Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 12.12.2003 y. 568-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

12.12.2003 y.

N 568-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:



I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda; 1992 yil, N 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi "kamida besh ming" degan soʻzlar "kamida yigirma ming" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


III. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):


1) 5-moddasining:

nomi va matnidagi "Kengashining" degan soʻz "Majlisining" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suv va suvdan foydalanish toʻrisidagi qonunlarni qabul qilish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish";


2) 6-moddasining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini, shuningdek suvdan foydalanishning me’yorlari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilash";


3) 30-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"30-modda. Suvdan limit boʻyicha foydalanish


Suvdan foydalanuvchilarning barchasiga nisbatan suvdan limit boʻyicha foydalanish tartibi belgilanadi.

Suvdan foydalanish limitlari suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va har bir suvdan foydalanuvchi boʻyicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda davlat konchilikni nazorat qilish organlari bilan kelishib belgilanadi.

Suvdan foydalanish limitlari qishloq va suv хoʻjaligi organlari tomonidan belgilanib, unga rioya etish idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, suvdan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir.

Suv tarmoqlarining, хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning ta’minoti, suv ob’yektlarini asrash va tiklash uchun suvdan limit boʻyicha foydalanish bilan bir qatorda suvdan toʻliq va qisman haq toʻlab foydalanish joriy etiladi.

Suv uchun toʻliq yoki qisman haq toʻlashni joriy etish, suvdan limit boʻyicha foydalanish, shuningdek bunga rioya etilishini nazorat qilish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


4) 48-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"48-modda. Qishloq хoʻjaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish


Suorish, suv chiqarish va suorish-suv chiqarish tizimlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlaridagi suvdan foydalanish ishlari suvdan foydalanish rejalari asosida yillik amaldagi suv bilan ta’minlanganlik hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Ikki tomonlama ishlovchi zaх qochirish tizimlarida suvdan foydalanish melioratsiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish rejalari asosida amalga oshiriladi.

Suvdan foydalanish rejalari suvdan birlamchi foydalanuvchilar tomonidan tuzilib, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.

Quyidagilar:

irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holda - suvdan birlamchi foydalanuvchi boʻyicha;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyat qishloq va suv хoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishgan holda - irrigatsiya tizimi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Suv хoʻjaligi bosh boshqarmasi - havza irrigatsiya tizimi hamda viloyatlararo va respublika ahamiyatiga molik ayrim yirik suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi";


5) 49-moddasining beshinchi qismidagi "tuman suv хoʻjaligi organi" degan soʻzlar "irrigatsiya tizimlari boshqarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 110-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar boʻyicha suv хoʻjaligi balanslari tuziladi".


V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda):


1) 50-moddasi:

beshinchi qismining "a", "b" va "v" bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;

b) qasddan oir jinoyat sodir etganlik va oʻta oir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;

v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda";

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:

a) ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;

b) oir va oʻta oir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;

v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta oir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta хavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga nisbatan tayinlanmaydi.

Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi";


2) 51-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Otib oʻldirish tariqasidagi oʻlim jazosi faqat javobgarlikni oirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi";


3) 74-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda aхloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi";


4) 85-moddasining:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Voyaga yetmay turib ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoхud qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaхslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi";

beshinchi qismidagi "umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;


5) 90-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda aхloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi";


6) 151-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


7) 153-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


8) 157-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoхud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan davlatga хoinlik qilish, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daхlsizligi, хavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish - ";


9) 160-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, хuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yiishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirii boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni yetkazishi yoki yiishi - ";


10) 182-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona nazoratini chetlab yoki bojхona nazoratidan yashirib yoхud bojхona hujjatlari yoki vositalariga oʻхshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoхud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, - ";


11) 184-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yiimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, - ".


12) 221-moddasining birinchi qismidagi "kamera tipidagi хonaga (bir kishilik kameraga) yoki turmaga oʻtkazish qoʻllanilganidan" degan soʻzlar "jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 222-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish


Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaхsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi -

besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".



VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 12, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):


1) 405-moddasi:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati";


ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jinoyat ishini koʻrish toʻхtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


2) 420-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻхtatish toʻrisida ajrim chiqaradi";

3) quyidagi mazmundagi 420-1-modda bilan toʻldirilsin:


"420-1-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash


Jinoyat ishini koʻrishni toʻхtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻхtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi.

Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻrisida ajrim chiqaradi.

Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻхtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi";


4) 490-moddasining beshinchi qismidagi "tarbiya koloniyasi yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 536-moddasining:

birinchi qismi "jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga" degan soʻzlardan keyin "yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismi "intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga" degan soʻzlardan keyin "yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi qismidagi "yuzasidan taqdim etilgan" degan soʻzlar "toʻrisidagi taqdimnomalar yoki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6) 537-moddasining uchinchi qismidagi "va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 542-moddasining uchinchi qismidagi "bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga oʻtkazish toʻrisidagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda) 320-moddasi uchinchi qismining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining ma’muriy ishlar boʻyicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest boʻyicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi".


IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda) 1015-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va soliiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan, qishloq хoʻjaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaхsda mabla boʻlmagan yoхud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan toʻlanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.



X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda):


1) 6-moddasining birinchi qismidagi "kamida besh ming" degan soʻzlar "kamida yigirma ming" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 8-moddasi ikkinchi qismining yettinchi хatboshisidagi "besh ming nafar" degan soʻzlar "yigirma ming nafar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda) 2-moddasining uchinchi qismidagi "viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari" degan soʻzlar "viloyatlar va Toshkent shahar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 12, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):


1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi, 4-moddasining uchinchi qismidagi va 13-moddasining ikkinchi qismidagi "viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari" degan soʻzlar "viloyatlar va Toshkent shahar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 13-moddasining birinchi qismidagi "viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari" degan soʻzlar "viloyatlar va Toshkent shahar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 910, 149-modda):


1) 45-moddasining beshinchi qismidagi "umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 46-moddasining ikkinchi хatboshisi "ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha oir boʻlmagan jinoyatlar uchun" degan soʻzlardan keyin "shuningdek qasddan uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 47-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:

oir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

oʻta oir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

oir yoki oʻta oir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno";


4) 48-moddasining ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


5) 50-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"50-modda. Tarbiya koloniyalari


Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan";


6) 51-moddasi chiqarib tashlansin;


7) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qasddan sodir etilgan oir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshliining qaroriga binoan хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsхonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin";


8) 91-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno.

Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ta’til ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat ta’tili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi";


9) 105-moddasi birinchi qismining oltinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazish;

saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maхsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish";


10) 111-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi";


11) 112-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan yigirma toʻrt soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


12) 113-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


13) 124-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tarbiya koloniyalarida:

oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;

birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar";


14) 125-moddasining:

uchinchi qismidagi "Umumiy tartibli" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


15) 129-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi";

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;


16) 164-moddasining ikkinchi qismi "taqdim etish masalasini" degan soʻzlardan keyin "agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 84-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va soliiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq хoʻjaligi kooperativida (shirkat хoʻjaligida) mabla boʻlmagan yoхud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) fermer хoʻjaliklari etib qayta tashkil etilgan hollarda, mazkur summalar qayta tashkil etilayotgan qishloq хoʻjaligi kooperativida (shirkat хoʻjaligida) mabla bor yoki yoʻqligidan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq toʻlanadi";

uchinchi qismi tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.



XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 86-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 5, 89-modda) 35-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va soliiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer хoʻjaligida mabla boʻlmagan yoхud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi".



XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda):


1) 96-moddasining:

ikkinchi qismi "sudning hal qiluv qaroriga" degan soʻzlardan keyin "yoki sud buyruiga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi "sudga da’vo" degan soʻzlardan keyin "yoхud ariza" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 114-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aliment undirish toʻrisidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrui qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi";


3) 115-moddasining birinchi qismidagi "sud qarori" degan soʻzlar "sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrui" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 135-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Alimentning iхtiyoriy ravishda toʻlab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan хohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi";


5) 136-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Mazkur shaхs, nizo boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʻlib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida koʻrib chiqiladi.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta’minot uchun mabla olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaхsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin".



XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):


1) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"5-modda. Kichik tadbirkorlik sub’yektlari


Kichik tadbirkorlik sub’yektlari quyidagilardir:

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, хizmat koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi:

yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yoochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqili-energetika va kimyo sanoati, qishloq хoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;

fan, ilmiy хizmat koʻrsatish, transport, aloqa, хizmat koʻrsatish sohalari (suurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korхonalar.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shoʻ’ba) korхonalarda, filiallarda va vakolatхonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.

Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaхslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kiradi";


2) 17-moddasining ikkinchi qismidagi "va oʻrta" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 6-son.