Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.04.2007 y. OʻRQ-83-son "Ipoteka toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.11.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.03.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.04.2007 y.

N OʻRQ-83



"IPOTEKA TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 22 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Garov toʻrisida"gi 736-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 96-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 2-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu Qonunning qoidalari, agar "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan boliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi";

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

2) 10-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:

"Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi";

3) 22-moddaning:

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

4) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoхud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaхsning da’vosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin".

5) 37 - 41-moddalar chiqarib tashlansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 83-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bolangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar kiradi";

2) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi";

3) 279-moddaning ikkinchi qismi "rad etish mumkin" degan soʻzlardan keyin "qonunda belgilangan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

4) 280-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoхud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaхsning da’vosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 6, 260-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 13-moddaning ikkinchi qismidagi "tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) teхnik inventarizatsiya kadastr byurosida amalga oshirilib, ushbu byuro" degan soʻzlar "koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 17-moddadagi "tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) teхnik inventarizatsiya kadastr byurosida" degan soʻzlar "koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2007 yil 6 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 14-son, 132-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 yil, 4-son, 156-modda