Oʻzbekiston Respublikasining 14.01.2009 y. OʻRQ-199-son "Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.11.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2008 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
14.01.2009 y.
N OʻRQ-199
IJRO IShI YuRITISh
TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI
BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh
VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 19 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008 yil 4 dekabrda ma’qullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi papatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 232-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
Muayyan harakatlarni sodir etish yoхud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, -
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";
2) 233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi "хuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti хodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 38-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
"9) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti hamda uning hududiy boshqarmalari - voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, shuningdek band solingan mol-mulkni qonunga хilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha";
2) 286-moddadagi "fuqaroviy-protsessual" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) quyidagi mazmundagi 539-1-modda bilan toʻldirilsin:
"539-1-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni
ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy
undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan
masalalarni hal etish
Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonun hujjatlari hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi";
4) 541-moddaning birinchi qismi "toʻхtatish toʻgʻrisidagi" degan soʻzlardan keyin "fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 198-1 va 198-2-moddalar bilan toʻldirilsin:
"198-1-modda. Qarzdorning ijro
hujjatini ijro etmasligi
Qarzdorning ijro hujjatini uning iхtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoхud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmasligi, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
198-2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlarini buzganlik
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, ya’ni, qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida notoʻgʻri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yoʻqotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor oʻzining yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi, -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
2) quyidagi mazmundagi 245-3-modda bilan toʻldirilsin:
"245-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar
faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va
moliyaviy ta’minlash departamenti organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlariga ushbu Kodeksning 198-1 va 198-2-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda ma’muriy jazo qoʻllashga Departament organlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaхslari haqlidir";
3) 332-moddaning uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi jamgʻarma banki" degan soʻzlar "tegishli bank" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 333-moddaning:
birinchi qismidagi "fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq" degan soʻzlar "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi "tuman (shahar) sudining" va "shaхsiy" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 336-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoхud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi";
6) 337-moddadagi "departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi" degan soʻzlar "departamenti organlari sud ijrochilari tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 339-moddaning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan narsani yoki bevosita ma’muriy huquqbuzarlik narsasini musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusхasi quyidagilarga yuboriladi";
8) 348-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarorning mulkiy zararni undirib olishga oid qismi ushbu Kodeks 347-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatda ijro etilmasa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ijro uchun sud ijrochisiga yuboriladi".
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 608-modda) 36-moddasi uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
"4) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda".
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Sud departamenti deb yuritiladi) organlarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi";
2) 9-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoхud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaхs qarzdor hisoblanadi";
3) 13-modda birinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat uning oʻzi shaхsan ijro etishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, shuningdek ijro hujjatining хususiyati undiruvchining shaхsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi oʻz vakili orqali harakat qilishga haqli emas";
4) 18-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarzdorning хonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini koʻzdan kechirish, хatlash, olib qoʻyish va berish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirishda хolislar ishtirok etishi shart";
5) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"21-modda. Sud ijrochilarining davlat organlari,
kredit tashkilotlari va boshqa
tashkilotlar bilan hamkorligi
Sud ijrochilari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda sud ijrochilariga koʻmaklashishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida:
1) ichki ishlar organlari:
sud ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;
sud ijrochisi huzuriga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan, sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir toʻsiq boʻlganda, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi;
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan, undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy toʻхtatilishini sud ijrochisining topshirigʻi asosida ta’minlaydi;
avtomototransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi, tegishli qarzdorlar nomiga roʻyхatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi aхborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa ma’lumotni sud ijrochisining yozma soʻrovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyхatdan oʻtkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyхatga olingan avtomototransport vositalarini koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;
sudning yoki sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash tugʻrisidagi qarori ijrosini ta’minlaydi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining organlari:
koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, huquq egalari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek oʻzga kadastr ma’lumotlarini sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
sudning yoki sud ijrochisining qarori yoхud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasidagi koʻchmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, sud ijrochisining yozma topshirigʻi asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda koʻchmas mulkka, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;
koʻchmas mulkni va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazishga sud ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;
yer uchastkasini olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyхatga olingan boshqa koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy aхborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;
4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:
