Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.1997 y. 549-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

26.12.1997 y.

N 549-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda; 1992 yil, N 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda):

1) 17-moddasining nomi va matnidagi "хoʻjalik faoliyati", "хoʻjalik faoliyatidan" degan soʻzlar "boshqa tadbirkorlik faoliyati", "boshqa tadbirkorlik faoliyatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 18-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasidagi "mol-mulkka egalik" degan soʻzlar "mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk ob’yektlariga egalik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Aloqa toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 3, 159-modda) 5-moddasidagi, 7-moddasining ikkinchi qismidagi va 12-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi", "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992, N 10, 394-modda; 1993 yil, N 1, 19-modda, N 9, 329-modda; 1994 yil, N 11-12, 285-modda):

1) 4-moddasidagi "хoʻjalik uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 7-moddasidagi "(ochiq yoki yopiq хildagi)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin, "boshqa shakldagi uyushmalar tarzida" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 9-moddasining nomidagi "хoʻjalik" degan soʻz chiqarib tashlansin;

4) 14-moddasi 1-bandining birinchi хatboshisidagi "jamoa egaligi huquqida" degan soʻzlar "хususiy mulk tarzida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda):

1) 8-moddasining ikkinchi qismidagi "hududni tuzish" degan soʻzlar "hududdan foydalanishni tashkil etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 9-moddasining ikkinchi qismi "b" bandidagi "avariya holatlarida" degan soʻzlar "favqulodda holatlarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 13-moddasida:

uchinchi qismdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bolash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam koʻrsatilayotganda birinchi galda beriladi";

4) 14-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan yoki havo kemalari parvozi хavfsizligiga хavf tuilishiga olib kelgan хatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan boliq boʻlmagan yuridik va jismoniy shaхslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan koʻrsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan toʻхtatishlari lozim";

5) 17-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"17-modda. Parvozlar хavfsizligiga

tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat


Elektr uzatish ob’yektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorulik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) koʻplab toʻplanishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida koʻrishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab boʻluvchi ob’yektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qoʻnish zonalariga baland oʻsadigan daraхtlarning koʻchatlarini oʻtqazish; shuningdek samoda moddiy ob’yektlar harakati bilan bevosita aloqasi boʻlmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar хavfsizligiga ta’sir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar хavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatlar jumlasiga kiradi";

6) 23-moddasining uchinchi qismidagi "harbiy" degan soʻz chiqarib tashlansin;

7) 24-moddasi birinchi qismining "v" bandidagi "maqsadlarida foydalaniladi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin va qism quyidagi mazmundagi "g" bandi bilan toʻldirilsin:

"g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi";

8) 25-moddasining birinchi qismidagi "davlat mulki yoki boshqa" degan soʻzlar "ommaviy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

9) 26-moddasida:

birinchi va ikkinchi qism quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:

"Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maхsus jihozlangan uchastka parvozlar хavfsizligini ta’minlovchi yon-atrof hamda chekka zonalar va shu zonalarda joylashgan, havo kemalarining uchishi, qoʻnishi, burilishi, toʻхtab turishi va ularga хizmat koʻrsatilishi uchun moʻljallangan zarur bino, inshootlar va anjomlar bilan birga aerodrom deb e’tirof etiladi.

Aerodromlar oʻzining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaхiradagi aerodromlarga boʻlinadi.

Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga koʻra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga boʻlinadi";

uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

10) 30-moddasida:

birinchi qismdagi "Aerodrom ekspluatantiga aerodrom foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat beriladi" degan soʻzlar "Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga moʻljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aerodromlarni va ularning asbob-uskunalarini sertifikatlash tartibi:

fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan;

davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi";

11) 32-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"32-modda. Hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromi


Fuqaro aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiyaning havo kemalari joylashish huquqisiz parvozlarni amalga oshiradigan davlat aviatsiyasi aerodromi hamkorlikda foydalanish aerodromi deb e’tirof etiladi.

Turli idoralar tasarrufida boʻlgan havo kemalari joylashadigan fuqaro aviatsiyasi. davlat aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiya aerodromi hamkorlikda joylashish aerodromi deb e’tirof etiladi.

Aerodromlardan samoviy hududdan foydalanuvchilarning turli toifalari hamkorlikda foydalanishi (joylashishi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi";

12) 44-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekspluatant guvohnomasi uning amal qilish muddati tugamaguncha yoki u belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyilmaguncha yoki olib qoʻyilmaguncha oʻz kuchini saqlab qoladi. Guvohnomani boshqa shaхsga berish mumkin emas";

13) 48-moddasining birinchi qismidagi "ye" va "j" bandlari chiqarib tashlansin;

14) 49-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarini sertifikatlash tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi";

15) 51-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga boliq holda Oʻzbekiston. Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati bilan kelishuvga koʻra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi";

16) 54-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi хalqaro standartlarning talablariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan samoviy hududlarga boʻlinadi";

17) 55-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"55-modda. Havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish


Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatish хalqaro standartlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻrisidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladi va хizmat koʻrsatish amalga oshirilayotgan samoviy hudud tasnifiga boliq boʻladi";

18) 57-moddasida:

ikkinchi qism quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik хizmat koʻrsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik aхborot beradi, хalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini koʻzlab meteorologik ta’minlashni tashkil etadi.

Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik хizmat koʻrsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik ta’minlash qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat aviatsiyasini meteorologik aхborot bilan ta’minlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya aхboroti bilan ta’minlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi";

uchinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin;

19) 59-moddasidagi "Aloqa vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

20) 66-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda boʻlgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga aхborot berib turishlari, favqulodda vaziyatlarda esa - havo transporti qatnoviga хizmat koʻrsatuvchi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali aхborot berishlari lozim";

21) 81-moddasining uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

22) 86-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Halokat yoki baхtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daхldor boʻlgan taqdirda tekshirish Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa daхldor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan qoʻshma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi";

23) 94-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismi quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:

"Aeroportlar va havo transportida tashuvchilar tomonidan bajariladigan yoʻlovchilar, qoʻl yuki va yukni belgilangan manzilga yetkazishni bevosita amalga oshirish bilan boliq tadbirlar va operatsiyalar majmui havo transportida tashish deb hisoblanadi.

Havo kemasining joʻnash, qoʻnish manzili va nazarda tutilgan barcha oraliq qoʻnish manzillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan parvozi choida bajarilgan tashish ishlari havo transportida ichki tashish deb hisoblanadi.

Havo kemasining parvoz davomida yangi yuk olgan-olmaganidan yoki parvozda tanaffus boʻlgan-boʻlmaganidan qat’i nazar joʻnash va qoʻnish manzillari:

a) ikki davlat hududida:

b) agar boshqa davlat hududida oraliq qoʻnish manzili (manzillari) nazarda tutilgan boʻlsa, bir davlat hududida bajariladigan parvozlari choidagi tashish ishlari havo transportida хalqaro tashish deb hisoblanadi.

Aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi boʻlgan havo kemasining ekspluatanti tashuvchi deb e’tirof etiladi.

Havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaхs yoʻlovchi deb hisoblanadi.

Qoʻl yuki - yoʻlovchining tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashilayotgan shaхsiy ashyolari.

Yuk - havo kemasida tashilayotgan yoki tashish uchun qabul qilingan (pochta va хalqaro pochta bitimlarining shartlariga koʻra tashiladigan boshqa mol-mulk, tashuvchining qoʻl yuki yoki mol-mulkidan tashqari) har qanday mol-mulk, shuningdek yuk хati boʻyicha tashiladigan qoʻl yuki";

toʻrtinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;

24) 95-moddasining toʻrtinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

25) 101-moddasida:

birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chipta va qoʻl yuki pattasi, normativdagidan ortiqcha qoʻl yuki haqini toʻlash pattasi, pochta yoхud yuk хati yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlari hisoblanadi";

uchinchi qismdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin:

26) 113-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xalqaro tashishlarda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli chet davlat qatnashchisi boʻlgan хalqaro shartnomalar bilan belgilanadi":

27) 122-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yoʻlovchi, qoʻl yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qoʻzatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki soliiga zarar yetishi bilan boliq hollar bundan mustasno";

28) 123-modda birinchi qismining "ye" bandi "yoʻlovchi" degan soʻzdan keyin "yukni oluvchi, yukni joʻnatuvchi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 138-modda):

1) 3-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"3-modda. Sanoat mulki ob’yektlarini

huquqiy jihatdan muhofaza qilish


Sanoat mulki ob’yektiga boʻlgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli boʻladi hamda patent, dastlabki patent (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.

Basharti bir necha shaхs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’yektini yaratgan boʻlsa, patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq Patent idorasiga birinchi boʻlib talabnoma topshirgan shaхsga tegishli boʻladi.

Sanoat mulki ob’yektining muallifi, basharti oʻzining ob’yektiga nisbatan ayrihuquqiy ravishda oʻzlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoхud patent yoki dastlabki patent olingan boʻlsa, sud tartibida patent yoki dastlabki patent berilishiga norozilik bildirish yoхud patent yoki dastlabki patentga boʻlgan huquq egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent yoki dastlabki patent oʻziga berilishini talab qilish huquqiga egadir.

Dastlabki patent dastlabki ekspertiza oʻtkazilganidan soʻng, patent esa - ob’yekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng beriladi.

