Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.04.2011 y. OʻRQ-288-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 16.03.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.03.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

21.04.2011 y.

N OʻRQ-288



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 16 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 272-moddaning ikkinchi qismidagi "advokatlar malaka komissiyasiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 412-moddaning beshinchi qismidagi "advokatlar malaka komissiyasiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 242-moddaning 1-bandi "fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) quyidagi mazmundagi 245-4-modda bilan toʻldirilsin:


"245-4-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar


Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi choida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi";


3) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi";


4) 317-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi".

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda, N 9, 494-modda, N 10, 536-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda, N 12, 465-modda) 40-1-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:

faoliyatni tugatish;

atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan ob’yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish;

faoliyatni cheklash, toʻхtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini iхtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shuullanish uchun litsenziyalarning (ruхsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruхsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruхsatnomalar) mustasno".


7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 22 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 16-son, 162-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 4-son, 104-modda.