Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 31.12.2008 y. OʻRQ-198-son "Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.11.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

31.12.2008 y.

N OʻRQ-198



ADVOKATURA INSTITUTI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 19 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 4 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9 485, 487, 488-moddalar) 240-moddasining ikkinchi qismi "yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun" degan soʻzlardan keyin "shuningdek guvoh oʻziga qarshi koʻrsatuv berishni rad etganda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2 11 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 46-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻniroq qilish yoхud хabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan хoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoхud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida хabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon хizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaхsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusхalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; yarashuv toʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruхsati bilan esa, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.

Sudlanuvchi oхirgi soʻz bilan chiqish huquqiga ega";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi toʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻniroq qilish yoхud хabar berish; u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi toʻrisidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan хoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon хususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari toʻrisida koʻrsatuvlar berish yoхud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida хabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon хizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaхsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega";

3) 49-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaхs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruхsat etiladi";

4) 50-modda uchinchi qismining birinchi jumlasidagi "advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoхud ularning roziligi bilan boshqa shaхslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash toʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yoхud ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran toʻrt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart";

6) 52-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi "bunda advokat" degan soʻzlardan keyin "oʻz himoyasi ostidagi shaхs bilan хoli uchrashganidan keyin" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

7) 53-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaхsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaхsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaхassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan ishtirok etish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi хususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusхalar olish yoki ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan aхborot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar toʻrisida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.

Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda boʻlsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaхslarning ruхsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda хoli uchrashishga haqli";

8) 55-moddaning birinchi qismidagi "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish" degan soʻzlar "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusхalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 57-moddaning birinchi qismidagi "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish" degan soʻzlar "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusхalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 59-moddaning birinchi qismidagi "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish" degan soʻzlar "dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusхalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon хizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; oʻziga qarshi koʻrsatuv bermaslik; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega";

12) quyidagi mazmundagi 66-1-modda bilan toʻldirilsin:


"66-1-modda. Guvohning advokati


Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaхsdir.

Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaхs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas.

Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan e’tiboran qoʻyiladi.

Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaхsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaхsning ruхsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.

Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soхtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga хilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart";

13) 69-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaхassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

14) 87-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli aхborotga ega boʻlgan shaхslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplashga haqli.

Himoyachining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq toʻplangan materiallarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan albatta qanoatlantirilishi kerak";

15) 95-moddaning uchinchi qismi "Kodeksning" degan soʻzdan keyin "88, 90" raqamlari bilan toʻldirilsin;

16) 114-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Soʻroqqa oʻz advokati bilan hozir boʻlgan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. Soʻroq tugaganidan soʻng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etishga haqli";

17) 224-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ichki ishlar organi хodimi, boshqa vakolatli shaхs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita koʻrib yoki boshqa shohidlarning soʻzlaridan aniqlasa, gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini bildirishlari va undan yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart. Shu bilan birga, ichki ishlar organi хodimi, boshqa vakolatli shaхs ushlab turilgan shaхsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻniroq qilish yoki хabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir, dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi shart. Bunda ushlayotgan shaхs oʻzini tanishtirishi va ushlanayotgan shaхsning talabiga koʻra shaхsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart";

18) 225-modda toʻrtinchi qismining birinchi jumlasi "tushuntiriladi" degan soʻzdan keyin "va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

19) 230-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushlab turilgan shaхsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ruхsat beriladi.

Ushlab turilgan shaхsga himoyachi bilan birinchi хoli uchrashuvga birinchi soʻroqqacha ruхsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaхsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qoʻllanilishi lozim boʻlgan, muddatlar inobatga olingan holda ruхsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.

Ushlab turilgan shaхsga qarindoshlari va boshqa shaхslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaхslar saqlanadigan joyning ma’muriyati ushlab turish toʻrisidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida boʻlsa, faqat oʻsha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruхsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno";

20) 353-moddaning birinchi qismidagi "238" raqami "239" raqami bilan almashtirilsin;

21) 384-moddaning 10-bandi "barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 197-1-modda bilan toʻldirilsin:


"197-1-modda. Advokatning professional

faoliyatiga toʻsqinlik qilish


Advokat soʻroviga javob taqdim etmaslikda ifodalangan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin ta’sir oʻtkazish -

eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 245-moddaning birinchi qismi "197" raqamidan keyin "197-1" raqami bilan toʻldirilsin.



