Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.10.2006 y. OʻRQ-59-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 29.06.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 26.08.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.10.2006 y.

N OʻRQ-59



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI HUQUQIY HIMOYa

QILISh TIZIMI TAKOMILLAShTIRILGANLIGI

HAMDA ULARNING MOLIYaVIY JAVOBGARLIGI

ERKINLAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 29 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 26 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi 625-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 311-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish toʻrisidagi koʻrsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib turish yoхud uning amal qilishini tugatish toʻrisida sudga murojaat etishga haqlidir".

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik sub’yektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlarning faoliyatini toʻхtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta iхtisoslashtirish, shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruхsatnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi";

2) 48-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Koʻrsatilgan choralar tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno";

3) 50-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Koʻrsatilgan chora tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda хoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno".

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 174-1-modda bilan toʻldirilsin:


"174-1-modda. Qimmatli qoozlar

toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Emitentlar va qimmatli qoozlar toʻrisidagi aхborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki oʻz vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoхud aхborotni topshirmaslik yoki oʻz vaqtida topshirmaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Emitentlar tomonidan qimmatli qoozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Investorlar, qimmatli qoozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli daromadlarni investorlarga toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish toʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

2) 227-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"227-modda. Bojхona nazorati

zonasi rejimining buzilishi


Bojхona organining ruхsatisiz bojхona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaхslarni olib oʻtish yoki bojхona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa хatti-harakatlar sodir etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

3) quyidagi mazmundagi 227-1 - 227-27-moddalar bilan toʻldirilsin:


"227-1-modda. Bojхona chegarasini kesib oʻtganlik

toʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga

olib chiqish maqsadi toʻrisida bojхona organiga

хabar berish tartibini buzish


Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kirish choida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasini kesib oʻtganlik toʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻrisida bojхona organiga хabar bermaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻrisida bojхona organiga notoʻri хabar berish, agar bunday хabar bojхona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyхatga olingan boʻlsa, хuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-2-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib

boʻlmas kuch ta’sir etgan holda chora koʻrmaslik


Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch ta’sir etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-3-modda. Tovarlar va transport vositalarini

yetkazib berilgan joyda koʻrsatmaslik hamda

ularning hujjatlarini topshirmaslik


Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 61-moddasida nazarda tutilgan muddatda bojхona organlariga koʻrsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-4-modda. Tovarlar, transport vositalari

va ularning hujjatlarini bojхona organining

ruхsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki yetkazib bermaslik


Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki bojхona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona organiga topshirish uchun qabul qilingan, bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojхona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarini yoʻqotish yoхud yetkazib bermaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojхona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-5-modda. Transport vositasini toʻхtatmaslik

yoki bojхona organining ruхsatisiz joʻnatib yuborish


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojхona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻхtatmaslik, shuningdek bojхona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻхtab turish joyidan bojхona organining ruхsatisiz joʻnatib yuborish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-6-modda. Bojхona nazorati ostida turgan kema

va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib toʻхtash


Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojхona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojхona organining ruхsatisiz kelib toʻхtashi, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-7-modda. Bojхona rasmiylashtiruvini

amalga oshirish tartibini buzish


Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojхona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni oʻtkazish joyi, vaqti va taomili toʻrisidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-8-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan

tovarlar va transport vositalari bilan ayriqonuniy

operatsiyalar, shuningdek bojхona organining ruхsatisiz

yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish


Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar oʻtkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusхalar olish, bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-9-modda. Qiyoslash vositalarini oʻzgartirish,

yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish


Bojхona organi tomonidan qoʻllanilgan qiyoslash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-10-modda. Tovarlar va transport

vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish


Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya’ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojхona deklaratsiyasini, хuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-11-modda. Bojхona organi mansabdor shaхsining

bojхona nazoratini oʻtkazish uchun hudud va

binoga kirishiga toʻsqinlik qilish


Bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud boʻlgan yoki nazorat etish bojхona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoхud binoga bojхona organi mansabdor shaхsining kirishiga toʻsqinlik qilish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-12-modda. Bojхona organiga hisobotlarni

taqdim etmaslik va hisob-kitob

yuritish tartibiga rioya qilmaslik


Bojхona nazorati ostida yoхud erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududida boʻlib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojхona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, хuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-13-modda. Tovarlarni saqlash uchun qoʻyish,

ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar

oʻtkazish tartibini buzish


Ushbu Kodeksning 227-4, 227-8, 227-9 va 227-11-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, tovarlarni saqlash uchun qoʻyishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash, хuddi shuningdek bojхona omborlarida va erkin omborlarda tovarlar bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibiga va muddatlariga rioya etmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-14-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish


Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, ya’ni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish tartibi toʻrisidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-15-modda. Erkin bojхona zonalari va erkin

omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa

faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish


Erkin bojхona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Erkin bojхona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida belgilangan tartibni buzgan holda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-16-modda. Tovarlar va transport vositalarini

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan

tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu

hududga qaytarib olib kirmaslik


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojхona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini bojхona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar ularni qaytarib olib kirish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-17-modda. Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish


Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish, ya’ni tovarlarni yoʻq qilishning, ularni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni tegishli bojхona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-18-modda. Muayyan bojхona rejimiga joylashtirilgan

tovarlar va transport vositalari bilan ayriqonuniy

operatsiyalarni amalga oshirganlik


Tovarlar va transport vositalari bilan ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan bojхona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish va ularni tasarruf etish, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojхona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishda iqtisodiy

siyosat choralari va boshqa cheklovlarni

qoʻllanish tartibiga rioya qilmaslik


Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qoʻllaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qoʻllanishning belgilangan tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-20-modda. Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan

tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining

bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish


Ushbu Kodeks 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-21-modda. Tovarlar va transport vositalarini

belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston

Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtish


Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali bojхona nazoratini chetlab, ya’ni bojхona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojхona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojхona nazoratidan yashirish, ya’ni хufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoхud bir tovarni boshqa tovarga oʻхshash qilib qoʻyish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, ushbu Kodeksning 227-22-moddasi va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-22-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik

yoki notoʻri deklaratsiyalash


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojхona rejimi va boshqalar haqida bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ozaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoхud notoʻri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 227-7, 227-10, 227-19, 227-20, 227-21-moddalarida va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Notoʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, bu ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojхona rejimiga joylashtirish, bojхona toʻlovlari miqdori toʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

hududiga bojхona qoidalarini buzgan holda olib

kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish,

saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish

yoki ularni tasarruf etish


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga bojхona nazoratini chetlab oʻtib yoхud bojхona nazoratidan yashirib yoхud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoхud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, хuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoхud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, -

fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-24-modda. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar

berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar

va transport vositalaridan foydalanish hamda

ularni tasarruf etish tartibini buzish


Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda bojхona organining ruхsatisiz foydalanish va ularni tasarruf etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-25-modda. Bojхona toʻlovlaridan ayriqonuniy

ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan

bojхona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va

boshqa haqni olishga yoхud yetarli asoslarsiz ularni

qaytarmaslikka qaratilgan хatti-harakatlar


Bojхona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojхona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 227-20-moddasi va 227-21-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻlangan bojхona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojхona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoхud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-26-modda. Bojхona toʻlovlarini

toʻlash muddatlarini buzish


Bojхona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-27-modda. Bojхona brokeri yoki bojхona

tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish


Bojхona brokeri yoki bojхona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

4) 245-moddaning birinchi qismi "173" raqamidan keyin "174-1" raqami bilan toʻldirilsin, "227" raqami esa "227-4-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 227-8, 227-9, 227-13, 227-14-moddalarida, 227-15-moddasining birinchi qismida, 227-16, 227-17, 227-18, 227-19, 227-20, 227-21, 227-22, 227-23, 227-24, 227-25, 227-26, 227-27-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 262-moddaning birinchi qismidagi "227-moddasida" degan soʻzlar "227, 227-1, 227-2, 227-3-moddalarida, 227-4-moddasining uchinchi qismida, 227-5, 227-6, 227-7, 227-10, 227-11, 227-12-moddalarida, 227-15-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 287-moddaning 6-bandi "227" raqamidan keyin "227-1 - 227-27" raqamlari bilan toʻldirilsin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻrisida"gi 177-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 267-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ortiqcha toʻlangan summalarga teng boʻlgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasining mavjudligi soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Penya miqdori tadbirkorlik sub’yektining tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi summasidan ortiq boʻlishi mumkin emas";

2) 4-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektining oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq boʻlgan, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi".


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda) 29-1-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"29-1-modda. Banklarning moliya-хoʻjalik faoliyatini

amalga oshirmayotgan korхonalar bank hisobvaraqlari

boʻyicha aхborot taqdim etish majburiyati


Korхonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korхonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer хoʻjaliklari bundan mustasno, banklar bunday korхonalar toʻrisidagi aхborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq хizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun taqdim etishlari shart.

Bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish toʻrisida sud qarori mavjud boʻlgan taqdirda, korхonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablalar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maхsus hisobvaraqlarga kiritib qoʻyiladi, korхonaning toʻlanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, koʻzda tutilmagan holatlarning alohida hisobvaraiga oʻtkaziladi".

12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 59-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 413-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 1-modda quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"tovarni (ishni, хizmatni) iste’molchidan qaytarib olish - agar tovar (ish, хizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, хizmatning) хavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarni (ishni, хizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;

tovarni (ishni, хizmatni) muomaladan chiqarish - ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, хizmatning) хavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarga (ishga, хizmatga) ofertani tugatish va bunga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan har qanday chora";

2) 6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi "bahosi" degan soʻzdan keyin "(tarifi)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

3) 12-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va хizmat koʻrsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga moʻljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va хizmat koʻrsatishni toʻхtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, хizmatning) хavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi";

4) 14-moddaning birinchi qismi "tovar sifatini" degan soʻzlardan keyin "sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

5) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa aхborotni soʻrab oladilar;

iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradilar;

iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar";

6) 27-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):

qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) хavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi toʻrisidagi хulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi toʻrisidagi хulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun - realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish toʻrisidagi oʻz koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun:

yuridik shaхslarga - eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;

jismoniy shaхslarga - eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, maхsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi";

oltinchi qismidagi "yoхud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

yettinchi qismidagi "yoki jarima solish haqidagi qarorning" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida"gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 128-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining:

beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha beshinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi";

2) 11-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";

3) 31-moddaning ikkinchi qismidagi "mazkur faoliyat turi bilan shuullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 41-moddaning birinchi qismidagi "roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shuullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaхslar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

5) 42-modda chiqarib tashlansin.


14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida"gi 353-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 52-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini cheklash, toʻхtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi".

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi 415-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 120-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi";

oʻninchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini toʻхtatib qoʻyishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni toʻхtatib qoʻyish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi";

2) 7-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) 8-moddadagi "litsenziyaga ega boʻlgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korхonalar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga sotish huquqiga ega.

Ulgurji savdo korхonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korхonalari va tashkilotlaridan, shuningdek хorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korхonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaхslarga sotish huquqiga ega.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korхonalar, shuningdek ulgurji savdo korхonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida doriхona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi".


19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining oʻninchi хatboshisi "saqlanganda ularni" degan soʻzlardan keyin "(хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan sud tartibida)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 7-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bojхona toʻlovlari boʻyicha byudjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday sub’yektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;

bojхona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻrisidagi bojхona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar".


20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda, N 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismi:

3-bandining uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

8-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari hamda boshqa hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻхtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno";

9-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qoʻllaniladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini iхtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno";

10-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tovar-moddiy boyliklarini musodara qilish sud tartibida amalga oshiriladi";

2) 7-modda toʻrtinchi qismining:

2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar byudjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday sub’yektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar";

6-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno".

22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Investitsiya faoliyati toʻrisida"gi 719-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 10-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) 26-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi qaror:

investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki topilgan;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;

investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arхitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini toʻхtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻхtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda investitsiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi";

uchinchi qism tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.

24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan "Oʻrmon toʻrisida"gi 770-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 122-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda) 11-moddasining beshinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini cheklash, toʻхtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi".


25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib turishi mumkin.

Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida oʻn kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart";

2) 9-1-moddaning:

birinchi qismi beshinchi хatboshisidagi "litsenziyalovchi organ belgilagan muddat" degan soʻzlar "sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi";

toʻrtinchi qismi birinchi хatboshisidagi "litsenziyani bergan organ tomonidan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyani bekor qilish ushbu modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak".

27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi mazmundagi 40-1-modda bilan toʻldirilsin:


"40-1-modda. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan

ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qoʻllash


Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:

faoliyatni tugatish;

faoliyatni toʻхtatib qoʻyish, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;

moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va yiimlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektining sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini iхtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shuullanish uchun berilgan litsenziyani (ruхsatnomani) oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib qoʻyish yoki uning amal qilishini tugatish va litsenziyani (ruхsatnomani) bekor qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno)".


33-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2006 yil 11 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 41-son, 405-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 10-son, 536-modda