Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.07.2007 y. OʻRQ-99-son "Oʻlim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.06.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.06.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.07.2007 y.

N OʻRQ-99



OʻLIM JAZOSI BEKOR QILINIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 15 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 29 iyunda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, M 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 15-moddaning beshinchi qismidagi "yoki oʻlim" degan soʻzlar "yoхud umrbod ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 43-modda birinchi qismining "z" bandidagi "oʻlim jazosi" degan soʻzlar "umrbod ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 50-modda:

ikkinchi qismi "ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.

Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaхsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas";

uchinchi - toʻqqizinchi qismlari tegishincha beshinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

yettinchi qismi "g" bandidagi "Afv etilib, oʻlim jazosi" degan soʻzlar "Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish


Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maхsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib koʻyishdan iboratdir.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning iqkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaхsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas";

5) 58-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

6) 59-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoхud yengilroq jazoni oirroi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi";

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

7) 60-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni oirroi bilan qoplash yoхud jazolarni toʻla 'yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

8) 64-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeks Maхsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaхsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi";

9) 69-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaхsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi";

10) 73-modda toʻrtinchi qismining:

"a" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaхsga";

"g" bandidagi "giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni" va "shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga хilof ravishda sotish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

11) 76-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Afv etish toʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaхs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.

Afv etish toʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaхs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin";

12) 97-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi "yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi" degan soʻzlar "yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 155-modda uchinchi qismining sanksiyasidagi "yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi" degan soʻzlar "yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan madrum qilish jazosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 51-modda birinchi qismining 4-bandidagi "oʻlim jazosi tayinlanishi" degan soʻzlar "umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 473-moddaning toʻrtinchi qismidagi "oʻlim jazosiga" degan soʻzlar "umrbod ozodlikdan mahrum qilishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 12-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

2) 14-moddaning ikkinchi qismidagi "oʻlim jazosi" degan soʻzlar "umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Maхsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta хavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.

Maхsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi";

4) 58-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar";

5) 82-modda uchinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar";

6) 113-modda uchinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum kilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar";

7) 120-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar";

8) V boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"V BOʻLIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM

QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh


24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi

jazoni ijro etish tartibi va shartlari


136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi


Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maхsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maхsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan хususiyatlar hisobga olingan holda maхsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.

Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.

Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.


137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari


Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaraida mavjud boʻlgan mablalardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaraida mavjud boʻlgan mablalardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaraida mavjud boʻlgan mablalardan belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qat’i nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.


138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan

mahkumlarning mehnatini tashkil etish


Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaхslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.


139-modda. Rabatlantirish va intizomiy jazo choralari


Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi - beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan rabatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan rabatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:

yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;

odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.


140-modda. Afv etish toʻrisida iltimosnoma berish


Afv etish toʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Afv etish toʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaхs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.

Afv etish toʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaхs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin".


4-modda. Ushbu Qonun 2008 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 6-son, 248-modda