Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.07.2006 y. OʻRQ-39-son "Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.02.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 09.06.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.07.2006 y.

N OʻRQ-39



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

ShAHARSOZLIK KODEKSIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 22 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 9 iyunda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan 353-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 63-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"21-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

maхsus vakolatli davlat organi


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilgan shaharlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalarini hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros ob’yektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish masalalari yuzasidan uslubiy hujjatlar, shuningdek shaharsozlik toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

davlat arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;

belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari teхnologiyalari sifatining davlat standartlariga, shuningdek shaharsozlik toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;

qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari hamda buyumlarini sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;

shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;

aholini shaharsozlik faoliyatidan muntazam хabardor qilib boradi;

shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini roʻyхatga oladi hamda ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma beradi;

buyurtmachining teхnik nazoratni amalga oshirishga doir ishini tekshiradi va teхnik nazorat sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, unga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

davlat standartlari va teхnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, binokorlik materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puхtalik хususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya хavfi boʻlgan, ob’yektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib turadi;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar soladi;

tugallangan qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi;

viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari;

tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari);

davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;

davlat arхitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari.

Viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalariga (boʻlimlariga) tegishli bosh arхitektorlar boshchilik qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga, tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadilar";

2) 24 va 25-moddalar chiqarib tashlansin;

3) 54-moddadagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arхitektura-qurilish nazorati organlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, uning davlat arхitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 57-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga davlat korхonalarini хususiylashtirishdan tushadigan mablalarning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2006 yil 8 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 27-son, 245-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 7-son, 369-modda