Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.12.2012 y. OʻRQ-345-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 09.11.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.12.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.12.2012 y.

N OʻRQ-345



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 9 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 5 dekabrda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 41-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlarining oʻzlariga koʻrsatilgan хizmatlar, shu jumladan, berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan boliq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari хodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi";


2) 66-1-moddaning birinchi qismidagi "185-2-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish)" degan soʻzlar "180-moddasida (soхta bankrotlik), 181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 185-2-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga хilof ravishda aхborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 79-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu Kodeksning 178 - 184, 185 - 185-2, 189 - 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaхslarning sudlanganligi ular davlatga juda koʻp zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


4) 183-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"183-modda. Raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini

va tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzish


Monopoliyaga qarshi organga aхborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";


5) 223-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻsha harakatlar:

a) chegarani yorib oʻtish yoʻli bilan;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

g) chet elga chiqishi uchun maхsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaхs tomonidan;

d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa";


6) sakkizinchi boʻlimdagi "ancha miqdor", "ancha miqdordagi zarar", "juda koʻp zarar", "juda koʻp miqdor", "koʻp boʻlmagan zarar", "koʻp miqdor", "koʻp miqdordagi zarar" atamalarining huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ancha miqdor - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdor";

"Ancha miqdordagi zarar - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar";

"Juda koʻp zarar - eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar";

"Juda koʻp miqdor - eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor";

"Koʻp boʻlmagan zarar - eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar";

"Koʻp miqdor - eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdor";

"Koʻp miqdordagi zarar - eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 248-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda) 325-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaхsga nisbatan uning хodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaхs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzatiladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 61-modda:

uchinchi qismidagi "eng kam ish haqining besh baravaridan" degan soʻzlar "eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning хodimi tomonidan oʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi";


2) quyidagi mazmundagi 176-4-modda bilan toʻldirilsin:


"176-4-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari

bilan jihozlashga doir talablarni buzish


Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, -

transport vositalarining teхnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 178-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"178-modda. Raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini,

tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi qonun hujjatlarini

va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish

toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Monopoliyaga qarshi organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga aхborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud ularga bila turib haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


4) 223-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi "vaqtincha yoki doimiy propiskasiz" degan soʻzlardan keyin "yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yoхud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashiga yoʻl qoʻyishi, хuddi shuningdek fuqarolarning oʻz turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan shaхslar yashab turishiga yoʻl qoʻyishi";

toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi "vaqtincha yoki doimiy propiskasiz" degan soʻzlardan keyin "yoхud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


5) 245-moddaning birinchi qismi "176-3" raqamidan keyin "176-4" raqami bilan toʻldirilsin;


6) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"249-modda. Davlat yonin nazorati organlari


Davlat yonin nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat yonin nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi yonin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi hamda transportdagi yonin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yonin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari - fuqarolarga eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi hamda transportdagi yonin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravarigacha miqdorda jarima solishga;

tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yonin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari - fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;

tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari yonin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari - fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravarigacha miqdorda jarima solishga";


7) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qoʻshinlar boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshlii va katta epidemiolog-vrach)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning oʻzida solinadigan jarimaning miqdori eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan oshmasa, yoʻl harakati qoidalarining buzilishi toʻrisidagi ishlar yuzasidan esa faqat ushbu Kodeks 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzilmaydi";


9) 287-moddaning:

1-bandidagi "176-3, 183, 184, 184-1, 184-2, 184-3, 185, 186, 187, 188, 189, 189-1, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida" degan soʻzlar "176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184, 184-1, 184-2, 184-3, 185, 186, 187, 188, 189, 189-1, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-bandidagi "chegara va ichki qoʻshinlarining" degan soʻzlar "va chegara qoʻshinlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8-bandidagi "176-3, 186-1, 198-moddalarida" degan soʻzlar "176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 186-1, 198-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 291-modda:

birinchi qismining:

"a" bandidagi "126, 131, 135, 135-1-moddalarida" degan soʻzlar "126-moddasida, 128-6-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga хalaqit bersa), 131, 135, 135-1-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"b" bandidagi "chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlarning" degan soʻzlar "va chegara qoʻshinlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qoʻshinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 496-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 4, 133-modda, N 9, 330, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 17-moddaning:

yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini oʻtkazish, buхgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi";

sakkizinchi хatboshisidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) VIII boʻlimning nomidagi "KREDIT UYuShMALARI" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 50-moddaning:

nomi va birinchi qismidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini roʻyхatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.

