Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.12.2007 y. OʻRQ-124-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasiga qoʻshimcha va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 61-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.09.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 01.12.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.12.2007 y.

N OʻRQ-124



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSINING

542-MODDASIGA QOʻShIMChA VA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI JINOYaT-IJROIYa KODEKSINING

61-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 19 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy KengashiningAхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda) 542-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini ta’minlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak";

ikkinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda) 61-moddasining uchinchi qismidagi "537-moddasiga" degan soʻzlar "537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2007 yil 14 dekabr.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 50-51-son, 503-modda.