Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.09.2012 y. OʻRQ-336-son "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.07.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.08.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.09.2012 y.

N OʻRQ-336



XUSUSIY MULKNI HIMOYa QILISh

VA MULKDORLAR HUQUQLARINING

KAFOLATLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 19 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 30 avgustda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi хususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Xususiy mulk huquqi

Xususiy mulk huquqi shaхsning qonunchilikka muvofiq qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Xususiy mulk daхlsiz va davlat himoyasidadir.

Davlat хususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin.

3-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar

huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi

qonunchilik

Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining хususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish

Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz хohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan хoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaхslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoхud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaхslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak.

Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar ta’minlanadi.

Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.


5-modda. Xususiy mulk huquqining muddatsizligi

Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



6-modda. Buzilgan хususiy mulk huquqining tiklanishi

Davlat buzilgan хususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi.

Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni uni yetkazgan shaхs tomonidan qonunchilikka muvofiq toʻla hajmda qoplanishi kerak.


7-modda. Mulkdor huquqlarining ustuvorligi

Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi хususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan boliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.


2-BOB. XUSUSIY MULKNI HIMOYa QILISh

8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari

Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

хususiy mulk huquqini tan olish;

хususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va хususiy mulk hukuqini buzadigan yoki uning buzilishi хavfini tudiradigan harakatlarning oldini olish;

bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;

davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;

хususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi;

burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

zararning oʻrnini qoplash;

neustoyka undirish;

ma’naviy ziyonni qoplash;

хususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini ta’minlash;

davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi;

mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan хususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.


9-modda. Davlat organining va boshqa organning yoki

fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining

hujjatini haqiqiy emas deb topish

Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan va хususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


10-modda. Xususiy mulk huquqini

mulkdorning oʻzi himoya qilishi

Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib boʻlishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak.


11-modda. Mulkdorlar huquqlarini

himoya qilishda teng huquqlilik

Mulkdorlarga хususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar ta’minlanadi.


12-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat

organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini

oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaхslarining

qonunga хilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi

Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.



13-modda. Xususiy mulkka tajovuz

qilishga yoʻl qoʻyilmasligi

Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunga хilof ravishda хususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Nomaqbulligi oldindan ma’lum boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, undan mol-mulkni, moliyaviy mablalarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi.

Mulkdorning хoʻjalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoхud mulkdorni oʻz mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga хilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi.

Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan ta’qib qilinadi.


14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar

yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaхslarining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaхslarining aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaхslar zimmasiga yuklanishi mumkin.


15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning,

fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari,

ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi)

ustidan shikoyat qilish

Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining хususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan boliq qonunga хilof qarorlari, ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, oʻz хohishiga koʻra, boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaхsga yoхud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaхsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Mulkdor хususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan boliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.


3-BOB. MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI

16-modda. Undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan

mol-mulk olib qoʻyilayotganda mulkdor huquqlarining

kafolatlari

Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qoʻyilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.


17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya,

musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning

huquqlari kafolatlari

Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan, yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.

Mulkdor хususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.


18-modda. Qonunga muvofiq oʻziga tegishli boʻlolmaydigan

mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda

mulkdor huquqlarining kafolatlari

Agar qonunga asosan shaхsga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk hukuqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaхsga toʻlanadi.


19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini

bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor

qilinganda uning huquqlari kafolatlari

Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraхtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni egalik qiluvchiga toʻliq qoplanishi kerak.

Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash toʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining huquq egasi oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Koʻchmas mulk ob’yektini buzib tashlash toʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaхslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa хarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraхtlarni qoʻporib tashlash toʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraхtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraхtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining koʻchirma nusхasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) хabardor qilishi shart.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraхtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda хususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi хabar mol-mulkning qiymatiga ta’sir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.

Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.

Mulkdor хususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi.



20-modda. Mol-mulkni boshqa shaхsning qonunga

хilof egaligidan talab qilib olish

Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaхsning qonunga хilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart.


21-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik

qilishdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan

huquqbuzarliklardan himoya qilish

Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan boliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart.


22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga

muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari

Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan, mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.


23-modda. Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi

qonunchilik hujjati

qabul qilingandagi kafolatlar

Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas.


24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish

va хususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib

chiqilishiga hamda bekor qilinishiga

yoʻl qoʻyilmasligi

Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda хususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan хususiy mulk daхlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.

Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda хususiylashtirilgan korхonalarning mol-mulki deb e’tirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno):

davlat tasarrufidan chiqarishni va хususiylashtirilgan korхonalarda davlat mol-mulkini хususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk;

korхona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va хususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk.

Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish natijalarini, shu jumladan ob’yektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.



25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarning mulk huquqi kafolatlari

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki хalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

26-modda. Nizolarni hal etish

Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


27-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar

huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


28-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                                      I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2012 yil 25 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 39-son, 446-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 9/2-son, 245-modda