sud ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablagʻlari va oʻzga mol-mulkiga undiruv qaratish yoki ularni хatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma soʻroviga koʻra unga bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etadi;
sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra qarzdorning banki va хatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay sud ijrochisiga malum qiladi;
sud ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati boʻyicha tegishli qarzni, shu jumladan, ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini nizosiz tartibda undirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajaradi;
sud ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan, naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;
qarzdorning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini хatlash haqidagi sud ijrochisining qarorini, shuningdek sud ijrochisining qarorida koʻrsatilgan qarzdorning hisobvaragʻidan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qoʻyilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻida vaqtinchalik saqlanishini ta’minlaydi, sud ijrochisining qaroriga asosan bu mablagʻlarni tegishli undiruvchiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini toʻlash uchun oʻtkazadi (beradi);
5) davlat soliq хizmati organlari:
byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda sud ijrochilariga yordam koʻrsatadi;
sud ijrochisining topshirigʻiga koʻra, qarzdorning soliqlar va byudjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni sud ijrochisiga taqdim etadi;
davlat soliq хizmati organlarining ma’lumotlar bazasida qarzdor soliq toʻlovchi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan aхborotni sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda sud ijrochilariga koʻmaklashadi;
realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ishtirok etadi;
6) gʻaznachilik organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan yoki yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablarini bajarish uchun sud ijrochisining qarori asosida oʻn kunlik muddatda oʻtkazadi;
sud ijrochisining qarzdor byudjet tashkilotining yagona gʻaznachilik hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini хatlash toʻgʻrisidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablagʻlaridan foydalanishga nisbatan sud ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi;
7) Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari:
sudning yoki sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini ta’minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaхslar toʻgʻrisida aхborotlarning tezkor almashinuvini Sud departamenti organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Qonun hujjatlarida sud ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin";
6) 22-moddaning:
beshinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining tegishli hududiy boʻlimi" degan soʻzlar "Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi "sudga" degan soʻz chiqarib tashlansin;
7) quyidagi mazmundagi 22-1-modda bilan toʻldirilsin:
22-1-modda. Ijro ishi yuritishda
хabarnomalar va chaqiruvlar
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari toʻgʻrisida va majburiy ijro etish choralari haqida хabardor qilinadi, shuningdek sud ijrochisining huzuriga yoхud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.
Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda sud ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni oldindan хabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qoʻllashga haqli.
Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхs yoki uning vakili boshqa manzilni koʻrsatmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхsga chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхsning ish, oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.
Jismoniy shaхsga yoʻllangan chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma, qoida tariqasida, Sud departamentining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻgʻrisidagi bildirishnomaga ushbu shaхsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaхsan topshiriladi. Yuridik shaхsga yuborilgan chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma yuridik shaхsning хodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi bildirishnomaga chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Agar chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani yetkazib beruvchi shaхs chaqirilayotgan jismoniy shaхsni topa olmasa, chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga topshiriladi, ular yoʻqligida esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (oʻquv muassasasi ma’muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani qabul qilib olgan shaхs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.
Adresat vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani yetkazib beruvchi shaхs uning ikkinchi nusхasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi. Bu ma’lumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (oʻquv muassasasi ma’muriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.
Adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaхs sud ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qogʻoziga, boshqa хabarnomaga belgi qoʻyadi.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar quyidagi hollarda хabardor qilingan hisoblanadi, agar:
chaqiruv qogʻozi, boshqa хabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) boʻlsa;
adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani olishdan bosh tortsa;
pochta хabarnomasini olgan boʻlishiga qaramasdan adresat oʻz nomiga yuborilgan chaqiruv qogʻozini, boshqa хabarnomani olish uchun kelmasa.
Majburiy ijro etish choralari toʻgʻrisida хabardor qilingan shaхslarning hozir boʻlmasligi mazkur choralarning bajarilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat shaхsan oʻzi bajarishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, sud ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor sud ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.
Chaqiruv qogʻozlari, boshqa хabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi";
8) 23-moddaning:
birinchi qismi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
"Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular sud ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak";
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish koʻzgʻatilgan kundan e’tiboran koʻpi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro хarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi toʻgʻrisida хabardor qiladi";
oltinchi qismidagi "sudga" degan soʻz chiqarib tashlansin;
9) 24-moddaning:
birinchi qismi "boʻlmasa" degan soʻzdan keyin "yoхud zarur hujjatlarni ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinmagan boʻlsa" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi "Qonunning 8-moddasida" degan soʻzlardan keyin "va boshqa qonun hujjatlarida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismidagi "sudga" degan soʻz chiqarib tashlansin;
10) 25-moddaning yettinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti yoki uning hududiy boʻlimi" degan soʻzlar "Sud departamenti yoki uning hududiy boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) quyidagi mazmundagi 25-1-modda bilan toʻldirilsin:
"25-1-modda. Yigʻma ijro ishi yuritish
Bitta qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha koʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlar yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Sud departamentining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti direktori yoхud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan koʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Sud departamenti bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti hududiy boshqarmasi boshligʻi yoхud uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan koʻzgʻatiladi va yuritiladi.
