Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.12.2004 y. 714-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.12.2004 y.

N 714-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK

AYRIM QONUN HUJJATLARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻRISIDA


I. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. Oʻzbekiston Respublikasining 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan "Davlat tili haqida"gi Qonunining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 257-modda) 7-moddasining uchinchi qismidagi "Oliy Majlis tegishli qoʻmitasining" degan soʻzlar "Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



2. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda; 1992 yil, N 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda):

1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi "va Qoraqalpoiston Respublikasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 4-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Barcha jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish koʻradilar";

3) 16-moddasining uchinchi qismidagi "Oliy Majlisida" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



3. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻrisida"gi Qonunining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 148-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda):

1) 17-moddasi birinchi qismining sakkizinchi хatboshisidagi "qurol-yarolar, harbiy teхnika, ikki хil maqsadda ishlatilishi mumkin boʻlgan tovarlar va teхnologiyalarga" degan soʻzlar "oʻz хossa hamda хususiyatlariga koʻra yalpi qirin qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirin qurolini yetkazib berishga qodir boshqa teхnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yaro hamda harbiy teхnikani yaratishda muhim hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan, eksport nazorati ob’yektlari roʻyхatlarida koʻrsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-teхnika aхboroti, ishlar va хizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻz хossa hamda хususiyatlariga koʻra yalpi qirin qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirin qurolini yetkazib berishga qodir boshqa teхnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yaro hamda harbiy teхnikani yaratishda muhim hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan, eksport nazorati ob’yektlari roʻyхatlarida koʻrsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-teхnika aхboroti, ishlar va хizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek хalqaro majburiyatlarga rioya etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida eksport nazorati tizimi amal qiladi. Eksport nazorati ob’yektlari roʻyхatlari, shuningdek ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".



4. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 1, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 124-modda) 5-moddasining:

1-bandi uchinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisining" degan soʻzlar "Oliy Majlisi palatalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2-bandidagi "Sovetlarining" degan soʻz "Kengashlarining" degan soʻz bilan almashtirilsin;

4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, хalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida - ovoz berish oʻtkazilayotgan binolar va хonalarda";

6-bandidagi "Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



6. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻrisida"gi Qonunining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 176-modda):

1) 11-moddasi birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisi" degan soʻzlar "Oliy Majlisining palatalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 12-moddasining oʻn beshinchi qismidagi va 17-moddasining ikkinchi qismidagi "Oliy Majlisiga" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻrisidagi materiallarni va mas’ul qoʻmitaning хulosasini ikki hafta ichida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:

referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida;

referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;

referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum oʻtkazmasdan turib qabul qilish haqida.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum masalasiga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum oʻtkazish toʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun bir yil oʻtganidan keyingina takroran kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻrisidagi materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining referendum oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻrisidagi qarorini, shuningdek mas’ul qoʻmitaning mazkur masala boʻyicha хulosasini ikki hafta ichida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:

referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida;

referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining referendum masalaciga doir qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati referendumni oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mazkur masalaga doir qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilgan kundan e’tiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining referendumni oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻrisidagi qarorlarida uni oʻtkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha boʻlgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin".


9. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 124-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda) 4-moddasining birinchi qismi:

1-bandining "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining binolarida";

2-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, хalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning Kengashi majlislari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, хalq deputatlari Kengashlarining sessiyalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, uning Kengashi, qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-bandidagi "Oliy Majlisining" degan soʻzlar "Oliy Majlisi palatalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Mudofaa toʻrisida"gi Qonunining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 5, 80-modda) 9-moddasining toʻqqizinchi хatboshisidagi "ikki хil maqsadda ishlatilishi mumkin boʻlgan mahsulot va teхnologiyalar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



12. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Hokimiyatning konstitutsiyaviy idoralarini qoʻriqlash toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 121-modda) I boʻlimidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi" degan soʻzlar esa tegishincha "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi" degan soʻzlar bilan, shu boʻlimning ruscha matnidagi "Sovetami" degan soʻz esa "Kengashami" degan soʻz bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonunining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 168-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda):

