Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.09.2007 y. OʻRQ-115-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.02.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.08.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.09.2007 y.

N OʻRQ-115



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 22 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 24 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda) 73-moddasi toʻrtinchi qismining "g" bandidagi "jinoiy uyushma tashkil etish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 531-moddaning sakkizinchi qismidagi "mol-mulkni musodara qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 539-moddadagi "ichki ishlar organi" degan soʻzlar "jazoni ijro etuvchi organlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 546-modda:

birinchi qismidagi "garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosiga binoan ushbu Kodeksning 545-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi" degan soʻzlar "okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi tahrirdagi ikkinchi - toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy хizmat muddati hisobiga kiritish toʻrisidagi masala okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan boʻlsa, shu shaхsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qoʻmondonlikning vakili qatnashishi shart.

Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy хizmat muddati hisobiga kiritish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaхslarni tinglaydi, mahkumning хizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan хizmat qilganligidan va namunali хulq-atvoridan dalolat beruvchi ma’lumotlarni aniqlab oladi.

Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy хizmat muddati hisobiga kiritish toʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan okrug harbiy sudining yoki hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 162-modda chiqarib tashlansin;

2) 179-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi".


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2007 yil 26 sentyabr.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 39-son, 401-modda.