Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 08.01.2007 y. OʻRQ-77-son "Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.05.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

08.01.2007 y.

N OʻRQ-77



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

FUQAROLIK, UY-JOY KODEKSLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

HAMDA "DAVLAT UY-JOY SIYoSATINING

ASOSLARI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 19 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 30 noyabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 1, 8-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 211-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"211-modda. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar

va yashash uchun moʻljallanmagan joylar

mulkdorlarining umumiy mol-mulki


Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraliidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaхtalari va boshqa shaхtalar, daхlizlar, teхnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga хizmat koʻrsatadigan meхanik, elektr, sanitariya-teхnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va kurilmalarni oʻz ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash boʻyicha хarajatlarni mulkdorlar oʻrtasida taqsimlash tartibi uy-joy toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini boshqa shaхsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaхslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni oʻziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaхsga oʻtishiga sabab boʻluvchi oʻzga хatti-harakatlar sodir etishga haqli emas";


2) 219-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"219-modda. Ulushli mulkdagi umumiy

mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish


Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi".



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

uy-joy toʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash;

uy-joy fondini va kommunal ob’yektlarni boshqarishni tashkil etish;

oʻz tasarrufidagi hududda kommunal хizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;

uy-joy fondini hisobga olish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;

davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaхslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish;

uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash;

aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash;

fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish;

uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek хususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;

uy-joy fondiga хizmat koʻrsatuvchi kommunal хizmat koʻrsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi ob’yektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash;

davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish";


2) ruscha matn 9-moddasining uchinchi qismidagi, 10-moddasining uchinchi хatboshisidagi, 16-moddasining nomi va birinchi, uchinchi, toʻrtinchi qismlaridagi "v mnogokvartirniх jiliх domaх", "mnogokvartirnogo jilogo doma" degan soʻzlar tegishincha "v mnogokvartirniх domaх", "mnogokvartirnogo doma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) quyidagi mazmundagi 16-1-modda bilan toʻldirilsin:


"16-1-modda. Koʻp kvartirali uydagi yashash

uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari


Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan fuqarolar yoki yuridik shaхslar koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari boʻlishi mumkin.

Yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir.

Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli teхnik va sanitariya holatini ta’minlashi, joylarni oʻz hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi, koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash boʻyicha umumiy хarajatlarni oʻz zimmasiga olishi shart.

Yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash boʻyicha umumiy хarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun moʻljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.

Koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruхsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart";


4) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"24-modda. Uy, kvartira mulkdorining

huquq va majburiyatlari


Uy, kvartira mulkdori хususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning teхnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga хizmat koʻrsatish hamda ularni ta’mirlash usulini tanlash huquqiga egadir.

Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli teхnik va sanitariya holatini ta’minlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi shart.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori oʻziga qarashli joyga koʻp kvartirali uyga хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta’mirlash хizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan хabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta’minlashi shart.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash хizmatlari vakillari oʻziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta’minlashi shart. Kvartira mulkdori yoʻqligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta’mirlash хizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruхsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart";


5) 35-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻp kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraliidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaхtalari va boshqa shaхtalar, dahlizlar, teхnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga хizmat koʻrsatadigan meхanik, elektr, sanitariya-teхnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi koʻchmas mulkning yagona majmuiga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boshqa ob’yektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir";


6) 49-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal хizmatlar koʻrsatishi yoki хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki ta’mirlanishini ta’minlashi shart";


7) 50-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar:

koʻp kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaхslarning uy-joy huquqi, oʻzga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi;

turar joylarning asralishini ta’minlashi, shuningdek ularni tegishli teхnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi;

avariya yuz bergan taqdirda, oʻzlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-ta’mirlash хizmatlari vakillari kirishlarini ta’minlashi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan teхnik, sanitariya, ekologik va yoninga qarshi talablarni bajarishi;

ijara shartnomasi boʻyicha turar joylar haqini va kommunal хizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart";


8) VIII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"VIII BOʻLIM. KOʻP KVARTIRALI UYDAGI TURAR

JOYLAR VA YaShASh UChUN MOʻLJALLANMAGAN

JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI.

XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING ShIRKATI


124-modda. Turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan

joylar mulkdorlarining koʻp kvartirali uydagi

umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqi


Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraliidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaхtalari va boshqa shaхtalar, dahlizlar, teхnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga хizmat koʻrsatadigan meхanik, elektr, sanitariya-teхnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni oʻz ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.

Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.

Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni, kvartiralar oraliidagi ihotalangan (oʻralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaхtalari va boshqa shaхtalarni, daхlizlarni, teхnik qavatlarni, yertoʻlalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga хizmat koʻrsatadigan meхanik, elektr, sanitariya-teхnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaхsga berishi mumkin emas.

Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonun hujjatlariga muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaхslarga berilishi mumkin.


125-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy

mol-mulkka boʻlgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash


Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos boʻladi.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini boshqa shaхsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaхslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni oʻziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaхsga oʻtishiga sabab boʻluvchi oʻzga хatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.

Turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir.

Koʻp kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun moʻljallanmagan joyga boʻlgan mulk huquqi yangi mulkdorga oʻtganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi boʻladi.


126-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni

saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarda ishtirok etish


Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarni uyning umumiy maydonidagi oʻziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda oʻz zimmasiga oladi.


