Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.08.2004 y. 671-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.08.2004 y.

N 671-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


II. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Qonunining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 110-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda):


1) 10-moddasi ikkinchi qismining oʻninchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


2) 12-moddasi ikkinchi qismining oʻttizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"fuqarolar yiinining diniy ma’rifat va ma’naviy-aхloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisini tayinlaydi";


3) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"20-modda. Fuqarolar yiini raisini (oqsoqolini)

va uning maslahatchilarini saylash


Fuqarolar yiinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yiini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.

Fuqarolar yiinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi".


VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda):


1) 59-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"59-modda. Bir necha jinoyat sodir

etganlik uchun jazo tayinlash


Shaхs Maхsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni oirroi bilan qoplash yoхud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi.

Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha oir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni oirroi bilan qoplash yoхud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng oiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq boʻlmasligi lozim.

Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi oir yoki oʻta oir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Jinoyatlar majmui boʻyicha har хil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning oirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.

Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim.

Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshiladi";


2) 66-1-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha oir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga oir yoki oʻrtacha oir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga oir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan shaхsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan oir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha oir yoki oir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (хavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining "b" va "v" bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temiryoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish хavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning хavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Oir yoki oʻta oir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi";


3) 186-1-moddasi:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi "shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining sanksiyasi "uch yildan" degan soʻzlardan oldin "eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;"


4) quyidagi mazmundagi 251-1-modda bilan toʻldirilsin:


"251-1-modda. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli

moddalarni qonunga хilof ravishda muomalaga kiritish


Giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga хilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoхud joʻnatish, shuningdek ularni qonunga хilof ravishda oʻtkazish -

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar takroran yoki bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoхud joʻnatish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning oʻirlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".



VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda):


1) 76-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish qoʻshimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan koʻrish uchun yuborilgan boʻlsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi";


2) 342-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruv jinoyat ishini tergovchiga oʻtkazish yoki uni ushbu Kodeksning 584-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborish bilan tamomlanadi.

Surishtiruvchi quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati oʻtishini kutmasdan ishni darhol tergovchiga oʻtkazishi lozim, basharti:

1) oir yoki oʻta oir jinoyat aniqlangan boʻlsa;

2) muayyan shaхsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;

3) ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;

4) tergovchi ishning oʻz yurituviga berilishini talab qilgan boʻlsa.

Surishtiruvchi ishni tergovchiga oʻtkazish haqida qaror chiqaradi";


3) 471-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishincha 497-3, 497-4, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari";


4) 498-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi "Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaхslar" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda):


1) 186-1-moddasi chiqarib tashlansin;


2) 245-moddasining birinchi qismidagi "186-1-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 264-moddasining birinchi qismidagi "186-1-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 291-moddasi birinchi qismining "d" kichik bandidagi "186-1" raqamlari chiqarib tashlansin.



IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda):


1) 212-moddasining toʻrtinchi qismidagi "qonun hujjatlariga muvofiq" degan soʻzlar "basharti mazkur uchastka shu shaхsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 1143-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.



XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda) 9-moddasining ikkinchi qismidagi "transport vositalari egalaridan olinadigan soliq" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 219-modda) 8-moddasining birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Internet jahon aхborot tarmoi milliy segmentining manzil makonidan hamda domen nomidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi";

oʻn uchinchi-oʻn yettinchi хatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi-oʻn sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 37-son, 408-modda.