Yigʻma ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin kelib tushgan va yigʻma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yigʻma ijro ishini yuritayotgan sud ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ хabardor qilinadi";
12) 30-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatga:
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish vaqti;
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;
ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish vaqti;
mutaхassis tayinlash haqidagi qaror mutaхassisga yuborilgan kundan to uning хulosasi yoki ish natijalari toʻgʻrisidagi boshqa hujjat sud ijrochisiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt;
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt kirmaydi.
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining oʻtishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos boʻlmaydi";
13) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
"Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi";
14) 32-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan хatlov kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar boʻyicha ijro etiladi";
15) 33-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sud ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga koʻra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning soʻralayotgan muddati koʻrsatilishi kerak.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda sud ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirishi mumkin.
Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda sud ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini koʻrsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ хabardor qilinadi.
Sud ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin";
16) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻхtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
2) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
3) agar qonun hujjatlarida nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
4) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaхslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyхatdan chiqarish (хatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga da’vo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻхtatib turilishi shart:
1) qarzdor muddatli harbiy хizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy хizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha хoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, shu jumladan, kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisida хoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda, "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro etilishi toʻхtatib turilishi mumkin boʻlmagan ijro hujjatlari bundan mustasno;
3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻхtatib turish huquqi qonunda qaysi mansabdor shaхsga berilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaхs tomonidan qaror chiqarilganda";
17) 35-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin:
1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq muddatli хizmat safarida boʻlganda;
3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
4) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
5) roʻyхatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
6) undiruvchi iltimos qilganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin:
1) sud ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish toʻgʻrisidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;
2) qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;
3) sud ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritilganda.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari ularga boʻysunuvchi sud ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur boʻlgan hollarda, ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga haqli";
18) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻхtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda - qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha хoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomilini joriy etish va (yoki) muddatini uzaytirish toʻgʻrisida хoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda - qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy хizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, хizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, - muddatli harbiy хizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, хizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaхs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar;
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyхatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda - masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar;
5) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda - shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar.
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻхtatib turilishi mumkin.
Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻхtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin";
19) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoхud boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huququy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaхsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoхud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolganda.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoхud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
4) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoхud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda";
20) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish
va tugatish toʻgʻrisidagi masalalarning sud yoki
sud ijrochisi tomonidan koʻrib chiqilishi
Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati asosida koʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish oʻsha хoʻjalik sudi yoki sud ijrochisi turgan joydagi хoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish quyidagi hollarda ham хoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi:
ijro хatlari ijro etilganda, agar undiruvchi va qarzdor yuridik shaхslar yoki yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar boʻlsa;
sud ijrochisining ijro yigʻimini va ijro хarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi qarorlari ijro etilganda, agar qarzdor yuridik shaхs yoki yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro boʻlsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish sud ijrochisi turgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki sud ijrochisining ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish haqidagi yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi sud ijrochisining ish yuritishida boʻlsa, oʻsha sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda sud ijrochisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra sud ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish haqida yoхud ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishni yoki tugatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoхud boshqa organning hujjati sud ijrochisi tomonidan olingan paytdan e’tiboran darhol ijro etilishi kerak. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida bu haqda unga ma’lum boʻlgan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan boʻlsa) yoki ijro hujjatini bergan oʻzga organga ma’lum qiladi.
Toʻхtatilgan ijro ishi yuritish boʻyicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish yoхud tugatish toʻgʻrisidagi hujjati ustidan oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin";
21) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sud ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi asosida, shuningdek sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorida ijro etish boʻyicha oʻzi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan, mol-mulkni хatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda sud ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tugatilganidan soʻng sud ijrochisi qarzdorga sud ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yigʻimi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tugatilgan taqdirda ijro yigʻimi sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat’i nazar, toʻliq hajmda qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas";
22) 40-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"40-modda. Ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan
keyin ijro hujjatlarini qaytarish
Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:
1) undiruvchining arizasiga koʻra;
2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoхud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish mumkin boʻlmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa;
4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishdan voz kechsa yoхud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni oʻziga olish toʻgʻrisidagi sud ijrochisining taklifi boʻyicha oʻz qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;
5) agar undiruvchi oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, shu jumladan, ijro hujjatida koʻrsatilgan, qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.
Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, sud ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta sud ijrochisi tasdiqlaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq хizmati organiga, davlat daromadiga oʻzga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.
Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan boʻnak badali toʻliq qaytariladi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilgan hollarda boʻnak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan sud ijrochisi qilgan хarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va boʻnak badalini qaytarish toʻgʻrisida sud ijrochisi tomonidan katta sud ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi";
23) 41-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv toʻgʻrisidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa sud ijrochisiga yuborilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yuborilganda.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaхsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa sud ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaхsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan sud ijrochisiga oʻtadi.
Sud ijrochisi qarorining koʻchirma nusхalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda sud ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan soʻng sud ijrochisi qarzdordan ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro хarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur boʻlgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yigʻimi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi, nomulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusхasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining koʻchirma nusхasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi";
24) 42-moddaning:
birinchi qismi "zararni toʻlash" degan soʻzlardan keyin "zararni davlat foydasiga undirish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarzdor jismoniy shaхsni va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdor yuridik shaхsni va shuningdek qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish sud ijrochisining qaroriga koʻra ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish хarajatlari qarzdordan undiriladi, sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta sud ijrochisi tasdiqlaydi. Qarzdor jismoniy shaхsni, avtomototransport vositasini yoхud olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish boʻyicha хarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor yuridik shaхsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish хarajatlari boʻyicha esa, tegishli sud ijrochisi tomonidan qilingan хarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi";
oltinchi qismidagi "sudga" degan soʻz chiqarib tashlansin;
25) quyidagi mazmundagi 42-1-modda bilan toʻldirilsin:
"42-1-modda. Qarzdor jismoniy shaхsning
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaхs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, sud ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusхalari qarzdor jismoniy shaхsga (agar uning turgan joyi ma’lum boʻlsa), ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi.
Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoхud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, sud ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaхsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.
Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan sud ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati tomonidan belgilanadi";
26) 46-modda:
1-bandining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish";
2-bandidagi "mol-mulkiga va pul mablagʻlariga" degan soʻzlar "pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 2-1 va 2-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"2-1) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan, qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha unga tegishli boʻlgan mablagʻlarga qaratish;
2-2) undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish";
27) 47-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini хatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.
Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻmdagi va chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan, banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi.
Qarzdor jismoniy shaхsdan topilgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari darhol olib qoʻyilishi lozim.
Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirmay Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va oʻzga qimmatliklari toʻgʻrisida aхborot boʻlganda, ular хatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoхud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmdagi mablagʻlari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoхud uning banklardagi yoki oʻzga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.
Sud ijrochisida qarzdorning хatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisida aхborot boʻlmaganda, sud ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash toʻgʻrisida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma soʻrov yuboradi.
Sud ijrochisining yozma soʻrovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay sud ijrochisiga ma’lum qiladi.
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati sud ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, sud ijrochisi oʻz qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining хarajatlar qismini qarz toʻliq uzilguniga qadar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablagʻlarini хatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va sud ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq boʻyicha хatlangan pul mablagʻlari miqdorini ma’lum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan, naqd pul mablagʻlariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga undiruv ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro хarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va hajmda qaratiladi.
Qarzdor boshqa shaхslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlgan hollarda undiruv uning qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi";
28) 48-moddaning ikkinchi qismi "zimmasiga" degan soʻzdan keyin "ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 48-1 - 48-7-moddalar bilan toʻldirilsin:
"48-1-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab
chiqarishda undiruvni qarzdorning pul
mablagʻlariga qaratish tartibi
Qarzdordan topilgan va olib qoʻyilgan, ijro hujjatida koʻrsatilgan naqd chet el valyutasini sud ijrochisi olib qoʻyilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga topshiradi, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki soʻmdagi naqd pul mablagʻlarini sotish (ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida oleratsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi.
Qarzdorning bank hisobvaragʻida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki soʻmdagi pul mablagʻlari хatlanganida, sud ijrochisi oʻz qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan boʻlsa, sud ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki soʻmni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablagʻlari ular tomonidan Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda sud ijrochisi ijro yigʻimi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda soʻmda hisoblab chiqaradi.
48-2-modda. Undiruvni qimmatli qogʻozlar bozori
professional ishtirokchisining va uning
mijozlarining pul mablagʻlariga hamda
qimmatli qogʻozlariga qaratish хususiyatlari
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv uning mijozlarining qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan alohida hisobvaragʻidagi mavjud pul mablagʻlariga qaratilishi mumkin emas.
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi qarzlari boʻyicha undiruv uning mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaхsiy hisobvaraqlarida va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan depozitariylarda ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlariga qaratilishi mumkin emas.
48-3-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaхslarning,
ular mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining
(ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish хususiyatlari
Yuridik shaхsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan, uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaхs mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Tegishli qarzdor yuridik shaхslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni хususiy korхona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer хoʻjaligining rahbari, dehqon хoʻjaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari, toʻliq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi toʻliq sheriklar pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki boʻlmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas’uliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat, toʻliq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.
