Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.04.2007 y. OʻRQ-89-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 28.02.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.03.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.04.2007 y.

N OʻRQ-89



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINING MODDALARIGA

TUZATIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA

(89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga,

102-moddasining ikkinchi qismiga)


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 29 martda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu tuzatishlar davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vazifalarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy me’yorlar doirasida cheklash, shuningdek yuqorida koʻrsatib oʻtilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda) quyidagi tuzatishlar kiritilsin:


1) 89-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

"89-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshliidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi";


2) 93-moddaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15) viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan хatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli";


3) 102-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi".


2-modda. Ushbu Qonun 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2007 yil 12 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 15-son, 152-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2007 yil, 4-son, 162-modda