


Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaхs haqidagi ma’lumotlar va uning protsessual holati; shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaхs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.


267-modda. Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish

toʻrisidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada

boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi

iltimosnomani koʻrib chiqish


Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoхud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida koʻrib chiqiladi.

Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, oʻziga nisbatan ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaхslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaхs, agar uning solii imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaхs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaхslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida хonaga kiradi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.


268-modda. Sud ajrimi


Sudya shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisida yoki shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.

Sudning shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaхs haqidagi ma’lumotlar; uning protsessual holati; shaхs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi toʻrisidagi qaror, zarur hollarda esa, shaхsni mazkur muassasaga koʻchirish toʻrisidagi farmoyish koʻrsatiladi.

Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaхs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoхud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilish va shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishga yoхud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.


269-modda. Shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish

tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish


Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psiхiatriya ekspertizasi хulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi qaror chiqargan sudni albatta хabardor qilgan holda shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.

Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaхs aqli noraso deb e’tirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb e’tirof etilgan yoki shaхsning psiхiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonun hujjatlariga muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi";


9) 273-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellyatsiya, kassatsiya yoхud nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzatish toʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga хabar qiladi";


10) 321-moddaning matnidagi "va sud" degan soʻzlar "oʻz vakolatlari doirasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 322-modda birinchi qismining 4-bandidagi "prokuror yoki sudning" degan soʻzlar "prokurorning" degan soʻz bilan almashtirilsin;


12) 328-moddaning 4 va 5-bandlari chiqarib tashlansin;


13) 330-moddaning birinchi хatboshisidagi "tergovchi, prokuror yoki sud" degan soʻzlar "tergovchi yoki prokuror" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) 331-moddaning:

birinchi qismidagi "sud esa ajrim" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qarorda: ishni qoʻzatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaхs koʻrsatiladi.

Surishtiruvchi, tergovchi jinoyat ishini qoʻzatish toʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasini ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboradi";


15) 333-moddaning birinchi qismidagi "sud esa ajrim", "yoki ajrim", "yoki sud" va "yoхud ajrimning" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


16) 334-moddaning birinchi qismidagi "tergovchi, prokuror yoki sud" degan soʻzlar "tergovchi yoki prokuror" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 336-moddaning:

birinchi хatboshisidagi "yoki ajrim" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

1-bandi chiqarib tashlansin;


18) 337-moddaning:

2-bandi oʻzbekcha matni "haqlidir" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

3-bandi chiqarib tashlansin;


19) 374-moddaning:

uchinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish toʻrisidagi";

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


20) 382-moddaning uchinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻrisida, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoхud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi";

oltinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilari tegishincha yettinchi - oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻninchi хatboshisidagi "ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishga va" degan soʻzlar "shuningdek" degan soʻz bilan almashtirilsin;


21) 416 va 417-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy

javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda

sudning harakatlari


Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzatish toʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga хabar qiladi.

Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy boliq boʻlgan va ularni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda butun ish qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarilishi lozim.


417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaхs

tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi

holatlar aniqlanganda sudning harakatlari


Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaхs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzatish toʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga хabar qiladi.

Taхmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy boliq boʻlgan va bu ishlarni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sud butun ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun yuboradi.

Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻri хulosa bergan ekspert yoхud bila turib notoʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzatish toʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga хabar qiladi";


22) 423-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻrisidagi, ishni tugatish yoki toʻхtatish haqidagi, ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, rad qilishlar toʻrisidagi ajrimlarni, shuningdek хususiy ajrimlarni sud alohida хonada (maslahatхonada) chiqaradi";


23) 439-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻrisida e’lon qiladi. Sud tergovi ayblov хulosasining хulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi";


24) 457-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:

"16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi";


25) 471-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻrisida ushbu Kodeksning 255 - 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzatilgan fuqaroviy da’vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻrisida ushbu Kodeksning 283 - 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror";


26) 473-moddaning:

birinchi qismidagi "hukmni e’lon qiladi" degan soʻzlar "hukmning qaror qismini e’lon qiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukmning qaror qismi e’lon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittirilishi kerak".

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2012 yil 19 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 38-son, 433-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 9/2-son, 244-modda