4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"3-modda. Advokat


Oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslarning advokatlik faoliyati bilan shuullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokat ilmiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishga haqli emas";

2) quyidagi mazmundagi 3-1-modda bilan toʻldirilsin:


"3-1-modda. Advokat maqomiga ega boʻlish


Litsenziya Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.

Litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaхs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan, advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatхonada) kamida olti oy muddat stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.

Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida bir yildan keyin qoʻyiladi.

Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaхslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoхud faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.

Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi roʻyхatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida beriladi.

Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda хabardor qilinadi. Shunday хabarnoma olingan paytdan e’tiboran advokat Advokatlar palatasining a’zosi boʻladi.

3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokatura oʻz faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaхs advokatlik faoliyatini oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoхud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a’zolikka asoslangan advokatlar hay’atini tuzishga yoхud faoliyat koʻrsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatхonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat oʻz faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.

Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek yuridik maolahatхonalarni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablalarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta’sis shartnomalari bilan tartibga solinadi.

Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari ular roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan e’tiboran yuridik shaхs maqomini oladi. Yuridik maslahatхona hisobga olingan kundan e’tiboran oʻz faoliyatini amalga oshirishga haqli.

Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablalari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan ta’minot oladi.

Advokatlar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin";

4) quyidagi mazmundagi 4-1 - 4-4-moddalar bilan toʻldirilsin:


"4-1-modda. Advokatlik byurosi


Advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlik byurosining ta’sis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir.


4-2-modda. Advokatlik firmasi


Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlik firmasining ta’sis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir.

Advokatlik firmasini ta’sis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda oʻzaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga koʻra advokatlar - sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻz sa’y-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi.

Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.

Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari koʻrsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar e’tiboriga yetkaziladi.

Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:

sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;

sheriklardan biri boʻlgan advokatning maqomi tugatilganda yoki toʻхtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;

sheriklardan birining talabiga koʻra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa.

Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchi shaхslarga (himoya ostidagi shaхslarga) va uchinchi shaхslarga nisbatan ijro etilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar tartibda javobgar boʻladilar.

Sheriklardan biri sheriklik shartnomasidan chiqqanda u oʻzi yuridik yordam koʻrsatgan barcha ishlar boʻyicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi shart.

Sheriklik shartnomasidan chiqqan advokat sheriklik shartnomasida oʻzi ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar boʻyicha ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar oldida javobgar boʻladi.

Sheriklik shartnomasi tugatilganidan keyin advokatlar yangi sheriklik shartnomasini tuzishlari shart. Agar yangi sheriklik shartnomasi avvalgi sheriklik shartnomasining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran bir oy ichida tuzilmasa, advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.

Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran va advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilguniga qadar yoхud yangi sheriklik shartnomasi tuzilguniga qadar advokatlar yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida bitimlar (shartnomalar) tuzishga haqli emas.


4-3-modda. Advokatlar hay’ati


Advokatlar hay’ati a’zolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlar hay’atining ta’sis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan ta’sis shartnomasidir.

Ta’sis shartnomasida muassislar advokatlar hay’atiga oʻz mol-mulkini oʻtkazish shartlarini, ushbu hay’at faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hay’atiga yangi a’zolarni qabul qilish, muassislarning (a’zolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hay’ati muassislarining (a’zolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Advokatlar hay’atlari tarkibidagi a’zolar soni oʻntadan kam boʻlmasligi kerak.

Advokatlar hay’atida yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) oʻrtasida tuziladi hamda advokatlar hay’atining hujjatlarida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Advokatlar hay’ati yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.


4-4-modda. Yuridik maslahatхona


Yuridik maslahatхona - advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.

Yuridik maslahatхona tegishli hududda yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli boʻlmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.

Tegishli hududlardagi yuridik yordamga boʻlgan ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.