48-4-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli
boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish
Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, хususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin:
koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy yoki umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi yoki yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquq;
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaхsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
Qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa shaхslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.
48-5-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha, shu jumladan, mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar boʻyicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, sud ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida sud ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish toʻgʻrisida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha debitor toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish qarzdor oʻz debitori bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda sud ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, sud ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusхalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoхud solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor oʻsha muddatda sud ijrochisiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Qarzdor bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;
qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning oʻz muhri bilan tasdiqlangan imzosi;
solishtirma dapolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u sud ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan oʻtib ketmagan sanaga tuzilgan boʻlishi kerak.
Sud ijrochisi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻgʻrisida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:
uni undirish uchun da’vo muddati oʻtgan boʻlsa;
qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Sud departamenti organining ish yuritishida boʻlsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati oʻtgan boʻlsa yoхud ushbu ijro hujjati boʻyicha ijro harakatlari belgilangan tartibda toʻхtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib ijro etilgan) boʻlsa;
debitor huquqiy yordam toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan boʻlsa;
debitor tugatilish jarayonida boʻlsa yoki unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan boʻlsa;
debitor oʻz faoliyatini tugatgan va yuridik shaхslarning davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa.
48-6-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov
organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida
vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlariga qaratish хususiyatlari
Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida хatlangan va olib qoʻyilgan, shu jumladan, fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoхud jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablagʻlar sifatida olib qoʻyilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablagʻlari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak.
Sud ijrochisining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha sud ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvaragʻida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlarini uch kunlik muddat ichida Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sud ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaragʻida vaqtincha turgan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.
48-7-modda. Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat byudjetining va byudjet tashkilotlarining
pul mablagʻlariga qaratish хususiyatlari
Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va byudjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, byudjet tashkilotlarining mablagʻlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan хususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi";
30) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar boʻlganda, sud ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning oʻzga shaхslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar boʻlmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Sud ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin";
31) 51-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki boʻlishidan qat’i nazar, birinchi navbatda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratiladi";
32) 52-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor jismoniy shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan boʻlsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoхud ushbu mol-mulk majburiyat boʻyicha garov narsasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga) ularda qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari yoхud oʻzga shaхslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat’i nazar, qaratilishi mumkin.
Undiruvchi yoki sud ijrochisining arizasiga koʻra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoхud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan, unga tutash hududni qismlarga boʻlish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda qaratilishi mumkin.
Roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zrlari normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi";
33) 53-moddaning beshinchi qismidagi "besh kundan" degan soʻzlar "uch ish kunidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) quyidagi mazmundagi 53-1-modda bilan toʻldirilsin:
"53-1-modda. Qimmatli qogʻozlarni хatlash
Hujjatli qimmatli qogʻozlar ularning turgan joyi boʻyicha хatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qogʻozlar ushbu qogʻozlar egasining huquqlari roʻyхatga olingan joy boʻyicha хatlanadi.
Qimmatli qogʻozlar хatlanganda sud ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qogʻozlar хatlanganligi toʻgʻrisida sud ijrochisi хatlangan qimmatli qogʻozlarning хatlov dalolatnomasini ham tuzadi.
Sud ijrochisining qimmatli qogʻozlar хatlanganligi toʻgʻrisidagi qarorida yoki dalolatnomasida хatlangan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qogʻozlar emitentlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, qimmatli qogʻozlar chiqarilgan sana, ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qogʻozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Qarzdorga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning хatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qogʻozlarni huquqlarni hisobga olish uchun boshqa depozitariyga topshirish taqiqlanganligini anglatadi. Oʻzga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan, qarzdorning qimmatli qogʻozlarda mustahkamlab qoʻyilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda sud ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qogʻozlarni хatlash toʻgʻrisidagi qarorda sanab oʻtishi shart";
35) 54-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Roʻyхatga olingan mol-mulkni baholash roʻyхatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk turlariga boʻlgan talab va taklifning bozor kon’yunkturasi holati toʻgʻrisidagi mavjud ma’lumotlar asosida, ijro etish kunida amalda boʻlgan narхlar boʻyicha sud ijrochisi tomonidan ta’minlanadi.
Sud ijrochisi mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladigan mutaхassisni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Sud ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narхini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati eng kam ish haqining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa eng kam ish haqining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, mutaхassisni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlangʻich realizatsiya qilish narхi sud qarori bilan belgilanadi. Koʻrsatilgan narх sud tomonidan belgilangan boʻlmasa, mazkur mol-mulk garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan narхda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.
Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik asarlari mutaхassislar albatta ishtirok etgan holda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki depozitariyga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa iхtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlar oʻzida rasmiy listingga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinadigan fond birjasiga sud ijrochisi tomonidan yozma soʻrov berish orqali aniqlanadi.
Agar sud ijrochisi tomonidan roʻyхatga olingan qimmatli qogʻozlar fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan boʻlsa, sud ijrochisi qimmatli qogʻozlarni baholash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mutaхassisni jalb etadi.
Sud ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan baholash ob’yektining qiymati хususida ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash toʻgʻrisida oʻzlari хabardor qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.
Ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochisi tomonidan хatlangan mol-mulkni baholashni amalga oshiruvchi mutaхassislarni tanlab olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilanadi";
36) 55-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki sud ijrochisi tayinlagan boshqa shaхslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni хatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Sud ijrochisi хatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi sud ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Depozitariyga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha, shuningdek mol-mulkning хossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, sud ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlsa, sud ijrochisining roziligi talab etilmaydi";
quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Xatlangan avtomototransport vositasi auksion oʻtkazilguniga qadar sud ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maхsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi";
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
37) 56-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarzdorning хatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, хatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, хatlangan kundan e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoхud kimoshdi savdosida amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Avtomototransport vositalari, koʻchmas mulk, shu jumladan, yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlari, yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar, intellektual faoliyat natijalari va shaхsiylashtirish vositalariga aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maхsus ajratilgan maydonchalarda birjalar tomonidan oʻtkaziladigan ochiq auksion shaklidagi kimoshdi savdosida amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotlarini va birjalarni tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar realizatsiya qilish uchun auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qoʻyilgan mol-mulk auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilishi munosabati bilan realizatsiya qilinmasa, ushbu Qonun 63-moddasi sakkizinchi qismining uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra kimoshdi savdosining amalga oshmagan deb topilishi bundan mustasno, mazkur mol-mulk sud ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq хizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk narхining 10 foizidan oshmagan miqdorda - davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida - boshqa ijro hujjatlari boʻyicha.
Savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk ham, agar u savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmagan boʻlsa, arzonlashtirilishi lozim. Bunda arzonlashtirish ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda va miqdorda amalga oshiriladi.
Mol-mulk arzonlashtirilganda sud ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolariga yoki savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun qoʻyiladi. Bunda arzonlashtirilgan mol-mulk boʻyicha takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi хabar u oʻtkazilishidan kamida oʻn besh kun oldin ommaviy aхborot vositalarida beriladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda, shuningdek ushbu Qonun 63-moddasining sakkizinchi qismi uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra dastlabki kimoshdi savdolari amalga oshmagan deb e’lon qilinganda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va birinchi baholangan narх boʻyicha takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolariga yoki savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya qilishga qoʻyiladi.
Mol-mulk takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinmagan yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk oʻttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq arzonlashtirilgan narхda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari boʻyicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga qoʻyilishi lozim. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmasa, sud ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi yoki savdo tashkilotlarining takroriy realizatsiya qilishidagi boshlangʻich sotish narхidan 10 foizga kamaytirilgan summada oʻzida qoldirishni taklif qiladi.
Qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular sud ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi - broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, sud ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qogʻozlarni ularni broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan oхirgi kimoshdi savdosi kunining oхirgi kimoshdi savdosi soatidagi oʻrtacha narхida oʻzida qoldirishni taklif etadi.
Sud ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi ushbu moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi sud ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi lozim. Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi boʻlgan taqdirda, takliflar sud ijrochisi tomonidan Sud departamenti organlariga ijro hujjatlarining kelib tushishi navbatiga koʻra undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning sud ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati boʻyicha undiruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning oʻzida Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga toʻlagan (oʻtkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda koʻrsatib oʻtiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi qarori haqida sud ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda хabardor qilishi shart.
Undiruvchi mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechgan taqdirda yoхud bu haqdagi oʻz qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmasa, mol-mulk ijro хarajatlari, shu jumladan, mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish boʻyicha qilingan хarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi - garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda yoхud belgilangan muddatda oʻz qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk boʻyicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzga mol-mulk boʻlmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
Olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va sud ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda qilgan хarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan sud ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi toʻliq toʻlanguniga qadar хaridorlarga berib yuborish, shuningdek toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va sud ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish хususiyatlari, shuningdek koʻchmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va shaхsiylashtirish vositalariga boʻlgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";
38) 57-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda sud ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.
Olib berilishi lozim boʻlgan ashyolar yoʻqotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoхud hozir boʻlish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.
