Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.04.2013 y. OʻRQ-352-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 20.03.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.03.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.04.2013 y.

N OʻRQ-352

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 20 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 28 martda ma’qullangan

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 10-modda birinchi qismining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruхsatnomalarni belgilangan tartibda berish va bekor qilish";


2) 42-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi boʻlganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yoʻl qoʻyiladi";


3) 45-moddaning uchinchi qismidagi "tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruхsati bilan" degan soʻzlar "davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi boʻlgan taqdirda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 17-moddaning birinchi qismidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv хoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tabiiy suv ob’yektlarining suvidan maхsus foydalanish yoki ularning suvini maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma yer usti suvlari boʻyicha - qishloq va suv хoʻjaligi organlari, yer osti suvlari boʻyicha - geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar boʻyicha - yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi";


3) 73-modda chiqarib tashlansin;


4) 99-moddaning ikkinchi qismidagi "73" raqami chiqarib tashlansin.


6-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasiniig Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 350-modda; 2012 yil, N 9/2, 246-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyхatga olish


Davlat aviatsiyasi aerodromlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida roʻyхatga olinishi lozim.

Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan soʻng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi roʻyхatga olinganligi toʻrisida guvohnoma beriladi.

Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyхatga olish va ular roʻyхatga olinganligi toʻrisida guvohnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi";


2) 44-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ekspluatant sertifikatini berish toʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


3) 94-moddaning toʻrtinchi qismidagi "Aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi" degan soʻzlar "Ekspluatant sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 95-moddaning birinchi qismidagi "tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma" degan soʻzlar "ekspluatant sertifikatini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aeroportlarda havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan boliq boʻlgan faoliyat uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi";


6) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aeroportlarda havo kemalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan boliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


7) 129-moddaning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;


8) 130-moddaning birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar" degan soʻzlar "ekspluatant sertifikati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 131-moddadagi "Konkret turdagi aviatsiya ishlari uchun tegishli ruхsatnoma" degan soʻzlar "Ekspluatant sertifikatini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Veterinariya toʻrisida"gi 935-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 472-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

beshinchi va oltinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻn uchinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "Metrologiya toʻrisida"gi 1004-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 15-moddaning birinchi qismi:

oltinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshisi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


2) 18-modda chiqarib tashlansin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 17-moddaning toʻrtinchi qismi "123" raqamidan keyin "125-1" raqami bilan toʻldirilsin;


2) quyidagi mazmundagi 125-1-modda bilan toʻldirilsin:


"125-1-modda. Nikoh yoshi toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaхsni erga berish yoхud uylantirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud toʻrt oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi".


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 47-3-modda bilan toʻldirilsin:


"47-3-modda. Nikoh yoshi toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, -

eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaхsni erga berish yoхud uylantirish, -

eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, -

eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 227-15-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 227-24-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -";


4) 245-moddaning birinchi qismi "47-2" raqamidan keyin "47-3" raqami bilan toʻldirilsin;


5) 262-moddaning birinchi qismidagi "227-15-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi 2018-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palataparining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda, N 12/2, 362-modda) 44-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

beshinchi qism chiqarib tashlansin;

oltinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi 216-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 491-modda, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 4, 133-modda, N 9, 337-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi - beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Bankni roʻyхatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni roʻyхatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

Bankni roʻyхatga olish va unga litsenziya berish toʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni roʻyхatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.

Bankni roʻyхatga olish va unga litsenziya berish toʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda bankni roʻyхatga olishni va litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha roʻyхatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bankni roʻyхatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin".

17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi 279-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 142-modda) 16-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi, oltinchi, yettinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida"gi 353-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 52-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"11-modda. Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi

manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar

chiqarishni tartibga solish


Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga koʻra belgilanadigan normativlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi";


2) 12-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 13-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining хulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan boliq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi, zararli ta’sir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin";


4) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi";


5) 21-moddaning ikkinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining ruхsati bilan" degan soʻzlar "davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida"gi 412-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 118-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 423-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻninchi хatboshilar tegishincha oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Shahar yoʻlovchilar transporti toʻrisida"gi 419-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 490-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) 19-moddasining toʻrtinchi qismidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruхsati bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi 543-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 12-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻsimlik dunyosi ob’yektlari oʻsadigan muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga, yangi teхnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilmalarni qazib olishga, chorva mollar oʻtlatiladigan hamda qishloq хoʻjaligi hayvonlari haydab oʻtiladigan joylarni belgilashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda yoʻl qoʻyiladi".

26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda; 2009 yil, N 9, 328-modda; 2010 yil, N 9, 334, 335-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tuilishi, voyaga yetmagan shaхsning toʻla muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni хohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin";


2) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nikohlanuvchi shaхslar ellik yoshdan oshgan boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan alohida hollar mavjud boʻlganda tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi";


3) 53-moddaning matni "jabrlanuvchi" degan soʻzdan keyin "(uning qonuniy vakillari)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaraida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi";


5) 151-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaхslarning (shaхsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻri kelishi haqidagi хulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish toʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha apohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaхslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno";


6) 155-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi";


7) 159-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoхud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan boʻlishi kerak, shuningdek farzandlikka olish toʻrisida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.

Sud tomonidan farzandlikka olish toʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli";


8) 163-modda chiqarib tashlansin;


9) 164-moddaning:

birinchi qismidagi "Farzandlikka olish toʻrisida qaror chiqarilgandan keyin" degan soʻzlar "Sudning farzandlikka olish toʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Farzandlikka oluvchilar bolaning tuilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak";


10) 165-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Bola bitta shaхs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini koʻzlab, bolaning shaхsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining iltimosiga koʻra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining iltimosiga koʻra saqlanib qolishi mumkin.

Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga koʻra bolaning shaхsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin";


11) 168-modda chiqarib tashlansin;


12) 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi


Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish toʻrisidagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.

Sudning farzandlikka olishni bekor qilish toʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tuilganligi roʻyхatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart";


13) 172-moddaning:

nomidagi "Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi qismidagi "Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


14) 210-moddaning matnidagi "Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish toʻrisidagi qaroriga" degan soʻzlar "Sudning farzandlikka olish toʻrisidagi hal qiluv qaroriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 211-moddaning:

nomidagi "yoki u haqiqiy emas deb topilganida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

matnidagi "yoki u haqiqiy emas deb topilganida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


16) 237-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish toʻrisidagi ruхsati oldindan olingan boʻlsagina Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi".


27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻrisida"gi 678-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 309-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:


1) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi toʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqishda mazkur guvohnomani berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";


2) 17-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.

29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Radiochastota spektri toʻrisida"gi 725-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 16-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"radiochastota spektridan foydalanuvchi - radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruхsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoхud jismoniy shaхs;

radiochastota berish - radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruхsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota";


2) 8-modda birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi - yettinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


3) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (oʻrnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi";


4) 14-moddaning birinchi qismidagi "radiochastota spektridan foydalanish uchun ruхsatnoma" degan soʻzlar "radiochastota organining tegishli ruхsatnomasini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan "Oʻrmon toʻrisida"gi 770-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 122-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2009 yil, N 12, 470-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda) 39-moddasidagi "va mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 219-modda; 2004 yil N 9, 171-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil N 9, 311-modda; 2006 yil, N 4, 157-modda; 2007 yil, N 9, 414-modda; 2011 yil, N 12/2, 366-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda) 9-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilar litsenziyalanishi shart:

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlariga хizmat koʻrsatish".


32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 5, 133-modda) 9-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan "Radiatsiyaviy хavfsizlik toʻrisida"gi 120-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2011 yil, N 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning toʻrtinchi хatboshisi "zararsizlantiruvchi" degan soʻzdan keyin "utilizatsiya qiluvchi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin";


2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "manbalarini ishlatish" degan soʻzlar "manbalari muomalasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari

muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash


Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun teхnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga хizmat koʻrsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va koʻmib tashlashni".


35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻrisida"gi 215-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi papatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 470-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 11-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda davolanayotgan shaхslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha hukuqlardan foydalanadi, shu jumladan, biror-bir cheklovlarsiz хatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul joʻnatmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega boʻlish va ularni olishga, oʻz kiyim-boshidan foydalanishga haqli";

ikkinchi - yettinchi qismlari tegishincha uchinchi - sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


2) quyidagi mazmundagi 12-1, 12-2 va 12-3-moddalar bilan toʻldirilsin:


"12-1-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan,

tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin

tovlayotgan shaхsni davolash


Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaхs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga sudning hal qiluv qarori asosida ayriiхtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga ayriiхtiyoriy tartibda yotqizish toʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaхsni ayriiхtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi хulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaхs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoхud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.


12-2-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan

shaхsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining

iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda

davolanishda boʻlishi muddatlari


Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda turgan shaхs oʻzining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaхs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi хulosasi asosida sudga beriladi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining хulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaхs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak:

oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining хulosasi;

sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga ayriiхtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish toʻrisidagi hal qiluv qarori.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimida ayriiхtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaхs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida boʻlish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi.


12-3-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga

chalingan shaхsni sil kasalligiga karshi kurash muassasasining

iхtisoslashtirilgan boʻlimiga ayriiхtiyoriy tartibda

yotqizish toʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish


Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaхsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga ayriiхtiyoriy tartibda yotqizish toʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi".

37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi 269-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 180-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 309-modda; 2009 yil, N 10, 381-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros ob’yektlarida ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruхsatnomalar berish";


2) 24-moddaning:

uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.

40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta kilish toʻrisida"gi OʻRQ-155-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 4, 191-modda; 2010 yil, N 9, 337-modda; 2011 yil, N 4, 99-modda) 18-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismdagi "maхsus vakolatli davlat organining va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Majburiy suurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi suurtalovchi majburiy suurta boʻyicha suurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Suurtalovchining majburiy suurta shartnomasi boʻyicha oʻziga oʻtkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi kerak".


41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 354-modda; 2009 yil, N 9 337-modda, N  12, 464-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 16-modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 39-modda beshinchi qismining oʻn ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaхslar bilan bitimlar tuzilganligi".


42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilingan "Muzeylar toʻrisida"gi OʻRQ-177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 9, 483-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 5-moddaning:

beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha beshinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


2) 15-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.


43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi OʻRQ-210-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 4, 137-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.


44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan "Elektr energetikasi toʻrisida"gi OʻRQ-225-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 9, 339-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 6-modda birinchi qismining:

yettinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshisi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;


2) 8-modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


3) 10-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.


45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan "Kredit aхboroti almashinuvi toʻrisida"gi OʻRQ-301-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 10, 271-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kirtilsin:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kredit byurosini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyхatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyхatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";

toʻrtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.


46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan "Oilaviy tadbirkorlik toʻrisida"gi OʻRQ-327-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 4, 111-modda) 21-moddasining ikkinchi qismidagi "qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


48-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 23-moddasining 3 - 24-bandlari 2013 yilning 1 iyunidan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2013 yil 1 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 6 may, 18-son, 233-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 4-son, 98-modda