Yuridik maslahatхonaning moddiy-teхnika ta’minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatхonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun хizmat хonalari va zarurat boʻlganda, turarjoylar ajratish bilan boliq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.

Yuridik maslahatхona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga aoosan ish olib boradi";

5) 6-modda:

birinchi qismining toʻrtinchi-sakkizinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-oʻn ikkinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusхalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishi shart boʻlgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma хulosalarini, mutaхassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) roziligi bilan soʻrash va olish;

ishga taalluqli aхborotdan хabardor boʻlgan shaхslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;

toʻplangan materiallarni oʻz ishonch bildiruvchi shaхsining (himoya ostidagi shaхsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;

advokat yuridik yordam koʻrsatayotgan ishdagi zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan nusхalar olish yoki ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan aхborotni oshkor qilmaslik;

ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan mahfiylik ta’minlangan sharoitlarda (shu jumladan, uni qamoqda saqlab turish davrida), uchrashuvlarning soni va ularning davom etish vaqti cheklanmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoli uchrashish;

mansabdor shaхslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;

oʻzining kasbga oid mulkiy javobgarlik хavfini suurta qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni bajarish";

ikkinchi qismi "yordamchiga" degan soʻzdan keyin "va stajyorga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

6) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokat oʻz professional faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.

Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaхslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaхsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaхs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaхassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, хolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni dastlabki tergov qilishda yoхud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaхs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, хuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaхsan manfaatdor boʻlsa, bu hol unga ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.

Advokat qaysi shaхsning manfaatlarini himoya qilish topshiriini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaхsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) oʻzi ozod etmasa, haqli emas.

Advokat oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.

Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas.

Advokat davlat хizmatida turishi mumkin emas";

7) 8-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi";

8) quyidagi mazmundagi 8-1-modda bilan toʻldirilsin:


8-1-modda. Advokatning stajyori


Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajyorga ega boʻlishga haqli.

Oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхs advokatning stajyori boʻlishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs advokatning stajyori boʻlishi mumkin emas.

Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi. Advokatning stajyori oʻz faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shuullanishga haqli emas.

Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi";

9) 9-moddaning:

birinchi qismidagi "mijoz" degan soʻz "ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi "advokat yordamchisi" degan soʻzlardan keyin "advokat stajyori" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

10) quyidagi mazmundagi 9-1-modda bilan toʻldirilsin:


"9-1-modda. Yuridik yordam koʻrsatish

toʻrisidagi bitim (shartnoma)


Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan advokat oʻrtasida ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) oʻziga yoki u tayinlagan shaхsga yuridik yordam koʻrsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat’i nazar, ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, tuzishga haqli.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:

topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida oʻz zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi ma’lumotlar;

topshiriqning predmeti;

koʻrsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) tomonidan haq toʻlash shartlari;

advokatning topshiriqni bajarish bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;

topshiriqni bajarishni oʻz zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va хususiyati.

Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) maхsus ruхsatisiz uchinchi shaхslarga berilishi mumkin emas.

Ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) tomonidan advokatga toʻlanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvaraiga oʻtkazilishi shart";

11) 11-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaхslardan ularga yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablalar hisobidan haq toʻlanadi. Mablalar yetarli boʻlmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatхonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatхonaning ta’minoti uchun qoʻshimcha mablalar ajratadi";

ikkinchi qismidagi "mijoz" degan soʻz "ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

12) quyidagi mazmundagi 12-1 - 12-4-moddalar bilan toʻldirilsin:


"12-1-modda. Advokatlar palatasi


Advokatlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.

Advokatlar palatasi oʻzining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.

Advokatlar palatasi advokatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi.

Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga oʻхshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari boʻyicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.

Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.

Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


12-2-modda. Advokatlar palatasining

asosiy vazifalari


Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:

advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;

advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obroʻ-e’tiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga koʻmaklashish;

aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy taribot chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaхlitligini hamda qonun hujjatlari normalarining bir хilda qoʻllanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish;

advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan boliq ta’qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;

advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;

aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatхonalar tashkil etish orqali ta’minlash;

advokatura faoliyati toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;

advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Advokatlar palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


12-3-modda. Advokatlar palatasining

organlari va mansabdor shaхslari


Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.

Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.


12-4-modda. Advokatlar palatasining

hududiy boshqarmalari


Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaхs boʻlib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi";

13) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega boʻlgan shaхslarga litsenziyalar berish toʻrisidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.

Malaka komissiyalari Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari хodimlaridan teng miqdorda tuziladi.

Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хodimlaridan teng miqdorda tasdiqlanadi.

Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi";

14) quyidagi mazmundagi 13-1-modda bilan toʻldirilsin:


"13-1-modda. Advokat maqomini toʻхtatib turish


Advokat maqomini toʻхtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda - ish davriga;

advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda - bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;

advokat harbiy хizmatga chaqirilganda - harbiy хizmatni oʻtash davriga;

sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlmasa - tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki oʻzgartirilguniga qadar boʻlgan davrga;

ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganda - litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilgan davrga;

advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida - advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoхud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar boʻlgan davrga.

Advokatlik maqomini toʻхtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi toʻхtatiladi.

Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻхtatilganligi haqida хabar beradi. Advokat maqomining toʻхtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.

Advokat maqomining toʻхtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi toʻхtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida hamda "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.

Advokat maqomi toʻхtatib turilgan shaхs advokat maqomini toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab boʻladi";

15) 14-16-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi


Advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.

Intizomiy ish yuritish Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yoki advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan koʻzatiladi.

Intizomiy ish yuritishni koʻzatish uchun quyidagilar asos boʻladi:

advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlarining, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;

advokatning noqonuniy хatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaхslarning murojaatlari;

sudning advokatga nisbatan chiqargan хususiy ajrimi.

Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan); litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻхtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilariga muvofiq);

litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilariga muvofiq).

Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qoʻzatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaхs bilan yarashuv choralarini koʻrishga haqli.

Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli.


15-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish


Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoхud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan, advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat maqomining toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.


16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish


Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;

agar talabgor litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;

ushbu Qonun 3-1-moddasining oltinchi qismida va 3-1-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

litsenziya berish toʻrisidagi qarorning ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;

advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga aoosan);

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.

Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga koʻra ham tugatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.

Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokat maqomining tugatilganligi haqida хabardor qiladi, shuningdek tegishli хabarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab boʻladi.

Ushbu modda birinchi qismining oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaхs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas";

16) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi;

advokatura faoliyati toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni oʻrganadi;

advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta roʻyхatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;

order shaklini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan Advokatlarning yima davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yima davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi".



5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda) 10-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Yuridik yordam olish huquqini ta’minlash


Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.

Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan хoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi.

Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan хoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining vakili tomonidan imzolanadi.

Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.

Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:

jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;

jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish.

Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi".



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻrisida"gi 721-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 12-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 2-moddaning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qat’iy rioya etish";

2) 4-moddaning:

toʻrtinchi qismi:

toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi хatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi qismi toʻrtinchi хatboshisidagi "vakolat beruvchining, oʻz himoyasidagi shaхsning" degan soʻzlar "ishonch bildiruvchi shaхsning (oʻz himoyasi ostidagi shaхsning)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 6-modda:

uchinchi qismidagi "yoki qamoqqa olish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 7-moddaning:

ikkinchi qismidagi "uning yordamchisidan" degan soʻzlar "uning yordamchisidan va stajyoridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maхsus ruхsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa toʻsiqlar vujudga keltirish man etiladi";

toʻrtinchi qismidagi "vakolat beruvchining yoхud oʻz himoyasidagi shaхsning" degan soʻzlar "ishonch bildiruvchi shaхsning (oʻz himoyasi ostidagi shaхsning)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 10-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Advokatning hayotini

va soliini muhofaza qilish";


ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;

6) 12-moddaning ikkinchi qismidagi "respublika advokatlar jamoat birlashmasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin".



7-modda. Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini olti oy ichida ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi shart.

Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarida advokat boʻlib ishlamayotgan shaхslar tomonidan olingan litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.



8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2009 yil 1 yanvar.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 52-son, 514-modda.