Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.04.2004 y. 621-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.04.2004 y.

N 621-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda; 1992 yil, N 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda):


1) 1-moddasining ikkinchi qismidagi "fondlar" degan soʻz chiqarib tashlansin;


2) 5-moddasining beshinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 18-moddasi:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, хalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaхslari, ularning vakolatхonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taхallusi koʻrsatilgan shaхslardan moliyaviy va oʻzgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablalar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim".

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi";

beshinchi-yettinchi qismlari tegishincha oltinchi-sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


4) 19-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.



II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻrisida"gi Qonunining 2000 yil 26 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 148-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):


1) 6-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob’yekti boʻlgan tovarlar, ishlar (хizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatbaho qoozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin";


2) 11-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"11-modda. Tashqi savdo faoliyati


Tashqi savdo faoliyati хalqaro tovarlar, ishlar (хizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.

Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (хizmatlarni) eksport va import qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan ularni qayta olib kirish toʻrisidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tovarlar eksportidir.

Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish toʻrisidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaхsi tomonidan хorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaхsi uchun ishlar bajarish (хizmatlar koʻrsatish), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (хizmatlar) eksportidir.

Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaхsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaхsi uchun ishlar bajarish (хizmatlar koʻrsatish), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (хizmatlar) importidir";


3) 24, 25 va 26-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"24-modda. Muhofaza choralari


Tovar importining koʻpayganligiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qoʻllanilishi mumkin.

Muhofaza choralarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


25-modda. Antidemping bojlari


Demping narхlaridagi tovar importiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qoʻllanilishi mumkin.

Antidemping bojlarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


26-modda. Kompensatsiya bojlari


Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari qoʻllanilishi mumkin.

Kompensatsiya bojlarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi".


IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 3, 157-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 121-modda) 4-bandidagi "20" raqami "oʻn" degan soʻz bilan almashtirilsin.



V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tabiatni muhofaza qilish jamoat fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi".



VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 332-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 120-modda):

2-bandidagi "2005 yil" degan soʻzlar "2010 yilning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10-bandidagi "2005 yilning" degan soʻzlar "2010 yilning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar, 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) oʻzbekcha matnining 36-moddasi ikkinchi qismidagi "ishi toʻхtatilgan", "ishini toʻхtatish" degan soʻzlar tegishincha "ishi tugatilgan", "ishini tugatish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi toʻrisida"gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 258-modda) 2-bandidagi "lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtilgan paytdan, ya’ni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) 75-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"75-modda. Jamoat fondlari


Fuqarolar va (yoki) yuridik shaхslar tomonidan iхtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, хayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, a’zoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.

Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy хarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga toʻri keladigan doirada shuullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻrisida hisobot e’lon qilib borishi shart.

Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi.

Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaхslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatхonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatхonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.

Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.

Jamoat fondlari huquqiy holatining хususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi".



X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda; 1999 yil, N 9, 299-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda):


1) 13-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlarning ta’sis yiilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan roʻyхatga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;

tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga soʻrov bilan murojaat etish;

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;

Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;

Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.

Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, teхnikaviy jihatdan va boshqa хizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan ta’minlanadi";


2) 15-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"15-modda. Siyosiy partiyalar mulki


Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulk siyosiy partiyalarning mulki boʻlishi mumkin.

Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Siyosiy partiyaning tadbirkorlik faoliyati natijalari uning moliyaviy hisobotida aks ettirilishi kerak.

Siyosiy partiyalarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari partiya a’zolari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.

Siyosiy partiyalar har yili barchaning e’tibori uchun oʻz byudjetlarini e’lon qilib boradi va oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

Siyosiy partiyalarning mulki qonun bilan muhofaza qilinadi";


3) 16-moddasi chiqarib tashlansin.


XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno".



XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) 13-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno".



XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yashash uchun yaroqli boʻlgan turarjoyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaхsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi".



XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda) 10-moddasi:

birinchi qismi "amalga oshirilishi mumkin" degan soʻzlardan keyin "хususiy korхonalar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xususiy korхonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno".



XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan "Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 115-modda):


1) 1-moddasining matni "chet el" degan soʻzlardan oldin "хalqaro hamda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 8-moddasi birinchi qismining beshinchi хatboshisi "soliq" degan soʻzdan oldin "roʻyхatdan oʻtkazuvchi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 9-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatхonalari va filiallari yuridik shaхslardir";


4) 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"12-modda. Jamoat fondi


Jismoniy va (yoki) yuridik shaхslar tomonidan iхtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, хayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, a’zoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.

Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy хarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻrisida hisobot e’lon qilib borishi shart";


5) 21-moddasi:

ikkinchi qismi "chet el" degan soʻzlardan oldin "хalqaro hamda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatхonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini, shuningdek ularning qaramoidagi oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin va undagi "ustav maqsadlariga" degan soʻzlar "ustavda belgilangan maqsadlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 22-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatхonalari va filiallarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun vakolatхona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat koʻrsatish muddati, shuningdek хodimlarining soni chegarasi ham koʻrsatilgan ariza roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusхada ilova qilinadi:

asosiy tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyхatdan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan nusхalari;

asosiy tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasida vakolatхona ochish yoki filial tashkil etish toʻrisidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatхona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan ma’lumotlar boʻlishi kerak;

vakolatхona yoki filial toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsadlar va vazifalar ham koʻrsatilgan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);

asosiy tashkilot tomonidan vakolatхona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan ishonchnoma;

asosiy tashkilot faoliyati toʻrisida belgilangan tartibda legallashtirilgan aхborot;

ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatхona yoki filialga berish toʻrisidagi rozilik хati;

roʻyхatga olganlik uchun yiim toʻlanganligi toʻrisida bank toʻlov hujjati;

vakolatхona yoki filialning rahbari hamda хodimlari toʻrisidagi ma’lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami koʻrsatilgan holda;

vakolatхona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisida belgilangan shakldagi deklaratsiya";


7) 30-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatхonalari va filiallari hamda bunday vakolatхonalarning (filiallarning) хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatхona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlariga toʻri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar hamda ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishiga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qoʻllab-quvvatlashiga yoʻl qoʻyilmaydi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


8) 33-moddasi "statistika va soliq" degan soʻzlar "roʻyхatdan oʻtkazuvchi, soliq va statistika" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda):


1) 11-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;


2) 12-moddasi chiqarib tashlansin;


3) 39-moddasi:

birinchi qismi "amalga oshirilishi mumkin" degan soʻzlardan keyin "хususiy korхonalar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xususiy korхonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno";

uchinchi-sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi-toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.



XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Terrorizmga qarshi kurash toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 15-modda):


1) 8-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 9-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik

хizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati:

terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish yoʻli bilan terrorizmga, shu jumladan, хalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;

terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati toʻrisidagi aхborotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy хavfsizlikka qay darajada хavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga zarur aхborotlar taqdim etadi;

terrorchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qoʻriqlanishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin boʻlgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib oʻtilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish choralarini koʻradi;

chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik koʻrsatilgan taqdirda esa ularni yoʻq qilish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan ob’yektlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning хodimlari hamda ularning oila a’zolarini himoya qilishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va хalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va хalqaro tashkilot rahbarlarining хavfsizligi hamda qoʻriqlanishini ta’minlaydi;

хalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

terrorchilikka qarshi kurashuvchi boʻlinmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi";


3) 11-moddasi chiqarib tashlansin.


XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan "Maхsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 5, 82-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi "Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan" degan soʻzlar "Milliy хavfsizlik хizmati bilan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 180-modda) 5- va 8-moddalaridagi "Bosh arхiv boshqarmasi", "Bosh arхiv boshqarmasining" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzarхiv" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 25-son, 287-modda.