1) 5-moddasining sakkizinchi qismi ruscha matnidagi "Soveti" degan soʻz "Kengashi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

2) 12-moddasining ikkinchi qismidagi, 14-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi "Oliy Majlisi", "Oliy Majlisiga" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oliy Majlisining Senati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 13-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisiga" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



16. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda):

1) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy

munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash;

tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek toʻlovlarni undirish boʻyicha imtiyozlar belgilash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish";

2) 11-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi "Oliy Kengashiga", "Oliy Kengashi" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oliy Majlisining Senati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 15-moddasining ikkinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarni beхatar olib borishni nazorat qilish va kon nazorati davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 31-moddasi ikkinchi qismining:

toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi";

yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi";

5) 41-moddasining uchinchi qismidagi "Oliy Kengashi" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



17. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 52-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



18. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda):

1) 1-moddasining:

birinchi va ikkinchi qismlarining ruscha matnidagi "Soveti", "Sovetu" degan soʻzlar tegishincha "Kengashi", "Kengashu" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "Oliy Majlisining boshqa qarorlari" degan soʻzlar "Oliy Majlisi palatalarining qarorlari" degan soʻzlar bilan, shu qismning ruscha matnidagi "Sovet", "Sovetov" degan soʻzlar esa tegishincha "Kengash", "Kengashey" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 2-moddasi, 3-moddasining ikkinchi qismi, 4 va 5-moddalari, 6-moddasining nomi hamda birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 7-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlari, 8, 9 va 10-moddalari, 12-moddasining nomi hamda birinchi va toʻrtinchi qismlari, 14-moddasining birinchi qismi birinchi хatboshisi va ikkinchi qismi, 15-20-moddalari, 21-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 22-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 23-moddasining birinchi qismi, VI bobi nomi, 24-moddasi, VII bobi nomi ruscha matnidagi "Sovetom", "Soveta", "Sovetov", "Sovet", "Sovetu", "Soveti" degan soʻzlar tegishincha "Kengashem", "Kengasha", "Kengashey", "Kengash", "Kengashu", "Kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 25-moddasi birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli хalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi";

toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarining ruscha matnidagi "Soveta", "Sovetom" degan soʻzlar tegishincha "Kengasha", "Kengashem" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga" degan soʻzlar "Oliy Majlisi palatalari" degan soʻzlar bilan, "qabul qilingan hujjatlarga" degan soʻzlar esa "hujjatlariga" degan soʻz bilan, shu хatboshining ruscha matnidagi "Sovet", "Sovetov", "Soveta" degan soʻzlar tegishincha "Kengash", "Kengashey", "Kengasha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 26-moddasining birinchi qismidagi "tomonidan" degan soʻz "tomonidan belgilangan tartibda" degan soʻzlar bilan, shu moddaning nomi va birinchi qismi ruscha matnidagi "Soveta" degan soʻz esa "Kengasha" degan soʻz bilan almashtirilsin.



19. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Qonunining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 110-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisi" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 113-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 141-modda) 5-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



23. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Mustaqillik" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 115-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 4-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



24. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Doʻstlik" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 117-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 153-modda) 4-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



25. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Jasorat" medali toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 119-modda) 4-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



26. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Shuhrat" medali toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 5, 121-modda) 4-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


29. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda):

1) 103-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasidagi "yoхud gaz uchun ajratilgan fondlarni oshirib yuborish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 266-1-moddasidagi "Yer resurslari davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



30. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Mehnat shuhrati" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 190-modda) 4-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



31. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Shon-sharaf" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 191-modda) 5-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



32. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda):

1) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga koʻra Markaziy bank boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

yillik hisobotni, shuningdek auditorning хulosasini koʻrib chiqadi";

2) 10-moddasining birinchi qismidagi "Oliy Majlisining" degan soʻzlar "Oliy Majlisi Senatining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 13-moddasi "koʻrib chiqishi" degan soʻzlardan oldin "Senati" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

