Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.04.2009 y. OʻRQ-209-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 25.11.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.03.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.04.2009 y.

N OʻRQ-209



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILI (OMBUDSMAN) FAOLIYaTI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 25 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 27 martda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 216-moddaning ikkinchi qismi "undan maslahat olish" degan soʻzlardan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan moneliksiz va хoli uchrashish hamda suhbatlashish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 223-modda "Deputatlar" degan soʻzdan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 18-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Shikoyatlarni koʻrib chiqishda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 40-modda "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan yozishmalari bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3) 79-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar cheklanmagan miqdorda хat va telegrammalar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin.

Mahkumlarning хatlari va boshqa joʻnatmalari senzuradan oʻtkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaхslarning хatlari va boshqa joʻnatmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga joʻnatiladigan хatlar va boshqa joʻnatmalar bundan mustasno.

Mahkumlarga хatlarni topshirish va ularning хatlarini koʻrsatilgan manzilga joʻnatish muassasa ma’muriyati tomonidan хat kelib tushgan yoki joʻnatish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va joʻnatiladi.

Xatlar va boshqa joʻnatmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar oʻrtasida хat yozishmalari faqat oʻzaro qarindoshlar oʻrtasida va muassasa ma’muriyatining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

Prokuror nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi".

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni)

va uning oʻrinbosarini saylash


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomzodi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosarining nomzodi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan kiritiladi.

Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) va uning oʻrinbosarini saylash toʻrisidagi qarorlari Senatga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi";

2) quyidagi mazmundagi 30-1-modda bilan toʻldirilsin:


"30-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik

huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻrisidagi taqdimnomasi oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraliidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Qonunchilik palatasi Kengashining ushbu masala boʻyicha qarori Qonunchilik palatasining majlisida tasdiqlanadi.

Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻrisidagi qarori darhol Senatga yuboriladi.

Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi 523-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni)

va uning oʻrinbosarini saylash


Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) va uning oʻrinbosarini saylash toʻrisidagi qarorlari Senatga kelib tushganidan keyin Senat oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) va uning oʻrinbosarini saylash haqidagi masalalarni koʻrib chiqadi.

Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) va uning oʻrinbosarini saylash masalalariga oid qarorlari Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi";

2) quyidagi mazmundagi 30-1-modda bilan toʻldirilsin:


"30-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik

huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻrisidagi taqdimnomasi ushbu masala boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin oʻn kun ichida Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oraliidagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Senatning yoki uning Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Senatning yoki uning Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasiga oid qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.

Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) daхlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi".


6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2009 yil 11 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 179-modda.