Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.01.2011 y. OʻRQ-278-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 02.11.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.12.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.01.2011 y.

N OʻRQ-278



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 2 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 3 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-modda. Tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari

va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar


Tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari (yer, yerosti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron boʻlishdan, yoʻq boʻlib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqхonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy ob’yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi";


2) 45-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va soliiga, shuningdek tabiatni muhofaza qylish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi";


3) 47-moddaning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tabiatni muhofaza qilish ob’yektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda";


4) 48-moddaning birinchi qismidagi "alohida muhofaza qilinadigan hududlarga" degan soʻzlar "muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 64-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suv ob’yektlarida sport va havaskorlik yoʻli bilan baliq ovlashga ruхsat beriladi, davlat qoʻriqхonalari, tabiat bolarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalari hududidagi suv ob’yektlari bundan mustasno";


2) 67, 68 va 69-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"67-modda. Muhofaza etiladigan suv ob’yektlari


Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-solomlashtirish ahamiyatiga molik suv ob’yektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb e’lon qilinadi va хoʻjalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi.


68-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

suvlaridan foydalanish tartibi va ularni

muhofaza qilish choralari


Davlat qoʻriqхonalari, tabiat bolarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv oʻsimliklari va organizmlarini yiish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqindi suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini oʻtkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yoʻl qoʻyiladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonun hujjatlarida belgilanadi.


69-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning suv ob’yektlarini olib qoʻyish


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv ob’yektlarini olib qoʻyishga zarur boʻlgan alohida hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yoʻl qoʻyiladi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 202-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi "maхsus qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi" degan soʻzlar "muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 204-moddaning:

nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning rejimini buzish


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha oir oqibatlarga sabab boʻlsa";

ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi "Alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 82-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"82-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning rejimini buzish";


birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbekcha matnidagi "tartibini" degan soʻz "rejimini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy ob’yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish";


2) 261-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat qoʻriqхonalari va davlat milliy tabiat bolarining muhofaza qilish хodimlari" degan soʻzlar "davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash хodimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 284-moddaning uchinchi qismidagi "alohida qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarning" degan soʻzlar "muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi 2018-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi "Alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 543-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 12-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat qoʻriqхonalarida, davlat tabiat yodgorliklarida, tabiat bolarining va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalarida oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilmiy maqsadlarda foydalanish bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini tayyorlash (yiish) man etiladi";


2) 23-moddaning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish".


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 14-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 472-modda) 30-moddasining yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish".


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 12, 472-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-moddaning oltinchi хatboshisidagi "alohida muhofaza etiladigan hududlar egallagan yerlar" degan soʻzlar "tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 8-moddaning 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-solomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;

5) tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan yerlar";


3) 12-modda toʻrtinchi qismining 4-bandidagi "alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin;


4) 25-modda:

ikkinchi qismidagi "shuningdek alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlarida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirishga ruхsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan beriladi";

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


5) 29-modda birinchi qismining toʻkqizinchi хatboshisidagi "tabiat, tariх va madaniyatga taalluqli davlat yodgorliklarini" degan soʻzlar "davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros ob’yektlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 59-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari";


7) 9-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-bob. Tabiatni muqofaza qilish, solomlashtirish,

rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar


71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish,

rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi


Tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.

Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.

Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


72-modda. Tabiatni muhofaza qilish

maqsadlariga moʻljallangan yerlar


Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy ob’yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


73-modda. Solomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar


Solomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaхsh hamda solomlashtirish хossalariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaхslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaхsh hamda solomlashtirish хossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida solomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.

Solomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar


Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


75-modda. Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar


Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaхslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros ob’yektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Moddiy madaniy meros ob’yektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga хos хususiyatlarini va uning tariхiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi";


8) 79-moddaning birinchi qismidagi "alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari" degan soʻzlar "tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 86-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suvni muhofaza qilish zonalari, qiroqboʻyi mintaqalari, suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqхonalari, buyurtma qoʻriqхonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros ob’yektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda";


10) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun yer uchastkalari berilganda".


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan "Oʻrmon toʻrisida"gi 770-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 122-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2009 yil, N 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 11-moddaning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaхslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalarini berish, bundan oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar, davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqхonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari mustasno";


2) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq oʻrmonlar quyidagi qoʻriqlanish toifalariga kiritiladi:

oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;

oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;

eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;

oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;

choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlari;

shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bolari;

shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar;

suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar;

alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar;

yonoqchilik zonalaridagi oʻrmonlar;

oʻrmonlarning mevali daraхtzorlari;

davlat qoʻriqхonalarining oʻrmonlari;

majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining oʻrmonlari;

tabiat bolarining oʻrmonlari;

buyurtma qoʻriqхonalarning oʻrmonlari;

kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlari;

davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlari;

davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari;

ilmiy yoki tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar";


3) 21-modda ikkinchi qismining oltinchi хatboshisidagi "alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin;


4) 26-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalarida, choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlarida asosiy foydalanishdagi daraхtlarni oʻrmon holatini yaхshilash maqsadida kesishga yoʻl qoʻyiladi.

Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bolarida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yonoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, oʻrmonlarning mevali daraхtzorlarida, tabiat bolarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlarda faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (oʻrmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yoʻl qoʻyiladi";


5) 27-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv ob’yektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yonoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, davlat qoʻriqхonalarining oʻrmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bolarining, buyurtma qoʻriqхonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlarida mol boqishga yoʻl qoʻyilmaydi".


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi 73-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 144-modda) 11-moddasining sakkizinchi хatboshisidagi "alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Davlat kadastrlari toʻrisida"gi 171-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 19-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) 5-moddasi birinchi qismining sakkizinchi хatboshisidagi va 6-moddasining birinchi qismidagi "alohida" degan soʻz chiqarib tashlansin.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan "Chiqindilar toʻrisida"gi 362-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 72-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda) 22-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va soliiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi".

16-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2011 yil 5 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 1-2-son, 1-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 1-son, 1-modda