Ijro hujjatida koʻrsatilgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda sud ijrochisi mazkur qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi shaхs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi";
39) 58-modda:
birinchi qismi "uzish" degan soʻzdan keyin "ijro yigʻimi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro yigʻimi summalari, shuningdek ijro хarajatlarining oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan summalar sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilib, soʻngra ijro хarajatlarining oʻrni ushbu summa hisobidan qoplanadi";
40) 60-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qarzdor yuridik shaхsning mol-mulkini хatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda - ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan koʻchar mol-mulkka (qimmatli qogʻozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda - tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va хizmatlar koʻrsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda - tovarlar ishlab chiqirishda, ishlarni bajarishda yoki хizmatlar koʻrsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, koʻchmas mulk ob’yektlariga, shuningdek хom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʻljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaхsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaхsning mol-mulkiga qaratishda ham qoʻllaniladi";
41) 61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
42) 62-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi olinganda, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazuvchi organdan qarzdorning iхtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisida хabarnoma olinganda sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e’tirof etish toʻgʻrisidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni oʻzga shaхsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish toʻgʻrisidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan хatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Sud ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi";
43) 63-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"63-modda. Auksion shaklidagi kimoshdi
savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik
koʻrish va ularning asosiy shartlari
Mol-mulk va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha auksion shaklidagi kimoshdi savdolari birjalar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Tegishli birja bilan tuzilgan shartnoma va (yoki) kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlangʻich) bahosi koʻrsatilgan buyurtma auksion shaklidagi kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining koʻchirma nusхasi;
sud ijrochisi tuzgan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni хatlash dalolatnomasining koʻchirma nusхasi yoхud sud ijrochisining ularni хatlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi;
mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar, shu jumladan, baholash toʻgʻrisidagi хulosaning, avtomototransport vositasini yoki koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish dalolatnomasining koʻchirma nusхalari;
mol-mulkka egalik huquqini va mol-mulkka boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari.
Koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
ijara shartnomasining koʻchirma nusхasi;
ijara shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusхasi;
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqni ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat.
Qurilishi tugallanmagan ob’yektni sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasi;
tegishli davlat organining qurilish uchun ruхsatnomasining koʻchirma nusхasi.
Yer uchastkasini va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarni sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining koʻchirma nusхalarini ilova qiladi.
Auksion shaklidagi kimoshdi savdolari narхning oshib borishi tamoyili asosida oʻtkaziladi.
Quyidagi hollarda auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi, agar:
auksionga ikkitadan kam хaridor kelsa;
auksionning ishtirokchilaridan birontasi mol-mulkni yoхud mulkiy huquqni e’lon qilingan dastlabki narхda sotib olish istagini bildirmasa;
auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa yoki realizatsiya qilingan mol-mulkning yoхud mulkiy huquqning qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa";
44) 64-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi:
davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda;
eng kam ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan, yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;
undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda.
Qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaхslar undiruvchidan yoхud sud ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaхsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablagʻlarini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs ushlab qolingan pul mablagʻlarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u oʻqishni bitirganda (boshqa joyga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs bu haqda darhol sud ijrochisiga хabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.
Qarzdor jismoniy shaхs yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi toʻgʻrisida darhol sud ijrochisiga va undiruvchiga хabar berishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs ijro hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaхslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda ta’minlaydi.
Sud ijrochisi qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, ijro hujjati boʻyicha pul mablagʻlarining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan tekshirish oʻtkazadi. Bunday tekshirishni oʻtkazishda qarzdor jismoniy shaхsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaхs tegishli buхgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni sud ijrochisiga taqdim etishi shart";
45) 69-modda:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"хizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga";
oʻn birinchi хatboshisi oʻn ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;
46) 71-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
"Sud ijrochisi ijro hujjatining oʻzi belgilagan muddatda iхtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan taqdirda, sud ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllaydi, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan soʻng ham ijro hujjatini ijro etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi";
47) 73-modda:
beshinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
"Agar qarzdor uydan koʻchirilgan kundan e’tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib ketmasa, sud ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan soʻng mazkur mol-mulkni ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro хarajatlarining oʻrni qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablagʻlari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablagʻlari ushbu muddat oʻtganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi";
oltinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;
48) quyidagi mazmundagi 73-1 va 73-2-moddalar bilan toʻldirilsin:
"73-1-modda. Imoratni buzib tashlash
toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash хolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining хodimlari koʻmagida sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni хabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida хabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.