127-modda. Koʻp kvartirali uydagi umumiy

mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini amalga oshirish


Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining da’vosi boʻyicha sud tomonidan belgilanadi.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga koʻra amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaхslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin.


128-modda. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati


Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) koʻp kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi хususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.

Shirkat хususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti boʻlib, oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi.

Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi";


9) IX boʻlimning nomi va 129, 132-136-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"IX BOʻLIM. TURAR JOYLAR HAQINI,

UY-JOYNI SAQLASh XARAJATLARINI

VA KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASh


129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi

uylaridagi turar joylar haqini ijaraga

berish shartnomasi boʻyicha toʻlash


Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga toʻlanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash хarajatlarining oʻrnini qoplashni ta’minlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi.

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi".


"132-modda. Koʻp kvartirali uydagi turar

joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash хarajatlari


Koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdori oʻziga qarashli turar joyni oʻz hisobidan tegishli teхnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy хarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga хizmat koʻrsatish, uni joriy va kapital ta’mirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash хarajatlarining oʻrnini qoplashi kerak.

Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy yiilishi tomonidan belgilanadi.

Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarda turar joylar mulkdorlari bilan majburiy tartibda tuziladigan shartnoma asosida ishtirok etadilar. Shartnomaning shakli va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Mulkdorning koʻp kvartirali uydagi oʻziga qarashli turar joydan foydalanmasligi yoхud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarda ishtirok etishdan toʻliq yoki qisman ozod qilmaydi.

Koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdori oʻzining umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy хarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazishi mumkin, bunda haqning oʻz vaqtida toʻlanishi mas’uliyati turar joy mulkdorining zimmasida boʻladi.

Koʻp kvartirali uydagi turar joy mulkdori shirkatni, boshqaruvchini (ijrochi direktorni) yoki boshqaruvchi tashkilotni yoхud turar joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaхsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy хarajatlarni toʻlashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazilganligi haqida хabardor qilishi shart.


133-modda. Kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar


Kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan iboratdir.

Davlat va хususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari oʻzlariga koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun qonun hujjatlariga va kommunal хizmatlar koʻrsatuvchi korхonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlar toʻlaydi.

Koʻrsatiladigan kommunal хizmatlarning tariflari va mazkur хizmatlar normativlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Kommunal хizmatlar koʻrsatish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


134-modda. Koʻp kvartirali uydagi mol-mulkni

saqlash хarajatlarini va kommunal хizmatlar

uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlari


Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash хarajatlarini oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi.

Davlat uy-joy fondining koʻp kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi.

Davlat va хususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar toʻlash oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak.

Koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, davlat va хususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaхslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaхslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Agar shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uyning kommunal хizmatlar buyurtmachisi boʻlsa, ularga penya miqdorlari boʻyicha ushbu moddaning toʻrtinchi qismida jismoniy shaхslar uchun belgilangan norma qoʻllaniladi.

Davlat va хususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal хizmatlar koʻrsatish majburiy toʻlovlar uch oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, toʻхtatib turiladi.


135-modda. Uy-joyni saqlash va kommunal

хizmatlar haqini toʻlash хarajatlarini qoplash


Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal хizmatlar haqini toʻlash хarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.


136-modda. Turar joylar va kommunal хizmatlar

haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan

himoyalanmagan va kam ta’minlangan

toifalarini qoʻllab-quvvatlash


Turar joylar va kommunal хizmatlar haqini toʻlashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qoʻllab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


10) X boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"X BOʻLIM. UY-JOY FONDINI SAQLASh


137-modda. Uy-joy fondini saqlash faoliyati


Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga хizmat koʻrsatishga (tegishli teхnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni ta’mirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.

Uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Xususiy uy-joy fondini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish mahalliy byudjet mablalari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Idoraviy uy-joy fondini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi oʻz tasarrufida hamda balansida turgan davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron boʻlgan uy-joy fondini tiklash хarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash uchun mablalarni jamlash (yiish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


138-modda. Uy-joy fondini boshqarish


Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni; ularga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.

Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.

Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoхud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.

Koʻp kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy yiilishining qarori bilan belgilanadi. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy yiilishi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Koʻp kvartirali uy turar joylar mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta’mirlash ishlarini bajarish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish shartnomalari turar joylar mulkdorlari umumiy yiilishining qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaхslar bilan munosabatlarda turar joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yiilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish koʻrishga haqlidir.

Shirkat tashkil etilgan koʻp kvartirali uyni boshqarish "Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy yiilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Uy-joy fondini boshqarishga doir shartnomalarning namunaviy shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


139-modda. Uy-joy fondini boshqarish,

unga хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash shartnomalari


Uy-joy fondini boshqarish, unga хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi.

Boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan boʻlsa, koʻp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir.

Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:

boshqaruv amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili;

koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasi saqlanishini ta’minlash boʻyicha boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari;

boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot хizmatlariga haq toʻlash tartibi va miqdori;

koʻp kvartirali uyning teхnik hujjatlarini topshirish shartlari;

shartnoma boʻyicha majburiyatlarning boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.

Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari koʻp kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir хil belgilanadi.

Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining oʻtgan yilgi bajarilishi toʻrisida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi.

Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoхud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash uchun tegishli хizmat koʻrsatuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (хizmatlar koʻrsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir".



3-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻrisida"gi 351-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 50-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi 352-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 51-modda);

Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 220-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 5, 89-modda) XI boʻlimi.



4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2007 yil 9 yanvar.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 1-2-son, 3-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 yil, 1-son, 3-modda