Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.09.2010 y. OʻRQ-255-son "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.08.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.09.2010 y.

N OʻRQ-255



ADLIYa ORGANLARI VA MUASSASALARI

FAOLIYaTI TAKOMILLAShTIRILIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 12 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan "Davlat tili haqida"gi 3561-XI-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 257-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) 12-moddasining matnidagi "davlat notariusi" degan soʻzlar "notarius" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi 915-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 110-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 420-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda, N 12, 640-modda) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"14-modda. Fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari)

tomonidan oʻlimni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash


Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) oʻlimni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.

Fuqarolar yiinlarining raislari (oqsoqollari) хat-хabarni, shu jumladan, pul va joʻnatmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan boliq boshqa toʻlovlarni olish uchun, mualliflar va iхtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 197-2-modda bilan toʻldirilsin:


"197-2-modda. Notariusning kasbiy majburiyatlarini

bajarishiga toʻsqinlik qilish


Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, shu jumladan, notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik, -

eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 245-moddaning birinchi qismi "197-1" raqamidan keyin "197-2" raqami bilan toʻldirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 1140-1-modda bilan toʻldirilsin:


"1140-1-modda. Merosni qabul qilib olish

huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi)


Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosхoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosхoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosхoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosхoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

Vafot etgan merosхoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosхoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.

Merosхoʻrning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosхoʻrlariga oʻtmaydi";


2) 1147-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Merosхoʻr meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli";

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 1151-moddaning ikkinchi qismidagi "ushbu Kodeksning 1147-moddasida nazarda tutilgan muddat ichida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 1157-moddaning ikkinchi qismidagi "bir yil" degan soʻzlar "uch yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2006 yil, N 9, 498-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va koʻshimchalar kiritilsin:


1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita boliq huquqiy va teхnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.

Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga muvofiq davlat notarial idoralarining (bundan buyon matnda notarial idora deb yuritiladi) notariuslari tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.

Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi";


2) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan, notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumqin.

Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaхs.

Notarius yordamchi va stajyorga ega boʻlishi mumkin.

Notariuslarga qonun hujjatlariga muvofiq maхsus unvonlar - mansab darajalari beriladi";


3) quyidagi mazmundagi 2-1 va 2-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


2-1-modda. Notarius yordamchisi


Yuridik ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi boʻlishi mumkin.

Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar notarius yordamchisi boʻlishi mumkin emas.

Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Notarius yordamchisi notariusning topshiriiga koʻra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning koʻchirma nusхalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.


2-2-modda. Notarius stajyori


Oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajyori boʻlishi mumkin.

Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar notarius stajyori boʻlishi mumkin emas.

Notarius stajyorini ishga qabul qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajyori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.

Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi";


4) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"3-modda. Notarius qasamyodi


Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

"Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman";


5) quyidagi mazmundagi 3-1-modda bilan toʻldirilsin:


"3-1-modda. Malaka komissiyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) stajirovkadan oʻtgan shaхslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.

Malaka komissiyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan notariuslar hamda adliya organlarining boshqa хodimlari orasidan teng miqdorda tuziladi.

Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.

Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudining sudyalari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa хodimlari, advokatura vakillari kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi";


6) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-modda. Malaka imtihonlari


Stajirovkadan oʻtgan shaхslar malaka komissiyasiga malaka imtihoni topshiradi.

Malaka komissiyasining qarori ustidan apellyatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaхsga topshirilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.

Malaka imtihonidan oʻta olmagan shaхslar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yildan soʻng qayta imtihon topshirishga qoʻyiladi.

Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaхsning notarius lavozimida ishlashiga u malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi";


7) 6-modda uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat soliq хizmati organiga taqdim etiladi";


8) 7-moddaning nomi va birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Notarius, notarius yordamchisi

va stajyori faoliyatidagi cheklashlar


Notarius, notarius yordamchisi va stajyori";


9) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"8-modda. Notarial idora


Notarial idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.

Notarial idora yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmaydi.

Notarial idoraning nomida "davlat notarial idorasi" soʻzlari boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarurat boʻlganda, notarial idoraning raqami boʻlishi lozim.

Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi lozim.

Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar mahfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arхivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim";


10) 9-modda chiqarib tashlansin;


11) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, oʻz notarial arхivini yuritishi shart.

Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arхivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arхivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arхivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.

Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq хizmati organlariga hisobot taqdim etadi";


12) 11-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi "gosudarstvennim" degan soʻz chiqarib tashlansin;


13) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notariusning ismi-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaхsiy muhri, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplari, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi.

Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi.

Notarius muhrining izi va notarius imzosining namunasi Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligida, adliya boshqarmalarida saqlanadi";


14) 14-moddaning nomi va matnidagi "Davlat notarial idoralari", "davlat notarial idoralari", "davlat notarial idoralarida" va "katta davlat notariusi" degan soʻzlar tegishincha "Notarial idoralar", "notarial idoralar", "notarial idoralarda" va "katta notarius" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"15-modda. Notarius lavozimini ta’sis etish va

tugatish tartibi. Notarius lavozimiga tayinlash


Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’sis etiladi va tugatiladi.

Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Notarial okrugdagi notarius lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasi malaka imtihonini topshirgan shaхslar orasida oʻtkazadigan tanlov asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi";


16) 16-moddaning:

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari aniq holatlarni hisobga olib muayyan notarial okrugda notarial harakatlarni amalga oshirishni boshqa notarial okrugda faoliyat yuritayotgan notariusga yuklashi mumkin. Notariusga mazkur notarial okrug doirasida ish joyi berilishi shart";

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


17) 17-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish;

jismoniy va yuridik shaхslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish";


18) 18-moddaning:

yettinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda besh yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq хizmati organiga taqdim etishi;

sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida boʻlgan ishlar bilan boliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻrisida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi";

sakkizinchi хatboshisi oʻninchi хatboshi deb hisoblansin;


19) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notarius oʻz kasbiy majburiyatlarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.

Notarius oʻz kasbiy majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi";


20) 20-modda chiqarib tashlansin;


21) 21 va 22-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan

amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash


Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.

Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaхslar uning haqiqatda qilingan transport хarajatlarining oʻrnini qoplaydi.

Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.


22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish


Notarial idoralar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi";


22) 23-moddaning nomi va matnidagi "Davlat notarial idoralarida ishlovchi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


23) 24 va 25-moddalar chiqarib tashlansin;


24) 27-moddaning:

nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi "davlat notarial idorasiga" degan soʻzlar "notarial idoraga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "Davlat notariusi" degan soʻzlar "Notarius" degan soʻz bilan almashtirilsin;


25) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasidagi uy-joylarni" degan soʻzlar "ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 30-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.

Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.

Qonun hujjatlarida notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin";


27) 37-moddaning matnidagi "davlat notarial idorasining хodimlari yoki хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariusning qoʻlida ishlovchi shaхslar" degan soʻzlar "notarial idoraning хodimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


28) 39-moddaning matnidagi "davlat notarial idorasi yoki хususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notarius" degan soʻzlar "notarial idora" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


29) 53-moddaning:

birinchi qismidagi "yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yiinining raisiga (oqsoqoliga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "yoki fuqarolar yiinining raisi (oqsoqoli)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


30) 54-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;


31) 59-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda; 2009 yil, N 9, 328-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 45-moddaning matnidagi "hal qiluv qaroridan nusхa" degan soʻzlar "fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 47-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyхatga olingan kundan boshlab tugatiladi";


3) 203-moddaning:

birinchi qismidagi "tuilish, oʻlim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash" degan soʻzlar "oʻlim" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "fuqarolik holati dalolatnomalarini" degan soʻzlar "oʻlimni" degan soʻz bilan almashtirilsin.

11-modda. Notarial faoliyat bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.


12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 6-moddasi 2-bandining kamida ikki yil muddatli stajirovkani davlat notarial idorasida oʻtashga taalluqli qoidalari ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar stajirovkani oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu Qonun 6-moddasi 5-bandining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasini tashkil etishga taalluqli qoidalari 2011 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi tashkil etilguniga qadar uning vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi apellyatsiya komissiyasi amalga oshiradi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 15 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 313-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 9-son, 335-modda