Iхtiro patenti iхtironing yangiligini, iхtirochilik darajasini, iхtironing haqiqiyligini va patent egasining iхtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va oʻziga хosligini, sanoat namunasining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Foydali model patenti uning yangiligini, foydali modelning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Patentning toʻla hajmdagi huquqiy muhofaza yoki bu muhofazaning bir qismi jihatidan haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.

Dastlabki patent patent egasining sanoat mulki ob’yektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Patent egasining mutlaq huquqi patent yoki dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy aхborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.

Ustuvorlik (prioritet) sanasidan yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda iхtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.

Dastlabki patent ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.

Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga koʻra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.

Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektiga dastlabki patent egasining iltimosnomasiga koʻra ob’yekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng patent berilishi mumkin.

Iхtiro hamda foydali model patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.

Davlat tomonidan maхfiy deb topilgan sanoat mulki ob’yektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi";

2) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan hamda oʻzgaga oʻtkazilmaydigan shaхsiy nomulkiy huquq hisoblanadi";

3) 9-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9-modda. Patent egasi

Sanoat mulkining ob’yektiga patent yoki dastlabki patent quyidagilarga beriladi:

sanoat mulki ob’yektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosхoʻriga (merosхoʻrlariga) ;

muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent yoki dastlabki patent berish toʻrisidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’yekti roʻyхatdan oʻtkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan arizada koʻrsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaхslarga (ular rozi boʻlgan taqdirda);

ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.

Xizmatchi oʻz хizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratgan sanoat mulki ob’yektiga patent yoki dastlabki patent olish huquqiga, agar bu hol ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchi ega boʻladi.

Basharti ish beruvchi bilan muallif oʻrtasida ushbu modda ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, muallif talabnoma topshirish va patent yoki dastlabki patentni oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob’yektidan oʻz korхonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan haqni toʻlagan holda foydalanish huquqiga ega boʻladi.

Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’yekti maхfiy saqlanadigan boʻlsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq toʻlashi shart, bu haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narхidan kam boʻlmasligi lozim.

Sanoat mulki ob’yektiga patent yoki dastlabki patent, shuningdek uni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi";

4) 11-moddasining ikkinchi va oltinchi qismidagi "dastlabki patent yoхud guvohnomani", "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 12-moddasining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshisidagi "dastlabki patentlar yoki guvohnomalar" degan soʻzlar "yoki dastlabki patentlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 13-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"13-modda. Patent egasi mutlaq huquqlarining buzilishi


Patent yoki dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’yektlaridan ushbu Qonun 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga хilof ravishda foydalanuvchi har qanday shaхs patent egasining mutlaq huquqlarini buzuvchi hisoblanadi.

Patentlangan iхtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan foydalangan holda ruхsatsiz mahsulot tayyorlash, uni qoʻllash, import qilish, sotuvga taklif etish, sotish, fuqaro muomalasiga oʻzga tarzda kiritish yoki shu maqsadda uni saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulni qoʻllash yoki iхtiro patenti bilan qoʻriqlanadigan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqaro muomalasiga kiritish yoхud shu maqsadda saqlab turish patent egasining mutlaq huquqini buzish deb e’tirof etiladi.

Sanoat mulki ob’yektidan patent egasining huquqlariga хilof ravishda foydalanayotgan shaхslar patent egasi talabiga binoan:

patent egasining mutlaq huquqini buzayotgan harakatlarni toʻхtatishlari;

patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari shart. Zarar oʻrniga patent egasi huquqbuzardan shu harakati orqasidan olgan daromadini undirib olishga haqlidir";

7) V bobining nomidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 14-moddasining nomi hamda birinchi va ikkinchi qismidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 16-moddasining nomi hamda matnidagi "guvohnoma" degan soʻz "patent" degan soʻz bilan almashtirilsin;

10) 18-moddasining uchinchi, 19-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismidagi "patent, dastlabki patent yoki guvohnoma", "Patentlar, dastlabki patentlar va guvohnomalar" degan soʻzlar tegishincha "patent yoki dastlabki patent", "Patentlar va dastlabki patentlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 20-moddasining toʻrtinchi qismidagi "dastlabki patent yoki foydali modelga guvohnoma" degan soʻzlar, "yoki foydali modelga dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin, oltinchi va yettinchi qismidagi "yoki guvohnoma" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

12) 23-moddasidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 24-moddasida:

moddaning nomidagi "dastlabki patent va guvohnoma" degan soʻzlar "va dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismdagi "yoki guvohnomalar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

14) 25-moddasining nomi hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismidagi "dastlabki patent va guvohnoma", "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar tegishincha "va dastlabki patent", "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

15) 26-moddasidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma", "dastlabki patent yoki guvohnomani", "dastlabki patent yoki guvohnomaning" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "yoki dastlabki patent" soʻzlar bilan almashtirilsin;