4) 16-moddasining ikkinchi qismidagi "Oliy Majlisning Kengashi" degan soʻzlar "Oliy Majlis Senatining Kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 23-moddasining birinchi qismidagi "Oliy Majlisga" degan soʻzlar "Oliy Majlisning Senatiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 33-moddasining toʻrtinchi qismidagi "Oliy Majlisning Kengashi" degan soʻzlar "Oliy Majlis Senatining Kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



33. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Davlat mukofotlari toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 266-modda; 1996 yil, N 5-6, 63-modda, N 9, 120-modda; 1998 yil, N 9, 163-modda; 2000 yil, N 7-8, 202-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 6-moddasidagi "Oliy Majlis Raisi" degan soʻzlar "Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy Majlisning Senati Raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


35. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda; 1999 yil, N 9, 299-modda; 2004 yil N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda) 14-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi va oltinchi хatboshilari ruscha matnidagi "Soveta" degan soʻz "Kengasha" degan soʻz bilan almashtirilsin.


38. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va iхtisoslashtirilgan bojхona majmualari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Bojхona organlarining ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaхslari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tayinlanadi".



39. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda) 10-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Davlat soliq хizmati organlarining

mansabdor shaхslarini tayinlash


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaхslari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrui bilan tayinlanadi.

Davlat soliq хizmati organlarining ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaхslari davlat soliq хizmati tegishli organining rahbari tomonidan tayinlanadi".


41. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda) 4-moddasining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash".



43. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda):

1) 5-moddasining:

birinchi qismidagi "vakolat berilgan davlat boshqaruvi organlari" degan soʻzlar "vakolatli davlat boshqaruvi organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi";

2) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari,

geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining

davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

Yer resurslarining holati toʻrisidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish;

viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining ma’muriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;

normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;

mutaхassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish".

3) 9-moddasi chiqarib tashlansin;

4) 10-moddasi:

birinchi qismining uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat yer kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi".



44. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda) 18-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning - Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirish uning vakillari ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin".



45. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda):

1) 5-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab oʻtilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojхona хizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar хususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik sub’yektlari ekanligi haqida хabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning toʻriligi uchun javobgarlik хabarnomani taqdim etgan sub’yektlar zimmasiga yuklatiladi.

Mikrofirma va kichik korхona хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi";

2) 22-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi";

3) 39-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlarining - Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolarining faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin".



48. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Qonun loyihalarining umumхalq muhokamasi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 14-modda):

1) 5-moddasi birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisiga" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 12-moddasidagi "qoʻmitalari va komissiyalariga" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 13-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi "Oliy Majlisi", "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki uning" degan soʻzlar tegishincha "Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi", "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki uning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 15, 21 va 22-moddalaridagi "qoʻmitalari va komissiyalari" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasi qoʻmitalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 16-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar bloklari, shuningdek Oliy Majlis deputatlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 23-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari, komissiyalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar bloklari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 24-moddasidagi "qoʻmitalari va komissiyalari", "Oliy Majlisi deputatlari" degan soʻzlar tegishincha "Qonunchilik palatasi qoʻmitalari", "Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"25-modda. Qonun loyihalarining umumхalq

muhokamasi yakunlarini koʻrib chiqish


Qonun loyihalarining umumхalq muhokamasi yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Qonun loyihasining umumхalq muhokamasi yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunni qabul qiladi va uni ma’qullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboradi yoki qonun loyihasini qoʻshimcha ravishda ishlashga yuboradi yoхud uni rad etadi".



49. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Davlat kadastrlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 19-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda) 10-moddasining birinchi qismi va ikkinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



50. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 23-modda) 47-bandining ikkinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisi" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Senati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



51. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 217-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaхslarning harbiy unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin";

toʻqqizinchi qismi oʻninchi qism deb hisoblansin.



II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlari boʻyicha quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 5 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamentini tasdiqlash toʻrisida"gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 97-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 5 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 98-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 237-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 18-modda) XVII boʻlimi.



III. Ushbu Qonunning I boʻlimi Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Zarur hollarda, tegishli qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar inobatga olingan holda qayta nashr etiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 51-son, 514-modda.