Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.04.2006 y. OʻRQ-28-son "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.01.2005 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.02.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.04.2006 y.

N OʻRQ-28



TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRISh UChUN RUXSAT BERISh TARTIB-

TAOMILLARI TURLARI QISQARTIRILGANLIGI

HAMDA SODDALAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 26 yanvarda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 25 fevralda ma’qullangan


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 54-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatlarini belgilaydilar. Yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish komissiyasi yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi";

2) 55-moddaning:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oraliq tugatish balansi yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi";

yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi".



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 101-moddaning:

uchinchi qismidagi "roʻyхatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;

2) 102-moddaning toʻrtinchi va yettinchi qismlaridagi "tugatilayotgan jamiyatni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organ bilan kelishilgan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Baholash faoliyati toʻrisida"gi 811-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 208-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi "tartib raqami va litsenziya berilgan sana, uni bergan organ, shuningdek mazkur litsenziya qaysi muddatga berilganligi koʻrsatilgan holda" degan soʻzlar "tartib raqami, litsenziya berilgan sana va uni bergan organ koʻrsatilgan holda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi 310-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 10-modda) 55-moddasining:

toʻrtinchi qismidagi "yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishgan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.



10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2006 yil 5 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 14-son, 110-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 4-son, 154-modda