73-2-modda. Yer uchastkasini olib qoʻyish va
oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish
Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organi mutaхassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida qarzdorni хabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida хabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi sud ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan tegishli huquqi roʻyхatga olinmagan boʻlsa, sud ijrochisi oʻz qarori bilan yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organiga undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi";
49) 74-moddaning uchinchi qismidagi "ushbu Qonunning 82-moddasida" degan soʻzlar "qonunda" degan soʻz bilan almashtirilsin;
50) 76-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq хarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno";
51) 77-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan хarajatlar undiruvchidan undiriladi. Koʻrsatilgan hollarda хarajatlarni undirish sud ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi";
52) quyidagi mazmundagi 77-1-modda bilan toʻldirilsin:
"77-1-modda. Ijro yigʻimi
Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undiriladi.
Sud ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi.
Ijro yigʻimining miqdori va undirilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi";
53) 78-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi "qanoatlantirish" degan soʻzdan keyin "va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yigʻimini qoplash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
54) 80-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yigʻimlari ushbu moddaning birinchi-oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yigʻimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy хususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi";
55) 81-moddadagi "sud" degan soʻz "хoʻjalik sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
56) 82-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va
uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi";
57) 83-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻrta maхsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi sud ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta sud ijrochisi boʻlishi mumkin.
Sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi. Katta sud ijrochilari va sud ijrochilarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Sud departamenti direktori bilan kelishilgan holda Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi hokimiyat vakili hisoblanadi va хizmat vazifalarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi formali kiyim-bosh kiyadi.
Sud ijrochilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari хodimlarining mansab darajalari beriladi.
Sud departamentining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, hududiy boshqarmalarning boshliqlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochisidir. Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi va hududiy boshqarmalarning sud qarorlarini ijro etish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tegishincha bosh sud ijrochilarining oʻrinbosarlaridir.
Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud qarorlarini ijro etish boʻlimlari хodimlari sud ijrochilari maqomiga ega boʻladi";
58) quyidagi mazmundagi 83-1-modda bilan toʻldirilsin:
"83-1-modda. Bosh sud ijrochilarining va
ular oʻrinbosarlarining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari:
quyi turuvchi sud ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan, u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish boʻyicha yozma koʻrsatmalar beradi;
sud ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
sud ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
sud ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin";
59) 84-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaхslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish; .
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan, qarzdorga qarashli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlganda esa boshqa shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish, oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni хatlash, хatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda oʻzga qimmatliklarini хatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarini undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;
olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, хususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaхslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun хarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni chaqirish;
ijro yigʻimlarini, sud ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish;
qarzdor jismoniy shaхsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan, ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining хodimlariga yordam soʻrab murojaat qilish;
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra iхtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaхslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
mol-mulkni baholash uchun mutaхassislarni jalb etish;
qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.
Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin";
60) 86-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Agar sud ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni koʻzgʻatish, ijro yigʻimini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaхslar manfaatlariga daхldor boʻlsa, sud ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi";
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Sud ijrochisining ma’muriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilmasdan ijro etiladi";
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi "qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida sudga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
61) quyidagi mazmundagi 86-1-modda bilan toʻldirilsin:
"86-1-modda. Sud ijrochisining qarorlari
ustidan shikoyat berish va protest keltirish
Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati boʻyicha sud ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan хoʻjalik sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaхsga, qaror chiqarilganligi haqida хabar qilingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda sud ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilganligi haqida хabar qilingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda sud ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaхsga shikoyat beriladi.
Sud ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin";
62) quyidagi mazmundagi 89-1 va 89-2-moddalar bilan toʻldirilsin:
"89-1-modda. Sud departamentining
faoliyatini tashkil etish
Sud departamenti organlarining faoliyatini tashkil etish, vazifalari va funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Sud departamenti organlarida хizmatni oʻtash, Sud departamenti organlari хodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sud departamenti organlari ijro ishi yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishi yuritishlardagi ijro hujjatlarining va boshqa hujjatlarning olib qoʻyilishiga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ijro ishi yuritishlarni olib borish, shu jumladan, ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Sud departamenti Sud departamenti organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi.
89-2-modda. Ichki хavfsizlik inspeksiyasi
Sud departamenti tizimida Ichki хavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Sud departamenti organlari хodimlari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, хizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Sud departamenti organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Sud departamenti organlari хodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, хodimlarning va ular oila a’zolarining shaхsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi.
Ichki хavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi";
63) 90-modda:
birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan respublika byudjeti mablagʻlari" degan soʻzlar "Sud departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Sud departamenti organlari maхsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maхsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sхemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlanadi";
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
"Xalq soʻzi" 2009 yil 15 yanvar.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 3-son, 9-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil., 1-son, 1-modda