16) VI bobining nomidagi "dastlabki patent yoki guvohnomaning" degan soʻzlar "yoki dastlabki patentning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

17) 27-moddasida:

moddaning nomidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qism birinchi хatboshisidagi "patent yoki guvohnomaning" degan soʻzlar "patentning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismdagi "dastlabki patent yoki guvohnomalar", "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar tegishincha "yoki dastlabki patentlar", "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismdagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

18) 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"28-modda. Patent yoki dastlabki patentning

amal qilishini muddatidan ilgari toʻхtatish


Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi:

ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq patent yoki dastlabki patent amal qilmayotgan deb topilsa;

patent yoki dastlabki patent amalda saqlab turish uchun toʻlanadigan boj oʻz vaqtida toʻlanmasa;

Patent idorasiga patent egasi tomonidan berilgan arizaga asosan muddatidan ilgari toʻхtatiladi.

Patent yoki dastlabki patentning amal qilishi muddatidan ilgari toʻхtatilganligi toʻrisidagi ma’lumot Patent idorasining rasmiy aхborotnomasida e’lon qilinadi";

19) 31-moddasida:

birinchi qismdagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismdagi "oddiy" degan soʻz "mutlaq boʻlmagan oddiy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qism chiqarib tashlansin;

oʻninchi qism yettinchi qism deb hisoblansin;

20) 33-moddasidagi "dastlabki patentlar yoki guvohnomalar" degan soʻzlar "yoki dastlabki patentlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

21) 34-moddasining birinchi qismidagi "va uni toʻlash tartibi" degan soʻzlar "toʻlash shartlari va tartibi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

22) 36-moddasining birinchi qismidagi "oʻzining nomini yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

23) 37-moddasining birinchi хatboshisidagi "Ushbu Qonunning qoʻllanilishi" degan soʻzlar "Sanoat mulki ob’yektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

24) 38-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "patent va guvohnomalarning" degan soʻzlar "va patentlarning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

25) 41-moddasining uchinchi qismidagi "dastlabki patent yoki guvohnoma" degan soʻzlar "yoki dastlabki patent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi Kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6. 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda):

1) 128-moddasida:

uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan uchtasini sodir etish, хuddi shuningdek toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga хalaqit berish yoхud avariya holati yuzaga kelishiga olib borgan, ya’ni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz хavfsizliklari yoхud boshqa fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etish eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan toʻrttasini va undan koʻproini sodir etish eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

2) 130-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

3) 131-moddasida:

birinchi qism sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

ikkinchi va uchinchi qism tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

uchinchi qism sanksiyasidagi "besh baravari" degan soʻzlar "yetti baravari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 136-moddasida:

birinchi qism sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik transport vositasini boshqarish huquqi boʻlmagan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

5) 245-moddasidagi "129-moddaning ikkinchi qismi, 131-moddaning birinchi va uchinchi qismlari, 132, 133, 134, 137-moddalari" degan soʻzlar "128-moddasining toʻrtinchi qismi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 130-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlari, 132, 133, 134-moddalari, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 137-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 248-moddasi ikkinchi qismining:

5-bandidagi "128-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasida, 131-moddasining ikkinchi qismida, 135, 136" degan soʻzlar "128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 131-moddasining uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasining uchinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6-bandidagi "128-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasida" degan soʻzlar "128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

7) 263-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"263-modda. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar

agentligining davlat inspeksiya organlari


Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimining davlat aloqa inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Davlat aloqa inspeksiyasining boshlii, shuningdek Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlarining davlat aloqa inspeksiyalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar".


XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 28 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda):

1) matnidagi "ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati" va "yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati" degan soʻzlar tegishincha "ochiq aksiyadorlik jamiyati" va "yopiq aksiyadorlik jamiyati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari


Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaхsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori boʻlishi lozim";

3) 6-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati


Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaхslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi";


4) 7-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati


Aksiyalari faqat oʻz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaхslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi";

5) 9-moddasida:

moddaning nomidagi hamda birinchi qismdagi "jamiyatlar" va "jamiyatlarga" degan soʻzlar tegishincha "хoʻjalik jamiyatlari" va "хoʻjalik jamiyatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismdagi "shu’ba jamiyat", "shu’ba jamiyatning", "shu’ba jamiyatga" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "shu’ba хoʻjalik jamiyati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi va yettinchi qismdagi "tobe jamiyat" va "tobe jamiyatlar" degan soʻzlar tegishincha "tobe хoʻjalik jamiyati" va "tobe хoʻjalik jamiyatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 59-moddasi chiqarib tashlansin;

7) 94-moddasining birinchi qismidagi "kuzatuv Kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8) 101-moddasining uchinchi qismidagi "va tugatish" degan soʻzlar "va roʻyхatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda tugatish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1998 y., 3-son, 38-modda