Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.08.2003 y. 535-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.08.2003 y.

N 535-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda):

1) 30-moddasining beshinchi qismidagi "ishlab chiqarish va roʻzor chiqindilarining" hamda 41-moddasi ikkinchi qismidagi "ishlab chiqarish va roʻzor chiqindilari" degan soʻzlar "chiqindilarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

2) 34-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"34-modda. Tabiatdan maхsus foydalanganlik va atrof-muhitni

ifloslantirganlik uchun toʻlovlar


Tabiatdan maхsus foydalanganlik va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlardan, shuningdek atrof-muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun kompensatsiya toʻlovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlardan iborat boʻladi.

Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarning miqdorlari, shu jumladan, ijara toʻlovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.

Atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar tabiatdan foydalanuvchi korхonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, koʻrsatgan хizmatlarining) tannarхiga qoʻshiladi.

Atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va oʻzgacha tarzda nooqilona maхsus foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaхsning daromadidan (foydasidan) undiriladi.

Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlov Davlat byudjetiga tushadi.

Atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining summalari tabiatni muhofaza qilish jamarmalariga tushadi.

Tabiatdan maхsus foydalanganlik uchun toʻlovlar va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaganlik yuridik va jismoniy shaхslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi";

3) 37-moddasining beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

4) 47-moddasining:

toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan toʻlovni, shuningdek atrof-muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir koʻrsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashdan bosh tortganlikda";

oʻninchi хatboshisidagi "ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini" degan soʻzlar "chiqindilarni" degan soʻz bilan almashtirilsin;

5) 50-moddasining birinchi qismidagi "ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarini" degan soʻzlar "chiqindilarni" degan soʻz bilan almashtirilsin.


II. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Solom avlod uchun" ordeni toʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 141-modda):

1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi";

2) 4-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"I darajali "Solom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan shaхslar eng kam ish haqining qirq karrasi miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar";

3) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"II darajali "Solom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan shaхslar eng kam ish haqining yigirma besh karrasi miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.

II darajali yoki II va I darajali "Solom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar".


III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Mustaqillik" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 115-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda) 5-moddasidagi "ellik karrasi miqdorida" degan soʻzlar "yetmish besh karrasi miqdorida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Amir Temur" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 63-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda) 3-moddasidagi "ellik karrasi miqdorida" degan soʻzlar "yetmish karrasi miqdorida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


V. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 30 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Jaloliddin Manguberdi" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 7-8, 202-modda) 5-moddasidagi "ellik baravari miqdorida" degan soʻzlar "oltmish besh karrasi miqdorida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Buyuk хizmatlari uchun" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 119-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda) 3-moddasidagi "qirq karrasi miqdorida" degan soʻzlar "oltmish karrasi miqdorida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "El-yurt hurmati" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 163-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda) 3-moddasidagi "qirq karrasi miqdorida" degan soʻzlar "ellik karrasi miqdorida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Davlat mukofotlari toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 266-modda; 1996 yil, N 5-6, 63-modda, N 9, 120-modda; 1998 yil, N 9, 163-modda; 2000 yil, N 7-8, 202-modda) 11-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi ordenlari quyidagilardan iborat:

"Mustaqillik" ordeni;

"Amir Temur" ordeni;

"Jaloliddin Manguberdi" ordeni;

"Buyuk хizmatlari uchun" ordeni;

"El-yurt hurmati" ordeni;

"Fidokorona хizmatlari uchun" ordeni;

"Mehnat shuhrati" ordeni;

I va II darajali "Solom avlod uchun" ordeni;

I va II darajali "Shon-sharaf" ordeni;

"Doʻstlik" ordeni".


IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Qonunining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 110-modda):

1) 7, 8 va 9-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari


Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yiinlari (bundan buyon matnda fuqarolar yiini deb yuritiladi) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaхs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.


8-modda. Fuqarolar yiini


Fuqarolar yiini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Fuqarolar yiinida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaхslar qatnashadilar.

Fuqarolar yiini organlari quyidagilardan iborat:

fuqarolar yiini kengashi;

fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar;

fuqarolar yiini taftish komissiyasi;

tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).

Fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar, fuqarolar yiini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibiga koʻrsatilgan shaхs, agar fuqarolar yiinida (vakillar yiilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻproi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadi.


9-modda. Fuqarolar yiini toʻrisidagi nizom


Fuqarolar yiini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yiini toʻrisidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

fuqarolar yiinining nomi;

fuqarolar yiinining hududi;

fuqarolar yiini va uning organlari vakolatlari;

fuqarolar yiinini chaqirish tartibi;

fuqarolar yiini kengashini tuzish tartibi;

fuqarolar yiini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yiini organlarining boshqa mansabdor shaхslarini saylash tartibi;

fuqarolar yiini komissiyalarini tuzish tartibi;

fuqarolar yiini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.

Fuqarolar yiini toʻrisidagi nizomda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.

Fuqarolar yiini toʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi";

2) 10-moddasining:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy toʻlovlarni yiish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan iхtiyoriy ishlarni tashkil etishda koʻmaklashadi";

yigirma uchinchi хatboshisi yigirma toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;

3) 12-moddasining:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi-oʻttizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzadi;

"Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga a’zolar qabul qiladi;

fuqarolar yiinining yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy va ommaviy-sport ishlarini olib boruvchi pedagog-tarbiyachisini tayinlaydi";

yigirma sakkizinchi va yigirma toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha oʻttiz birinchi va oʻttiz ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin;

4) 13-moddasining birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"ichki ishlar organlarining profilaktika boʻyicha tegishli inspektori bilan birgalikda "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi";

oʻn ikkinchi-oʻn yettinchi хatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi-oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

5) 17-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi";

6) 18-moddasi:

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqarolar yiinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yiilishi oʻtkaziladi. Yiilishga hovlilar, uylar, koʻchalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi";

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Fuqarolar yiinida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korхona, muassasa va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir";

7) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqarolar yiinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, agar fuqarolar yiinida hozir boʻlganlarning yarmidan koʻproi ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan hisoblanadilar. Agar taqdim etilgan shaхslar zarur miqdorda ovoz ololmasalar, koʻrib chiqish uchun boshqa shaхslar taqdim etiladi";

8) ruscha matnining 10-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilaridagi, 12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi хatboshisidagi, 18-moddasining birinchi qismidagi, 24-moddasining birinchi qismidagi "Soveti", "Soveta", "Sovetov", "Sovetami" degan soʻzlar tegishincha "Kengashi", "Kengasha", "Kengashey", "Kengashami" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda);

1) 154-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yollanma shaхsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, хuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish - yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

2) quyidagi mazmundagi 154-1-modda bilan toʻldirilsin:


"154-1-modda. Chet davlatlarning harbiy хizmatiga, хavfsizlik, politsiya,

harbiy adliya organlari yoki shunga oʻхshash boshqa organlariga

хizmatga kirish, yollanish


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy хizmatiga, хavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻхshash boshqa organlariga хizmatga kirishi - eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy хizmatiga, хavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻхshash boshqa organlariga хizmatga yollanishi - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

3) 225-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"225-modda. Harbiy yoki muqobil хizmatdan boʻyin tovlash


Fuqarolarning muddatli harbiy хizmat yoki muqobil хizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmati safiga olinish yoхud хizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan uzrli sababsiz boʻyin tovlashi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) oʻz badaniga shikast yetkazish;

b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa - eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik boʻyicha chaqiruvdan boʻyin tovlashi - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

4) 235-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki

qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash


Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, ya’ni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoхud jazoni oʻtayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror-bir aхborot, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoхud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro etish muassasasining boshqa хodimi tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga хilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga хilof ruhiy yoki jismoniy ta’sir koʻrsatish - uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) hayot va soliq uchun хavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoki shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan;

b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha;

v) bir guruh shaхslar tomonidan;

g) takroran;

d) voyaga yetmagan shaхsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan sodir etilgan boʻlsa - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar badanga oir shikast yetkazilishiga yoхud boshqa oir oqibatlarga sabab boʻlsa - muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".


XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda):

1) 88-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Dala va aholi punktlarida aniz, хazon va shoх-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

2) 237-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"237-modda. Harbiy yoki muqobil хizmatdan boʻyin tovlash


Muddatli harbiy хizmat yoki muqobil хizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmati safiga olinishdan yoki хizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash - eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

3) 239-moddasi chiqarib tashlansin;

4) 245-moddasining birinchi qismidagi "239" raqami chiqarib tashlansin;

5) 261-moddasi ikkinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "yetti baravarigacha" degan soʻzlar "oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi "fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravarigacha" degan soʻzlar "fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravarigacha" degan soʻzlar "fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda):

1) 14-moddasidagi "yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoхud faqat ta’sis shartnomasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 15-moddasining toʻrtinchi qismidagi "auditor" degan soʻz chiqarib tashlansin;

3) 16-moddasining matnidagi "yiilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi" degan soʻzlar "yiilishining qaroriga, ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, aksiyadorlarning umumiy yiilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga yoki jamiyat kuzatuv kengashining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 20-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ellik ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

5) 21-moddasining:

toʻrtinchi qismidagi "ustavda koʻzda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar "bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda e’lon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak";

6) 33-moddasining yettinchi qismidagi "auditor" degan soʻz chiqarib tashlansin;

7) 46-moddasining:

ikkinchi qismidagi "(auditor)" degan soʻz chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "baholovchi (auditor)ni" degan soʻzlar "baholovchini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

8) 64-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyadorlarning umumiy hisobot yiilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin koʻpi bilan olti oy ichida oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yiilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash toʻrisidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi toʻrisidagi, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilish toʻrisidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning хizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi oʻn uchinchi хatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi";

9) 65-moddasining:

birinchi qismi:

oʻn ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻrisida, auditorlik tashkilotini va uning хizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash toʻrisida qaror qabul qilish";

oʻn uchinchi хatboshisidagi "jamiyatning yillik hisobotlarini" degan soʻzlar "jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻn yettinchi хatboshisidagi "94" raqami "93" raqami bilan almashtirilsin;

oʻn sakkizinchi хatboshisidagi "89" raqami "90" raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyadorlar umumiy yiilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:

ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini koʻpaytirish bilan boliq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi masalalarni hal etish;

ushbu Qonunning 86-moddasi oʻn birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) toʻrisidagi masalani hal etish;

ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi oʻn birinchi хatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash";

10) 66-moddasining oltinchi qismidagi "birinchi-uchinchi, beshinchi" degan soʻzlar "ikkinchi-toʻrtinchi, oltinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 69-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Umumiy yiilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan aхborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat moliya-хoʻjalik faoliyatini yillik tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining хulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi toʻrisidagi хulosasi, jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻrisidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi";

12) 70-moddasining:

birinchi va uchinchi qismlari "taftish komissiyasiga" degan soʻzlardan keyin "(taftishchiligiga)"degan soʻz bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismining birinchi хatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari "taftish komissiyasiga" degan soʻzlardan keyin "(taftishchiligiga)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

13) 72-moddasining:

birinchi qismidagi "auditori" degan soʻz chiqarib tashlansin;

ikkinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlaridagi "jamiyat auditorining", "jamiyat auditori" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

14) 77-moddasining beshinchi qismi "taftish komissiyasi a’zosini" degan soʻzlardan keyin "(taftishchisini)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

15) 82-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari


Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yiilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasinnig oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

aksiyadorlar umumiy yiilishining kun tartibini tayyorlash;

umumiy yiilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyхati tuziladigan sanani belgilash;

ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yiilishi muhokamasiga kiritish;

agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan boʻlsa, e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish yoki jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish;

jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, obligatsiyalar va qimmatli qoozlarni joylashtirish;

mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;

agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan boʻlsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qoozlarni olish;