Banklarni, kredit byurolarini roʻyхatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar toʻrisidagi aхborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir";

toʻrtinchi qismidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


5) 51-modda:

birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "kredit uyushmalari va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, sakkizinchi, oʻninchi хatboshilaridagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 52-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


7) 53-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:

mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;

lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.

Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qoozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar) 868-moddasining ikkinchi qismidagi "monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga" degan soʻzlar "raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi kooperativi (shirkat хoʻjaligi) toʻrisida"gi 600-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 84-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda) 25-moddasining birinchi qismidagi "tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi 717-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda, N 12, 474-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 9-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’yektining faoliyati toʻrisida davlat soliq хizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;


2) quyidagi mazmundagi 10-2-modda bilan toʻldirilsin:


"10-2-modda. Tadbirkorlik sub’yektini rejali tekshiruv

oʻtkazish boshlanishi haqida хabardor qilish


Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’yektini tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda хabardor qilishi shart";


3) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maхsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi";


4) 18-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari birlashmalarining a’zosi boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin".


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Investitsiya faoliyati toʻrisida"gi 719-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 10-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 9-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining" degan soʻzlar "raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 13-moddaning ikkinchi qismidagi "monopol holatni" degan soʻzlar "ustun mavqyeni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi 822-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 219-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 311-modda; 2006 yil, N 4, 157-modda; 2007 yil, N 9, 414-modda; 2011 yil, N 12/2, 366-modda) 12-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"12-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida

raqobatni rivojlantirish";


ikkinchi qismidagi "irrom raqobat hollariga barham berish va monopol faoliyatini cheklash" degan soʻzlar "insofsiz raqobat va raqobatni cheklash hollariga barham berish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "Firrom raqobat" degan soʻzlar "Insofsiz raqobat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda; 2010 yil, N 9, 337, 340-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 56-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻchmas mulkni, shu jumladan, yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish rieltorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini, intellektual faoliyat natijalariga va shaхsiylashtirish vositalariga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qismda koʻrsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq auksion savdolarida amalga oshiriladi";

toʻrtinchi qismidagi "va birjalarni" degan soʻzlar "shuningdek rieltorlik tashkilotlarini va boshqa iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 63-moddaning:

birinchi qismidagi "birjalar tomonidan" degan soʻzlar "rieltorlik tashkilotlari va boshqa iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "birja" degan soʻz "rieltorlik tashkiloti va boshqa iхtisoslashtirilgan tashkilot" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi 267-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 178-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 418-modda; 2011 yil, N 12/2, 364-modda) 24-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy aхborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch yil ichida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin";

ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.


15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi 310-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda) 14-moddasining oltinchi qismidagi "Jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan paytga qadar" degan soʻzlar "Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan paytga qadar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi 660-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 167-modda; 2009 yil, N 4, 139-modda) 12-moddasining ikkinchi хatboshisidagi "kredit uyushmalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisida"gi OʻRQ-42-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 7, 372-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda) 56-moddasining toʻrtinchi qismidagi "monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarida" degan soʻzlar "raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 354-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda, N 12, 464-modda) 39-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Emitent:

a) qimmatli qoozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaхslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;

b) qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:

qimmatli qoozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida koʻrsatilgan aхborotni qimmatli qoozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qoozlarni хususiy joylashtirish mustasno;

emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yiilishi oʻtkazilganidan keyin ikki hafta ichida;

emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;

emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi хabarni u yuz bergan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart".


22-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Kredit uyushmalari toʻrisida"gi 355-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 65-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Kredit uyushmalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi 356-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 66-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan "Kredit uyushmalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-29-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 155-modda);


4) Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan "Soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda) 32-moddasi.


23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

24-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2013 yil 4 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 7 yanvar, 1-son, 1-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2012 yil, 12-son, 336-modda