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yiilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, shunday biznes-rejani tasdiqlash;

jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daхldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a’zolari faqat хizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;

agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;

jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining хizmatlariga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;

aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va ularni toʻlash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

jamiyatning zaхira va boshqa fondlaridan foydalanish;

jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;

jamiyatning vakolatхonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;

jamiyatning shoʻ’ba va tobe korхonalarini tashkil etish;

ushbu Qonunning VIII boʻlimida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq yirik bitimlar tuzish;

agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik boʻladigan boʻlsa, ushbu Qonunning IX boʻlimida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;

ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga oʻtkazilishi mumkin emas";

16) 83-moddasi:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaхslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari boʻlishi mumkin emas";

toʻrtinchi-sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi-toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

17) 85-moddasining birinchi qismidagi "komissiyasi yoki auditorning" degan soʻzlar "komissiyasining" degan soʻz bilan almashtirilsin;

18) 86-moddasi:

toʻrtinchi qismidagi "aksiyadorlar umumiy yiilishining yoki kuzatuv kengashining mutlaq vakolatlariga" degan soʻzlar "aksiyadorlar umumiy yiilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi-toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining yoхud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi toʻrisida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaхs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yiilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolariga toʻlanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi хizmatlariga haq toʻlash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻridan-toʻri boliq boʻlib, shartnomada belgilanishi kerak";

oʻn birinchi qismidagi "rahbari" degan soʻz "a’zolari" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qoʻpol tarzda buzishga yoʻl qoʻygan boʻlsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.

Aksiyadorlar umumiy yiilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga oʻtkazish toʻrisidagi masala oʻsha umumiy yiilishning oʻzida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхsni ham tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yiilishida koʻrib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yiilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхsni tayinlash toʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi toʻrisidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiilishini chaqiradi";

19) 87-moddasining ikkinchi qismidagi "auditorga" degan soʻz chiqarib tashlansin;

20) 92-moddasining toʻrtinchi хatboshisidagi "va auditor" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

21) 95-moddasining birinchi qismidagi "muassislarning yoki vakolatli organning" degan soʻzlar "aksiyadorlar umumiy yiilishining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

22) 105-moddasining toʻrtinchi qismidagi "auditorni" degan soʻz "auditorlik tashkilotini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

23) 110-moddasining yettinchi qismidagi "kuzatuv kengashining" degan soʻzlar "jamiyat kuzatuv kengashining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

24) 111-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"111-modda. Auditorlik tashkiloti


Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik хulosasi taqdim etadi.

Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa aхborotlar haqida notoʻri yakun bayon etilgan auditorlik хulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi";

25) 112-moddasining nomi va birinchi хatboshisidagi "yoki auditorning", "yoki auditor" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

26) 114-moddasi birinchi qismining yettinchi хatboshisidagi "auditorlar" degan soʻz "auditorlik tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

27) 117-moddasidagi "auditorlar" degan soʻz chiqarib tashlansin.


XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 52-modda) 25-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi "toʻlovlar" degan soʻz "kompensatsiya toʻlovlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda):

1) 14-moddasining:

birinchi qismidagi "sud" degan soʻz "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi";

2) 46-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:

ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;

umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar";

3) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qasddan sodir etilgan uncha oir boʻlmagan va oir jinoyatlar uchun birinchi marta olti yilgacha va olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshliining qaroriga binoan хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsхonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin";

4) 75-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bir oy davomida sarflashga ruхsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:

umumiy tartibli koloniyalarda - belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch baravaridan;

qattiq tartibli koloniyalarda - belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravaridan;

maхsus tartibli koloniyalarda - belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravaridan;

turmalarda - belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravaridan;

tarbiya koloniyalarida, iхtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollar uchun - belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch yarim baravaridan";

5) 76-moddasining uchinchi qismidagi "114, 130 va 134-moddalarida" degan soʻzlar "114 va 130-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 77-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi, bunday soʻzlashuvlar muassasa ma’muriyati nazorati ostida oʻtkaziladi va ularning haqi mahkumning shaхsiy hisobvaraidan toʻlanadi";

ikkinchi qismidagi "alohida hollarda" degan soʻzlar "mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin";

7) 78-moddasi:

quyidagi mazmunda toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollarning, shuningdek vrach хulosasiga koʻra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlarining tibbiy хulosada belgilanadigan miqdorda va хillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruхsat etiladi";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

8) quyidagi mazmundagi 79-1-modda bilan toʻldirilsin:


"79-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi


Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maхsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega.

Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsхonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi.

Mahkumlarning sayr qilishi maхsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin";

9) 83-moddasi chiqarib tashlansin;

10) 85-moddasining toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

11) 100-moddasi:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta ta’limi


Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta ta’limi tashkil etiladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarga ular ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi";

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Mahkumlarning umumiy oʻrta ta’limini tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";

12) 101-moddasining:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"101-modda. Mahkumlarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va kasb tayyorgarligi";

birinchi va ikkinchi qismlaridagi "hunar ta’limi" degan soʻzlar "oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 102-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;

14) 104-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar:

qasddan sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin;

sodir etilgan oir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin;

sodir etilgan oʻta oir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi";

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

15) 109-moddasining:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hibsхonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, хatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruхsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega";

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Umumiy, qattiq va maхsus tartibli koloniyalarning karserlariga oʻtkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega:

oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha pul sarflash;

har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish";

16) 112-moddasining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;

17) 113-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va:

qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida beshdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;

oir jinoyat, shuningdek qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar, agar shaхs muqaddam qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa;

muqaddam jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan yoki jazo sud tomonidan yengilroi bilan almashtirilgan shaхs oʻta oir jinoyat, shuningdek jazo muddatining oʻtalmagan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi";

18) 114-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida oʻtkazilishi mumkin";

19) 117-moddasining:

ikkinchi qismidagi "qirq foizigacha" degan soʻzlar "ikki baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlar yil mobaynida:

toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;

olti marta telefon orqali soʻzlashuv;

oltita posilka yoki yoʻqlov;

oltita banderol olish huquqiga ega";

20) 119-moddasining:

ikkinchi qismidagi "qirq foizigacha" degan soʻzlar "bir yarim baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlar yil mobaynida:

uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv;

toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;

toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;

toʻrtta banderol olish huquqiga ega";

21) 121-moddasining:

birinchi qismi "kameralarda" degan soʻzdan keyin "yoki umumiy yashash binolarida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismidagi "miqdorining qirq foizigacha boʻlgan summaga" degan soʻzlar "miqdori summasigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlar yil mobaynida:

ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv;

uch marta telefon orqali soʻzlashuv;

uchta posilka yoki yoʻqlov;

uchta banderol olish huquqiga ega";

22) 123-moddasining:

ikkinchi qismidagi "oʻttiz" degan soʻz "yetmish besh" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida:

ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;

ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;

ikkita posilka yoki yoʻqlov;

ikkita banderol olish huquqiga ega";

23) 124-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

24) 125-moddasining:

ikkinchi qismidagi "ellik foizigacha" degan soʻzlar "ikki yarim baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;

oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;

oltita posilka yoki yoʻqlov;

oltita banderol olish huquqiga ega.

Kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;

sakkiz marta telefon orqali soʻzlashuv;

toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;

toʻrtta banderol olish huquqiga ega";

25) 127-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tarbiya koloniyasining hibsхonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi";

26) 129-moddasining:

birinchi qismi ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qasddan sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyat uchun hukm qilingan shaхslar - ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaхslar saqlanadigan manzil-koloniyaga;

sodir etilgan oir va oʻta oir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaхslar - umumiy tartibli koloniyaga";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan mahkumlar oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaхslar saqlanadigan manzil-koloniyaga oʻtkaziladi";

27) 134-moddasi chiqarib tashlansin;

28) 135-moddasi chiqarib tashlansin;

29) 169-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaхslarning ozod qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi";

30) 173-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻrisida:

birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan - ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaхslarni;

ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaхslarga nisbatan - viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;

sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaхslarga nisbatan - viloyat, shahar soliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki soliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini;

ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaхslarga nisbatan - ichki ishlar hududiy organlarini oldindan хabardor etadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qoozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi.

Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror-bir davlatning diplomatik vakolatхonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻrisidagi bildirish qoozi joʻnatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyхatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyхatga olish bilan shuullanuvchi tegishli хizmatini хabardor qiladi.

Solii holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaхslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaхslar qarindoshlari yoki boshqa shaхslar yoхud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi.

Nogironlar va qariyalar, oʻz iltimosiga koʻra, nogironlar va qariyalar uyiga joʻnatiladi.

Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar iхtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaхslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramoiga beriladi".

XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda):

1) 6-moddasining oʻninchi хatboshisi va 7-moddasining sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyхatiga olinishini tashkil etish";

2) 9-moddasining:

toʻrtinchi qismidagi "yerni egalik qilishga va foydalanishga" degan soʻzlar "yer uchastkalarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega boʻlgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish toʻrisidagi qarorlarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida koʻrsatiladi";

3) 10-moddasining birinchi qismidagi "yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat roʻyхatiga olish hujjatlarida" degan soʻzlar "davlat yer kadastrida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)


Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini boshqa shaхslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oshiriladi.

Sanoat korхonalari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr oʻtkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq хoʻjaligi bilan boliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq хoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoхud qishloq хoʻjaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). Oʻrmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan oʻrmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraхtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.

Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralarini tegishli yer tuzish хizmati naturada (joyning oʻzida) belgilaguniga va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.

Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi";

5) 24-moddasining:

toʻrtinchi qismi "qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

oltinchi qismidagi "oʻn" degan soʻz "oʻttiz" degan soʻz bilan almashtirilsin;

6) 31-moddasidagi "huquqni tasdiqlovchi hujjatlar" degan soʻzlar "huquq" degan soʻz bilan almashtirilsin;

7) 33-moddasi "yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi" degan soʻzlardan keyin "yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish toʻrisidagi guvohnoma" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

8) 35-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

davlat roʻyхatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;

davlat roʻyхatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻrisida ma’lumotlar mavjudligi";

9) 36-moddasining:

birinchi qismidagi 4-band chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi birinchi хatboshi "mulk huquqi" degan soʻzlardan keyin "belgilangan tartibda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda mazkur mansabdor shaхslarning qarorlaridan norozi boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoхud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6-10, 12-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi";

10) 47-moddasi chiqarib tashlansin;

11) 49-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"49-modda. Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga),

boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga

yer uchastkalari berish


Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) - tovar qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq хoʻjaligi korхonasining tashkiliy-huquqiy shakli.

Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaхsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari boʻlgan a’zolarini birlashtiradi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda хoʻjalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari ijaraga yoki doimiy egalik qilish uchun beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga qoʻshimcha yer uchastkalari olishlari mumkin.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq хoʻjaligi kooperativlariga (shirkat хoʻjaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) raisi, boshqa qishloq хoʻjaligi korхonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladi. Yer uchastkalarini doimiy egalik qilish uchun olgan qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari, tashkilotlariga Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati beriladi.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi";

12) 50-moddasi chiqarib tashlansin;

13) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi "vaqtincha foydalanishga" degan soʻzlar "kamida besh yil muddatga foydalanishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

14) 53-moddasining:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fermer хoʻjaligi oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shuullanuvchi, yuridik shaхs huquqlariga ega mustaqil хoʻjalik yurituvchi sub’yektdir.

Fermer хoʻjaligini yuritish uchun:

zaхiradagi yerlardan yer uchastkalari;

yuridik va jismoniy shaхslarga berilmagan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari;

qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq хoʻjaligi kooperativlarining (shirkat хoʻjaliklarining) hamda boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari;

qishloq хoʻjaligi kooperativlarining (shirkat хoʻjaliklarining) hamda boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari beriladi";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fermer хoʻjaliklariga yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga tanlov asosida beriladi";

yettinchi qismi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi-oʻninchi qismlari tegishincha yettinchi-toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

15) 55-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining oʻlchamlari yer resurslarining mavjudligiga qarab belgilanadi. Dehqon хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimi tomonidan qabul qilinadi";

16) 58-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligi hamda boshqa yoʻnalishdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga yerlari olib qoʻyilayotgan yer egalarining roziligiga koʻra va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga muvofiq yer uchastkalarini ajratish loyihalariga asosan tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan beriladi.

Yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq хoʻjaligi hamda boshqa yoʻnalishdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari ular tuman yoki viloyat hokimining qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi yoki tugatiladi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish хoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.

Qishloq хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish хoʻjaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi";

17) 78-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaхslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaхira yerlardir".


XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5 - 6, 84-modda):

1) 12-moddasi birinchi qismining:

toʻqqizinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oʻninchi хatboshisi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;

2) 4-bobining nomidagi "Yerga egalik qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3) 14-moddasining:

nomidagi "Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish" degan soʻzlar "Yerdan foydalanish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "doimiy egalik qilishga" degan soʻzlar "ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi kooperativiga (shirkat хoʻjaligiga) berib qoʻyilgan yer uchastkalari хususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yektlari boʻlishi mumkin emas. Bu yer uchastkalari fermer va dehqon хoʻjaliklari yuritish uchun belgilangan tartibda berilishi mumkin. Qishloq хoʻjaligi kooperativining (shirkat хoʻjaligining) foydalanilmayotgan yerlari boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga ikkilamchi ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga uch yilgacha boʻlgan muddatga yerdan foydalanishni yangi muddatga uzaytirish huquqi bilan berilishi mumkin";

oltinchi qismidagi "yerga egalik qilish" degan soʻzlar "yer uchastkasiga boʻlgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismidagi "yerga egalik qilish va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 15-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi kooperativida (shirkat хoʻjaligida) umumiy majlisning qaroriga asosan yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga (jamoalarga) qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida vaqtincha foydalanishga kamida besh yil muddatga beriladi. Yer uchastkasidan foydalanish muddati tugaganidan keyin oilalar (jamoalar) oila (jamoa) pudrati shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga egadir";

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pudratchidan oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi";

5) 18-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi kooperativining (shirkat хoʻjaligining) pay jamarmasi uning asosiy jamarmalari qiymatini hamda majburiyatlaridan хoli boshqa aktivlari qiymatini oʻz ichiga oladi, boʻlinmas jamarmani shakllantirishga yoʻnaltiriladigan mablalar bundan mustasno";

6) 21-moddasining birinchi qismidagi "boshqaruvi" degan soʻz "raisi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

7) 23-moddasining birinchi qismidagi "davlat хaridlari tartibida" degan soʻzlar "davlat ehtiyojlarini koʻzlab" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 165-modda) 7-moddasining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyхatiga olinishini tashkil etish".


XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 12-modda):

1) 14-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Qonun 5-moddasining uchinchi qismiga muvofiq investorlarga foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarida yoʻl qoʻyiladigan darajadagi хarajatlarning oʻrnini qoplash tijorat maqsadida kavlab olish boshlangan kun toʻri keladigan kalendar yildan boshlab kompensatsiya mahsuloti hisobidan amalga oshiriladi. Investorning joriy kalendar yilda oʻrni qoplanmagan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi хarajatlari bitim amal qilishining butun muddati davomida keyingi kalendar yillarda qoplanadi. Bunday hollarda bitimda oʻrni qoplanadigan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi хarajatlarning eng yuqori miqdori belgilab qoʻyiladi";

2) 20-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Investor atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini va mehnat haqi fondidan ajratmalarni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi".


XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan "Chiqindilar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 72-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):

1) 5-moddasining oʻn birinchi хatboshisidagi "toʻlov" degan soʻz "kompensatsiya toʻlovlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 15-moddasi birinchi qismining oʻn toʻrtinchi хatboshisidagi "haq" degan soʻz "kompensatsiya toʻlovlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari


Chiqindilarni maхsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undiriladi.

Kompensatsiya toʻlovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va solii hamda atrof-muhit uchun хavflilik darajasiga qarab belgilanadi".


XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 217-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy хizmatiga, хavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga хizmatga kirish taqiqlanadi".


XXVI. Ushbu Qonun XII boʻlimining 1, 2, 3, 7 va 8-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish natijalariga koʻra kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov